O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet31/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Ki, o’lmasdin burun ochib ko’zumni,
Sarir uzra yigit ko’rsam o’zumni.
Ki, ya'ni toj-u taxt-u saltanat ham,
Sipoh-u mulk-u mol-u mamlakat ham.
Bori bo’Isa sening birla muzayyan,
Seni o’z o’rauma qilsam muayyan.
Sanga tutsam musallam podsholiq,
Xaloyiq ustida kishvarxudoliq.
Manga shahlikda qulluq ham qil emdi,
Atoliq ham, o’g’ulluq ham qil emdi (8, 114).
Farhod qalbini xufton qilgan g'am-anduh bulutlarini quyosh yanglig’ kuydiravchi cho’g’, uni oyinafom etib, shahzoda ko’ngliga ma'shuqi Mutlaq jamolini jilvalantiruvchi o’t dunyo zeb-u ziynatlari-yu amal martabasi bo’lmay, balki azal kotiblari uning peshonasiga bitgan ishq edi. Shu bois u juda ko’p hayotiy dalillar keltirib Xoqon taklifini rad etadi. Biroq Chin hukmdori qarorida sobit turgani uchun yosh shahzoda otasining ko’ngil istaklariga qarshilik ko’rsatishga botinolmaydi. Vaziyat undan bir oz chekinishni talab etmoqda edi. Vujudga kelgan siyosiy holatni to’g’ri baholay olgan Farhod taklif etilgan ishning ulug’ligi-yu o’zining hali yosh va tajribasizligini, shu choqqacha barcha ishlardan g’ofil bo’lib, faqat aysh-ishrat bilan band bulganligini, shu sababli podshoh inoyat etsa, bir-ikki yil kichik xizmat bilan boshqaruv sirlarini o’zlashtirishi lozimligini bayon etadi. Xoqonga uning fikri ma'qul bo’ladi. Msher Navoiy asardagi ushbu badiiy lavhalar vositasida Farhodni temuriy shahzodalarga ibrat qilib ko’rsatish bilan bir qatorda doston qahramonining qalban mol-dunyoga qiziqmasligi va darvesh tabiatligini namoyon qiladi. Shuningdek, shoir yana o’sha fikrini dalillash ijodiy uslubiga sodiq qolib, Xoqon xazinasidan o’rin olgan sandiqda pinhon tutiluvchi Iskandar oynasiga e'tiborni qaratadi. Bu bilan ijodkor asar tugunini voqealar rivojiga ulash imkonini yaratadi. Sandiqda yashirin saqlanuvchi tilsimlangan oyna har biri Aflotunga teng to’rt yuz nafar dono olimlar tomonidan yaratilgan bo’lib, uning tilsimi yechilsa, oyna g’ayb sirlarini oshkor qila boshlashi lozim. Biroq bu ishni amalga oshirish g’oyatda murakkab edi.
Iskandar oynasini ko’rishni istagan kishi Yunonistonga safar qilib, Suqrot yashaydigan qorong’u g’oiga yetib borishi lozim bo’lgan. Bu yo’lda uch manzil bo’lib, ulaming har birida bk ofat bor edi. Birinchisida - Ajdarho, ikkinchisida—Axriman dev, uchinchisida bulardan ham mudhishroq balo kishiga ro’baro’ keladi. Mana shu ofatlardan g’olib kelgan insongina so’nggi — to’rtinchi manzil—Suqrot yashaydigan qorong’u g’orga yetadi. Agar Suqrot tirik bo’lsa, uni izlab kelgan kishini mushkullardan xalos etadi. Biroq u hayot qaydida bo’lmasa, uning ruhiga tavajjuh (chuqur tafakkurga berilib o’zi istagan odamni huzuriga olib kelish va u bilan yuzlashish) qilishi lozim bo’lgan. Shundagina Suqrot ruhi keluvchiga uning kelajagini aytib berarkan.
Iskandar oynasi tilsimining yechimi nimada ekanligini anglagan shahzoda yunon safariga chiqishni ixtiyor etadi va bu qaroridan atobegi Mulkoroni voqif qiladi. Xoqon vaziri bilan ayni masala xususida uzoq bahslashgandan so’ng, Farhod bilan biiga borishni, ya'ni yunon mulki tomon lashkar tortishni ma'qul ko’radi. Taniqli adabiyotshunos N.Komilov Farhodning yunon safarini suluk yo’liga kirib, ma'rifat manzillarini (maqomotni) bosib o’tish deb biladi. Chin shahzodasi zo’r qobiliyat bilan zohiriy bilimlarni o’zlashtiigan, ammo ular tilsimotlar, "a'ni ilohiy sir-asrorni ochishga kifoya qilmaydi. Olimning fikricha: «Irfoniy-botiniy bilimlarni egallab, ilm ul-yaqin darajasidan haq ul- yaqin darajasiga ko’tarilish ko’ngil oynasida g’ayb jamolini aks ettira olish uchun esa u (Farhod)—piri komil ta'limini olishi kerak edi. Farhodning xazinadagi ko’zguni billur sandiq ichidan ololmay (chunki u tilsimlangan) Yunonistonga safari, Suqrot huzuriga otlanishiga zarurat shundan kelib chiqadi» (Komilov N. Tasawuf. Bitinchi kitob. Tokent: «Yozuvchi», 1996, 204-bet). N.Komilovning mazkur tadqiqotida dostondagi obraz va timsollaming ramziy-majoziy xususiyatlari ham juda to’g’ri tahlil qilingan. Jumladan, Farhodning Yunonistonda hakim Suhayloga uchrashi — shahzodaning tariqat yo’Mdagi birinchi piridaii saboq olishidir. Hakim Suhaylo besh yuz yil hayot qaydida bo’lib, Farhodning kelishini ilhaqlik bilan kutadi. U qadimgi Eron afsonaviy donishmandi va munajjimi Jomospning bashorati- da Chin shahzodasi Iskandar tilsimini yechadi”,-deya fikr bildirilganligini aytadi hamda Farhod yengib o’tishi kerak bo’lgan to’siqlar: ajdaho va devdan xabar beradi.
Shuningdek, shahzoda Axriman devni yengib juda katta boylikka ega bo’lishi, biroq bularning hammasi Xoqonga tuhfa qilinishi lozimligi, o’zi uchun esa Suqrot bilan uchrashish va Iskandar tilsimiga nazar solish kifoya ekanligi Jomosp bashoratida qayd etilganligini bayon etadi. Hakim Suhaylo Farhodning tariqat yo’lidagi ilk piri bo’lganligi bois unga ilohiy ishq sirlarini o’igatadi. Awalo, ta'kidlash o’rinliki, dostonda keltirilgan bu obraz bilan aloqador badiiy timsollarning ma'no-mohiyati majozda o’z ifodasini topgan. Jumladan, Suhaylo Farhodga ajdarhoni yengish uchun bir necha otashgohlardan yurib yiqqan samandar yog’ini tuhfa etadi. Samandar — afsonaga ko’ra, o’tda kuymaydigan qush bo’lib, u-ishq, ajdarho esa - nafs timsoli. Demak, Farhodning piri unga ishq bilan ko’ngilni oyinafom etish, nafsni mag’lub qilish sirlarini o’rgatadi. Shahzoda Suhayloning so’zlariga amal qilib, Axriman devni o’ldiradi. Uning bo’ynidagi lavhani olib o’sha yordamida Jamshid jomini qo’lga kiritadi. Jom aylanasida esa Suqrot huzuriga olib boruvchi yo'l haqidagi yozuv mayjud edi. Ayni choqda, dostonda ifodalangan dev saltanat-hokimlik ramzi bo’lib, jom-Farhodning ishq o’ti bilan shaffoflanayotgan qalbidir. Shahzodaning ishqqa tashna qalbi ulug’ piiga tomon intilishda davom etadi. Zero, tasawuf ta'limotiga ko’ra, shayxlar o’z muridlarini ma'lum muddat tarbiya qilgandan so’ng, salohiyati o’zlaridan yuqori bo’lgan boshqa pirlardan ta'lim olishni tavsiya etganlar. Farhod ham Suhaylo yordamida komillik sari ildamlayotgan bo’lsa-da, hali u tilsimni yechish imkoniyatiga ega emasdi. Shahzodaning irfoniy bilimlarining oshganligi esa Xizr alayhis-salomga duch kelishida namoyon bo’ladi:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling