O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
Majoziy ishq bo’Idi subhi anvar,
Haqiqiy ishq anga xursmdi xovar (8, 181). Ko’rinadiki, ulug’ shoir talqinicha, ishqi majoziy-yorug’ tong bo’lsa, ishqi haqiqiy—Sharq quyoshidir. Abadiy ishqning chaqmog’i chaqnaganida, uning bir alangasi majoziy ishqni kulga aylantiradi. Suqrot Farhodga ham majoziy, ham haqiqiy ishq nasib etishini, uning dovrug’i butun olamga mashhur bo’lishini, otasidek yuzlab xoqon-u podshohlar unutilsa ham, shahzodaning yaxshi sifatlari jahon ichra abadiy qolishini so’zlab, Suhaylo singari u ham foniy olamdan o’tadi. Xoqon, Mulkoro va Farhod Suqrotning dafn marosimini o’tkazadilar. Donishmand yashagan tog’ va uning atrofida ulkan shahar barpo etib, vatanga qaytadilar. Chin shahzodasi Iskandar oynasining tilsimini yechishga muvaflfaq bo’ladi. Bu tilsim — komil inson Suqrotning qalbi edi. Unda Farhod Shirinni, o’zini va o’z boshidan kechirishi lozim bo’lgan voqealarni ko’radi. Suqrot ta'kidlaganidek, Farhodni maqsad sari eltuvchi yo'1-ishqi majoziy bo’lib, unda oshiqning jismi yonib erishi —o’zligidan foniy bo’lishi talab etiladi. Buning uchun bir mazhar— ilohiy jamol siymosida aks etgan kishi lozim edi. Shunday vazifani Shirin o’taydi. Shahzoda ko’zguda go’zal mahbubasini ko’rib, hushidan ketadi. Tabiblar dengiz safariga chiqishni tavsiya etadilar. Dengizda kuchli to’fon sodir bo’lib, Farhodni xoqon va Mulkorodan ajratib qo’yadi. Xo’tandan Yaman tomon yo'1 olgan savdogarlar kemasi ulkan dengizda bir taxta ustida hushsiz yotgan Farhodni ko’rib, uning hayotini saqlab qolishadi. Kemaga qaroqchilarning hujum qilishi va Farhodning mislsiz qahramonlik namunalarini ko’rsatib savdogarlarni ofatdan asrashi, Shopur bilan tanishib, Arman mamlakati tomon yo'1 olishi, bu yerda mashaqqatlar girdobiga qolgan xalqning holiga achinib, «Nahr ul-hayot» arig’i, «Bahr ul-najot» hovuzining barpo etishga kirishi dostondagi Farhod obrazining har tomonlama yetuklik sari intilishini badiiy ifoda etgan jozibali lavhalaidir. Shuningdek, Shirinni ilk bor ko’rgan shahzodaning behush bo’lib yiqilishi, Xusravning Shiringa o’ylanish orzusi bilan unga sovchi yuborishi, murodi hosil bo’lmagach, Arman mamlakatini qamal qilishi, yana Farhodning jasorati oldida dushmanning ojizligi-yu hiyla bilan uni tuzoqqa ildirishi singari badiiy lavhalarning barchasi Farhodning majoziy ishq yo’lida chekkan hijron iztiroblarining asardagi in'ikosidir. Ayni choqda, dostonda Shirinning Chin shahzodasi ishqiga bo’lgan mayli yolqinlanib namoyon bo’Iganligi nihoyatda joziba bilan tasvirlangan. Ikki sevishgan qalbning bir-biriga nisbatan pok muhabbatiga Xusrav Parvezning rahna solishga urinishi dostondagi qahramonlararo zidiyatning kuchayishiga sabab bo’lgan. Ana shunday ruhiy holatlarni boshidan kechirayotgan Shirin Mehinbonudan Xusrav sovchilarining so’zini eshitganida, o’zining bu zolim shohga nisbatan nafratini quyidagicha bayon etadi: Manga ne yor-u ne oshiq havasdur, Agar men odam o’lsam, ushbu basdur! Agar Bonu iloje busa, qusun, O’zumni o’ltururmen yo’qsa, busun! (8. 293-bet). Alisher Navoiy tasviridagi Farhodning ishqqa va o’z sevgilisiga munosabatini oydinlashtirishda uning Xusrav Parvez bilan qilgan munozarasi katta ahamiyat kasb etadi: ...Dedi: nedur sanga olamda pesha? Dedi: ishq ichra majnunluq hamisha... Dedikim: ishq o’tidin de fasona! Dedi: kuymay kishi topmas nishona. Dedikim: kuymagingni ayla maMunt! Dedi: andin erur joh ahli mahrum! Dedi: qay chog’din o’ldung ishq aro mast? Dedi: ruh ermas erdi tang’a paypast... Dedi: bu ishq tarki yaxshiroqdur! Dedi: bu sheva osMqdin yiroqdur! Dedi: ol ganj-u qo’y mehrin nihoniy, Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!.. Dedikim: shahg’a bo’lma shirkat andesh! Dedi: Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!.. Dedi: kishvar beray kech bu havasdin! Dedi: bechora kecb bu multamasdin! Dedi: ishq ichra qatling hukm etgum! Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling