O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
G’iryovi tortibon Farhodi mazlum,
Dedi: Bas qilki, bo’ldi qissa ma'lum. G’araz gar jon edi, olding ana hoy, o’luk tandin ne istarsen yana voy. Ko’ngul qonin ichardin to’yg’il emdi, Meni o’z mehnatimg’a qo’yg’il emdi. Debon qo’pti jahondin silkibon qo'1, Adam dashtig’a hijron aylabon yo'1. Yoshidin tog’da solib sel rezi, Demakim sel rezi rustaxezi. Bu seU jismining qasrin qo’ngorib, Hayoti xayli ham ul suvg’a borib (8, 402). Alisher Navoiy Farhodning keyingi ayanchli ahvolini tasvirlarkan, uning butun vujudi sekin-asta parokanda bo’layotganiga e'tiborni qaratadi. U — g’oyatda ta'sirli ko’ngil g’ashlarini bag’riga olgan hajr dashtining oviga aylanadi. Hajr esa o’tkir qilichdan ham og’ir jarohat yetkazib, uning bag’rini ikki pora qiladi. Farhod fig’on tortib o’rnidan turishga har qancha harakat qilmasin, holsizlanib yiqiladi. Ajal buzg’inchisi jismidan quwatini oladi, natijada uning ko’zi oldida olam qorong’u go’r bo’lib ko’rinadi. Qorong’ulikda toshlar tomon talpinganida, jismidagi suyaklar sina boshlaydi. Shunda u boshini toshlaiga urib yig’laydi. Farhod charxga, g’am tig’i, anduh toshi, ajal, qiynoq, azob, hijron g’ami, tog’, metinday qattiq tog’ toshi, hayvonlarga nolalar qila boshkydi. Uning o’limi oldidagi bu afg’onlarida hayotga tashnalik tuyg’usi nihoyatda bo’rtib ko’rinadi. Shundan so’ng u bodi saboga iltijo qilib, Chin-u Xito mulkiga yol olishini, Xoqonga uchrab ota yuzini ko’rolmay armon bilan o’lgan farzandidan unga xabar yetkazishini o’tinadi. Shuningdek, bu o’tinch zamirida Farhodning salomi mushtipar onasi, Mulkoro vaBahrom, ustozlari Moniy va Qoranga ham yo’llanganligini ifodalaydi. Do’sti Shopurdan qabrining toshidan hamisha voqif bo’lishini iltimos qilib jon taslim etadi: Buzulg’on joni jononig’a tushti, Balo o’ti buzuq jonig’a tushti. Ul o’t bir nav' kuydirdi vujudin, Ki, kul qUdi vujudi tor-u pudin. Qilib jononi otin tflga ta'lim, Tutub jonon otin, jon yetti taslim (8, 419). Farhodning o’limi yirtqich hayvonlarga ta'sir qilib, ular makkora kampirni burda-burda qilib tashlashadi. Chin shahzodasining halok bo’lganligi haqidagi xabar tezda el orasida tarqaladi. Uning dushmani bo’lgan Xusrav Shirin visoliga yetish orzusidan shodlansa-da, Allohning g’azabiga uchrashidan qo’rqardi. Nima bo’lganda ham Mehinbonu qasriga kordonlari-ishbilarmon kishilarini yuboradi. Mehinbonu Farhodning o’limiga bir onadek aza tutgan bo’lsa-da, awalo, qamalda qolgan xalqning ayanchli ahvoli va arkoni davlatning mulohazalariga tayanib, Xusravning taklifini qabul qiladi, Shirin esa bir necha bor o’z joniga qasd qilishga urinadi, biroq atrofdagilar bunga mone'lik qilishadi. U juda ham beqaror, betob bo’lib qoladi. Mehinbonu Xusravdan ruxsat olib, Shirinni istirohat uchun Farhod keltiigan suv va qurdiigan qasr tomon yuboradi. Bu orada Shiringa oshiq bo’lib qolgan Xusravning o’g’li Sheruya o’z otasini o’ldiradi. Voqealar rivojida Shopur tutqunlikdan ozod bo’ladi. Shirin Farhodning jasadi qo’yilgan uy eshigini ichkaridan mahkamlab, oshig’i bag’rida mangu uyquga ketadi: Bu yanglig’ uyqu ko’rgach sarvi cholok, Anga ham xobaliq qildi havasnok. Qo’yubon ro’y-barro’, do’sh—bardo’sh, Bo’lub o’z bedili birla hamog’ush. Ko’nguldin shu'laliq ohe chiqordi, Ko’zi hamxobadek uyqug’a bordi. Ne uyqu, kimsa andin qonmas uyqu, Qiyomatqa degil uyg’onmas uyqu (8, 446). Shirin husn-u malohatda yakto bo’lgan, Farhodning mahbubi Mutlaq visoliga erishish yo’lidagi mazhar bo’lish bilan bir qatorda, oshig’i singari ulug’ niyatni ko’nglida tukkan oshiq edi. Uning ham jismi hajr qiynoqlaridan afgor bo’lib borar, ko’ngli g’ashlik saltanati hukmronligiga tobe' bo’lib qolgandi. Farhodning mangu orom olayotganini ko’rib unga havas qiladi. Xayolan sevgilisining yuziga-yuz, taniga-tanini qo’yib, o’zini uning og’ushida ko’radi. Ko’nglidan o’tli bir oh chiqib, ko’zi Farhodniki singari mangu uyquga ketadi. Ko’rinadiki, Farhod va Shirinning o’limi ular qalbidan o’rlagan o’tli oh natijasida sodir bo’ladi. Bu Suqrot bashorat etgan chaqin bo’lib, uning shu'lasidan ishqi majoziy harorat olib, ishqi haqiqiyga aylanadi. Bu sevishganlar ruhining jism zindonidan ozod bo’lib, abadiylik olamiga ravona bo’lishidir. Ayni choqda ranj-u mashaqqatlar natijasida poklangan ko’ngil hijron iskanjalaridan jonini o’tli bir oh bilan xalos etadi. Shunday o’lim Mehinbonu qismatida ham uchraydi. Ulug’ shoir Shirinning jonsiz tanini ko’rgan Mehinbonuning foniy dunyoni tark etishini quyidagicha tasvirlaydi: Chu Bonu ko’rdi mundoq turfa holat, Anga xud bor edi jondin malolat; Chiqib gardun sori afg’oni oning, Fig’oni biria chiqti joni oning. Chu Shirin joni erdi onsiz o’ldi, Damekim o’ldi onsiz, jonsiz o’ldi (8, 447-448). Dostonning asosiy voqealari qirqqa yaqin fazl egalarr bo’lgan donishmandlarning bir xil tush ko’rishi hamda Farhodning ko’kaldoshi Bahromning Arman o’lkasiga lashkar tortib Sheruyani mag’lub etishi va yurtda adolat o’rnatilishi bilan nihoyalanadi. Asardagi tush lavhasi undagi yetakchi g’oyani teran tahlil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Unda tasvirlanishicha, benihoya go’zal jannat bog’ida Farhod va Shirin bir qasr ichra nurdan yasalgan taxt uzra barqaror turadilar. Mehinbonu ham shu yerda, sevishganlarning ota-onalari ham bu zavq-u shavqdan bahramand emishlar. Shoirning xulosasiga ko’ra, ishq o’tida poklanganlar va ularning yaqinlari Farhod-u Shirinning Vujudin o’rtab ul so’z-u gudozi, Haqiqatqa badal bo’Idi majozi (8,449)- tufayli bu saodatga loyiq ko’rildilar. Dostonda idrok etilishi nihoyatda murakkab bir mavzudan bahs etiladi. Jumladan, Xoqon, Mulkoro, Bahrom, Qoran, Moniy, Mehinbonu, Shopur singari obrazlar ham zohirbin kishilar vakili bo’lsalar-da, ular ilohiy fayzdan bahramand bo’lib, komillik sari intiluvchi Farhod va Shiringa zulm qilishmaydi, ularga madadkor bo’lishga tayyor turishadi. Xusrav, Buzrug Ummid, Sheruya, makkora zol esa nafs bandalari, ularning qalbi zulm va qabohat, makr-hiyla maskanidir. Alisher Navoiy Farhod va Shirin singari komil insonlarni komil jamiyat vujudga keltirishi va avaylab asrashi lozimligidan o’quvchilarga saboq beradi. Bahromning g’alabasi, Arman o’lkasida adolatning tantana qilishi buning yorqin namunasidir. Asardagi Suhaylo, Xizr, Suqrot obrazlari orqali haqsevarlik, insonsevarlik g’oyalari ilgari suriladi. Shuningdek, ular vositasida inson olamning gultoji ekan, uning tafakkur doirasi kengligi, ma'rifati, hamida axloq-u najib fazilatlari bilan o’zini komillik rutbasida ko’rishga qodirligiga ishora etiladi. Doston so’ngidan Shoh G’arib Mirzoga nasihatlarning o’rin olishi zamirida esa ulug’ shoirning adolatli jamiyat qurish orzusi o’z ifodasini topgan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling