1-topshiriq. Esse yozish. Agar meni tanqid qilishsa…
1-mashq.
Oka, unaqa vaqtim yo‘q, – dedi shofyor. – Nochorlikdan chiqovuz-de. (Sh.
Xolmirzayev) 2. Bundan kattakaniyam bor. Apasiyam bor.(Sh. Xolmirzayev) 3. Bugun Aravonda katta uloq, deng, ashaqqa borish kerak. Endiyla jo‘naymiz, deb turuvdik. (Tohir Malik) 4. Ertaga biznikiga nonushta qilsak. (Said Ahmad) 5. Bunday chikin polvonni yana qaytib davraga yonoshtirmaslik kerak! (Tog‘ay Murod)
mashq. Gaplami o'qing, uslubiy xatolarini tuzatib, daftaringizga ko'chiring.
Ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash va boshqa xomashyolarning sarf-xarajat
narxlari oshganligi bilan shahar yo’lovchi tashish transportida yangi yo‘lkira haqlari taklif qilindi. 2. Yaqin kelganimda «Xush kelibsiz!» degan yozuv uzoqdan ko‘zga tashlandi. 3. Eng avvalo, dalalar to’l , nihollar sog‘lom bo‘lishi kerak. 4. Mahalla ko‘chalarida piyodalar yurish xavfsizligi oyligi o’tkazildi. 5. Naqqosh kuzning saxiy mo‘yqalamida bahra olgan g‘o‘zalar qulog‘ida oltin baldoqlar selkillab turibdi. 6. Jamoa raisi bosh agronom bilan o‘z xonasida uchrashdi.
3-mashq. Berilgan matnlaming hujjatning qaysi turiga kirishini aniqlang, ular o'rtasidagi farqlarini izohlang.
Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Layli
otidan — sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan — haddu-hisobsiz gunoh, sizdan kechirish. 0 ‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechiigan qora kunlarni esga olish mening uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari,ul kunlami siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman...Xatim oxirida shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yorlaqab eshigingizda o‘rinlashib olsam, u yog‘ini o‘zim bilar edim... Hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdim. A.Qodiriy, «О‘tkan kunlar»dan.
TESTLAR
Makromatnlar qaysilar?
A. ariza, ma’lumotnoma, e’lon
B. roman, e’lon, ariza
C. qissa, epopeya, roman
D. ariza, roman, qatralar
2. Voy ! undovi qanday ma'no nozikliklarini bildiradi?
A. havas, zavq
B. qo'rquv, alam
C. qayg'u, tashvish
D. barchasi
3. Shaxsi topilmas gapni aniqlang.
Yetti o'lchab, bir kes.
B. Sinf rahbarimiz bilan muzeyga bordik.
C. Majlisda ilg'orlarni taqdirladik.
D. Bu xonada chekilmasin.
4. Mikromatnlar qaysilar?
A. ariza, ma’lumotnoma, e’lon
B. roman, e’lon, ariza
C. qissa, epopeya, roman
D. ariza, roman, qatralar
5. Moslashuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmasini toping.
A. baland poshnali tufli
B. hamma bolalar
C. Karimning oilasi
D. keng paxtazor
Do'stlaringiz bilan baham: |