O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
"Shaxzoda Hasan haqida doston"
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
"Shaxzoda Hasan haqida doston". Avvalo shuni aytib o’tish lozimki, Uvaysiyning Hasan va Husayn haqidagi dostonlari 60-yillargacha batafsil tekshirilmagan bo’lib, ular har xil nomlar bilan atalib kelgan edi. Chunonchi,"O’zbek adabiyoti xrestomatiyasi" va "O’zbek shoirlari" kitobida har ikkila doston birgalikda "Karbalonoma" deb nomlangan. Vaholanki, Karbalo voqealari Husayn nomi bilan bog’langan bo’lib, ikkinchi dostongagina taalluqlidir.Bu dostonlar revolyutsiyagacha Toshkentda "Kitobi Uvaysiy" nomi bilan nashr etilgan. Shoira "Devon"i- ning oxiriga ilova qilingan har ikkila doston aslida nomsiz edi. 1960-yilda Uvaysiy ijodi yuzasidan kandidatlik dessertatsiyasi yozilganda, birinchi dostonni "Shaxzoda Hasan haqida doston", ikkinchisini "Shaxzoda Husayn haqida doston" deb atash muvofiq ko’rilgan.
Ikkala dostonda ham Muhammadning qizi Fotimaning o’g’illari Hasan va Husayn voqealari beriladi. Lekin muhim tomoni shundaki, shoira Uvaysiy ana shu voqealar fonida o’z zamonasidagi ijtimoiy voqealarga ishora qilib, o’sha davr kitubxonlariga ibrat bo’ladigan mulohazalarini bayon etishga urinadi. Dostonda hikoya qilinishicha, Fotimaning eri Ali vafot etgach, hokimlik qilgan Ko’fa yelari katta o’g’li Hasan ixtiyoriga o’tadi. Shom hokimi Muoviya (u Alining raqibi edi) Alining o’lganidan foydalanib, Ko’fani bosib olish niyatida Hasan ustiga qo’shin tortadi. Hasan esa o’z lashkarini pastqam o’ngurda shaylab qo’yib, o’zi tanho Muoviya oldiga boradi va uni qon to’kishdan to’xtatib, sulhga ko’ndiradi. Ammo Muoviya o’z maqsadini boshqacha yo’l bilan amalgam oshirish rejalarini tuzadi. Chunonchi, Hasan Mavsalda do’stining uyida mehmon bo’lib turganda, uy egasi Muoviyaning maslahati va undoviga ko’ra Hasanga zahar solingan ish beradi. Lekin zahar Hasanga kor qilmaydi. Shunda Muoviya ikkinchi marta zahar yuboradi. Ammo zahar tashuvchi yo’lda bo’riga yem bo’ladi. Hasan Madinaga kelganida ham bu yerning hokimi Mardon, bir tomondan uning izzat-hurmatini bir joyga qo’ysa, ikkinchi tomondan o’z kanizagi orqali Hasanning xotini Jo’daga katta mablag’ va’da qilib, bir necha marta Hasanga zahar ichkizadi. Lekin bular ham Hasanga kor qilmaydi. Hatto Hasanning eski raqiblaridan biri bo’lgan bir ko’r odam oning oyog’ini zaharli katlak bilan jarohatlaganida ham malhamlar yordamida oyog’i tuzalib ketadi. Ko’r kishi esa o’ldiriladi. Nihoyat, Muoviya Jo’daga olmas qirindilari qorishtirilgan zahar yuborib, Hasanni zaharlashga muvaffaq bo’ladi. Uvaysiy payg’ambarzodalar oilasida ham ana shunday makr-hiyla va yaramas voqealar bo’lib o’tganini eslatib, o’z zamondoshlariga pand-nasihat qiladi. Chunonchi, Hasanning urushga ko’nmay, eski raqibi Muoviyani sulhga chaqirganini va buning sababini shunday aks ettiradi: Shahzoda der edilar borho, Qilmam kishi birla kiyna also. Qilmamki munozaat kishidan, Yo’qdur ishim kishi ishidan… El sudini istagum shabu ro’z, Bu so’zni debon shahi dilafro’z… Oldimda bu el salomat o’lg’ay, Ko’nglumg’a bu ish kifoyat o’lg’ay. Yo’q hohishim o’lsa el parishon, To bo’lmasa fitna, bo’lsa imkon… Tabiiyki, payg’ambarzoda Hasan tarihda Uvaysiy tasvirlaganday bo’lmagan. Ammo Uvaysiy o’z zamonasi uchun foydali hisoblagan fikrlarini targ’ib qilmoqchi bo’lib, Hasan obrazi orqali " kishi birla kiyna " da bo’lmaslik "el sudi" (foydasi) va "el salomat" ligini nazarda tutish, elni "parishon " qilmaslik uchun fitnalarga yo’l qo’ymaslik kerak degan istaklarini ilgari surgan. Shuning uchun shoira Hasan tilidan bir o’rinda: Xalq ganjiga to xazinabon men, Dunyo zaru siymiga emasmen. desa, boshqa bir o’rinda: Sulh aylamasang, necha musulmon, Bo’lgayki halok, to’kilur qon,- Deydi va hukmdorlarga murojaat etib: " Xalq ganjiga xazinabon " bo’lish, kishilarning behudaga halok bo’lishi va qon to’kishlarga yo’l qo’ymaslik kerak, demoqchi bo’ladi. Dostonda Muoviya va uning tarfdorlarining "yuz hiylayu makr ila" ish ko’rishlari tanqid qilinadi. Jo’da "mulku zaru molni havosi" bilan o’z erini o’ldirgan kaltafaxm, befarosat va purjafo xotin sifatida tasvirlansa, uni o’z qo’liga ola bilgan Shom hokimining kanizagi Oysuniyo uyma-uy daydib yuruvchi "mal’un shum", badkor "sak"(it) sifatida gavdalantiriladi. Bor edi Madinada kanizak, Har uyga kiradi go’yo sak. Dallollik edi kanizak ishi, Har sorig’a bor edi borishi. Uvaysiyning dostondagi voqealar davomida keltirgan quyidagi Ey ahli xirad, qiling farosat, Bu so’z batamomi elga ibrat. Behuda kishiga qasd qilmoq, Behuda o’zin haloka solmoq… Gar qilsa sitam kishi kishig’a, Go’yo sitam aylamish o’zig’a. kabi umumlashma pand-nasihatlaridan ko’zlagan maqsadi zamon kishilarini to’g’ri izga tushurish, behuda "ozor, sitam, qasd" qilishga barham berish ekanligi ko’rinib turadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling