O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet2/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Taqrizchilar: Umurzoq O’ljaboyev,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Obidaxon Fayzullayeva,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Mundarija:

Kirish.....................................................................................................................4


Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi
buyicha uslubiy ko’rsatmalar..............................................................................5
Аmaliy mashg’ulotlar..........................................................................................8
Seminar mashg’ulotlar..........................................................................................8
Mustaqil ta’lim bo’yicha materiallar...................................................................9
Glossariy.............................................................................................................59
Test savollari........................................................................................................61
Ilovalar:
Fan dasturi...........................................................................................................89
Ishchi fan dasturi...................................................................................................102
Xorijiy o’quv materiallari (elektron shaklda)…………….………………….......112
Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)...................................114
O`zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti fani sillabusi...............................118
Qo’shimcha didaktik materiallar...........................................................................120

KIRISH

«O’zbek adabiyoti tarixi» fani o’quv rejasida ko’zda tutilgan oliy o’quv yurtlari O’zbek filologiyasi – o’zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha bakalavr darajasini oluvchilar uchun mo’ljallangan.


«O’zbek adabiyoti tarixi» fanini eng qadimgi og’zaki adabiyot namunalari hamda diniy-tasavvufiy qarashlarsiz tasavvur etib va o’rganib bo’lmaydi.
Mustaqillikkacha mazkur fan turli mafkuraviy tazyiqlar ta’sirida o’rganilib kelindi. Istiqlol mafkurasi tufayli adabiyotimiz tarixi namunalarini asli qanday bo’lsa shundayligicha sog’lom nuqtai nazar bilan o’rganishga imkon tug’ildi.
Odatda, adabiyot dasturida davrning tarixiga nihoyatda muxtasar to’xtalinadi. Mazkur o’quv-uslubiy majmuada ham har bir adabiy manba davrning ta’siri va badiiylik talabalari doirasida o’rganildi
Adabiyotimiz tarixini o’rganishda islomdan oldingi turkiy adabiyot namunalariga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, moniylik, buddaviylik oqimlari ta’siridagi adabiyot namunalari haqidagi ma’lumotlar tahlili ilk bor majmuaga kiritildi. Shomonlik adabiyoti haqidagi fikr va mulohazalar ham majmuaning o’ziga xosligini ko’rsatuvchi omillardan biridir.
Shu bilan birga mumtoz adabiyotimiz namunalari matni tahlili yuzasidan ham alohida e’tiborga molik ishlar kiritildi. Bu birinchidan, talaba uchun mumtoz matn tahlili ko’nikmasini xosil qilishda yordam bersa, ikkinchidan talabaning ana shu matn yaratilgan davr haqidagi fikrlarining kengayishiga, adabiy manba haqida ma’lumotlarining yanada ortishiga olib kelishi mumkin.
Dastur olti qismdan: kirish, ma’ruza mavzulari, amaliy mashg’ulotlar mazmuni, seminar mashg’ulotlari, talabalar mustaqil bajaradigan ish topshiriqlari va nihoyat informatsion-metodik ta’minotlardan iborat.
Ma’ruza zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga mos ravishda ishlanib, unda mavzuga oid muammolar, o’quv (darsning) maqsadlari, nazorat savollari, mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. Ma’ruza mavzularini tayyorlashda ta’limning ilmiyligi yoki taomilga kirgan ilm orqali bilim egallash tamoyili hamda internetdan olingan materiallardan keng istifoda etildi. Har bir ma’ruza mavzusidan so’ng adabiyotlar ro’yxati va nazorat savollari berilgan bo’lib, talabalar ko’rsatilgan adabiyotlardan o’zlarini qiziqtirtiradigan savollarga javob olishi mumkin. Nazorat savollari asosida u yoki bu masalada bahs yuritish, o’zining bilim saviyasini o’zi sinovdan o’tkazish imkoni yaratiladi.
Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish tartiblari, undan kutiladigan o’quv maqsadlari, kerakli jihozlar, materiallar, ishni bajarish uslubiyati keng berilgan.
Majmua so’ngida yakuniy xulosalar, fanda echimini kutayotgan asosiy ilmiy muammolar, informatsion-metodik ta’minotlar keltirilgan.
Muallif majmua haqida fikr-mulohazalarini bildirgan shaxslarga o’z minnatdorchiligini izhor etadi.
Manzilimiz: 707012. Guliston sh.
4-mavze, universitet,
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling