O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet15/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1.Navoiy shoirlik va amaldorlikni qanday qilib birday olib bora oldi?
2. «Ilk devon » ni kim tuzgan va qachon?
3.Navoiy nechta devon tuzgan?
4.Navoiy devonlarini nomlari lug’atlari bilan birma-bir yozing.
5.Navoiygacha turkiy tilda «Xamsa » yoki uning ayrim dostonlari bormidi?
5-asosiy masala: Keksalik yillari.


O’qituvchining maqsadi: Shoir umri yakunini elga fidoyilik tarzida talqin etib, uning mangulikka dahldor san’atkor ekanligini isbotlash davomida talabalarda Navoiy ijodi va shaxsiga nisbatan mehr – muhabbat uyg’otish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Navoiyning keksalik yillari mahsulini bilish.
2”Mahbub ul qulb” va “Lison ut tayr” - o’zbek adabiyotining mislsiz ekanligiga imon keltirish.
3.Navoiy vafoti- Hirot uchun yo’qotish ekanligini his etish.
5-asosiy masalaning bayoni:
XV asrning 90 – yillari Navoiy uchun yirik yo’qotishlar yillari va ayni paytda ijodiy samaradorlik davri ham bo’ldi: birin – ketin ustoz va tengdoshlar vafot etishdi; Abduraxmon Jomiy , Sayyid Hasan Ardasher … Husayn Boyqaroning o’z farzandlari bilan muntazam to’qnashuvlari va Navoiyning orada mokiday yugurib yelib toliqishlari … «Mahbub ul- qulub», «Lison ut- tayr» yozilishi. Navoiy maqsadi «Guliston» sifat pandnoma yaratish edi. Bu niyat ijrosi : «Mahbub ul- qulub» bo’ldi. U bir umr «Mantiq ut -tayr» shaydosi edi. Biroq uni o’zbek tilida yozib chiqishga yuragi betlamasdi. Umr kuzida «O’lsam –u, bitmay qolsa bu kitob … Umriy armon bo’lg’usi deb «Lison ut- tayr» ga ham qalam urdi.
Jomiy abadiyatini uz ijodida barobar etdi: «Xamsat ul mutaxayyirin» nomli estaliklar kitobini yozdi. Do`sti va ustozi Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasher haqlarida ham estaliklar bitildi: «Holoti Pahlavon Muhammad» va «Holoti Sayyid Hasan Ardasher »… toliqishlar, ruxiy azoblar, kelishtiruvchilik yutuq va yutqizishlari Navoiyni xoldan toydirdi. Shoir vujudi orqali dosh bermadi. 1501- yilda u navbatdagi jangdan qaytayotgan Husayn Boyqaroga peshvoz chiqib, xastaligi kuchaydi va uch kundan so’ng vafot etdi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling