O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi
- 1- asosiy masalaning bayoni
Asosiy masalalar:
1. «Layli va Majnun» dostonining yozilish tarixi. 2. «Layli va Majnun» pok va yuksak muhabbat dostoni. 3. Dostonning obrazlar olami. Mavzuga oid tayanch tushunchalari: Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy, Krachkovskiy, Layli, Majnun, Qays, Bani Omir va Hay qabila boshliqlari, Ibn Salom, Asad qabilasi, Navfal, Zayd, Najd tog’i. 1-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: «Layli va Majnun» dostonining yozilish tarixi haqida o’quvchiga ma’lumot berish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni haqida tushunchaga ega bo’la oladi. 2. «Layli va Majnun» dostonining boshqa shoirlar dostonlaridan farqini bilib oladi. 1- asosiy masalaning bayoni: «Layli va Majnun» jahon adabiyotidagi eng qayg’uli dostonlardan biridir. Akademik Krachkovskiy «Layli va Majnun»ni g’arbdagi «Romeo va Juletta» bilan qiyoslaydi va shunday deydi: G’arbdagi «Romeo va Juletta»ning qiymati bilan qiyos qilganda, Sharqda «Layli va Majnun»yanada mashhurroqdir. «Layli va Majnun» chuqur tarixga ega bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Akademik Krachkovskiyning ta`kidlashicha uning kurtaklari VII asrning 2 yarmiga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarida Majnun tarixiy shaxs bo’lib, Bani Omir qabilasidan chiqqan. Uning asl nomi Qays ibn Mulavvah bo’lgan. U qabiladoshi Laylini sevgan, unga atab mungli she`rlar bitgan. Ibn Qutaybaning «Kitob-ush-she`r va Shuaro»sida ham bunday ma`lumotlar keltiriladi. Boshqa bir manbalarda esa Majnunning tarixiy shaxs emasligi, Majnun nomi ham majoziy ma`noda keltirilgan deb ko’rsatilgan. Demak, Majnun obrazi, uning tarixiy shaxsligi masalasi munozaralidir. Ammo shunisi ma`lumki, arab she`riyatida VII asrning ikkinchi yarmida Majnun taxallusi bilan ko’pgina qayg’uli, mungli, oshiqona she`rlar yuzaga kelgan. VII asrning boshida Majnun haqidagi rivoyatlar yuzaga kela boshlagan, bo’lsa IX asrga kelib bu rivoyatlar keng tarqaladi. Agar Majnun nomiga nisbat berilgan she`rlar u haqidagi rivoyatlarning yuzaga kelishiga zamin bo’lgan bo’lsa ayni paytda ushbu rivoyatlar «Layli va Majnun» haqidagi yirik obidalarning paydo bo’lishiga olib kelgan.“Layli va Majnun” haqida birinchi marta 1188-yilda Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy doston yozgan. Bu doston bilan «Layli va Majnun» «Xamsa»chilikning an`anaviy dostoniga aylanib qoladi. Ibn Qutayba, Al - Johiz, Abu Bakr al- Volibiy va boshqa arab olimlarining asarlarida Layli va Majnun haqidagi turli rivoyatlar beriladi. Badiiy adabiyotga kelganda Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Jomiy, Amir Shayhim Suhayliy qalamiga mansub dostonlar yaratiladi. Turkiy tilda esa Gulshahriy, Oshiq Posho, Shahidiy kabi Shoirlar Layli va Majnun orasidagi ishq sarguzashtlari haqida o’z dostonlarida ayrim parchalar berdilarki, bu parchalar Layli va Majnun afsonasining turkiy tildagi dastlabki kurtaklari sifatida ahamiyatlidir. Navoiy Nizomiy dostonini «qal’aga», Dehlaviy asarini yaxshi bezakli «qasr»ga o’xshatib, o’zining dostonini esa «qal’a» va «qasr» atrofidagi shahar va bog’larga qiyos etadi. shoir o’z asarini «Firoqnoma», «Nomai dard» deb ham ataydi. Shoirning ushbu dostonni yozishdan maqsadi: «Maqsudim emas edi fasona». Shoir nazarida, ushbu syujetdan turkiy xalqlar ham bahra olishi kerak. Men turkcha boshlabon rivoyat Qildim bu fasonani hikoyat. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling