O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
-mavzu: Adabiy nutq va uning uslublari
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
7-mavzu: Adabiy nutq va uning uslublari.
Tayanch so‘z va iboralar: nutq оdоbi, оdоbli so‘zlаsh, og‘zaki nutq, yozma nutq, muloyim so‘zlash, adabiy til, uslub, so’zlashuv uslubi, publitsistik uslub, badiiy uslub. SAVOLLAR 1. Adabiy nutq nima, adabiy nutqning uslubiy shakllarini sanang? 2. Og’zaki nutqning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 3. Yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Yozuvning paydo bo’lishi haqida nimalarni bilasiz? 5. Yozma nutqning asosiy vazifasilari nimalardan iborat? 6. Yozma nutqning og‘zaki nutqdan qanday farqli bor? 7. So’zlashuv uslubining boshqa uslublardan farqi nimada? Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir ”. Adabiy til me’yorlariga mutaxassislar shunday ta’rif beradilar: “Til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til (nutq) me’yoridir”. Yana: “Adabiy me’yor tilning tovush tizimi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibidagi eng tipik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. Adabiy me’yor tilning eng yuksak ishlangan, silliqlashgan shakli hisoblanadi”. Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi. Shu yo`l bilan ayni bir jumlada qo`shimcha uslubiy (modal) mazmun ham ifodalanadi. Masalan: Ol, jiyan, yo`l yurib kelgansan. Bu jumlada so`zlovchi suhbatdoshga qarindoshligini bildirishi bilan birga, unga o`z mehribonligini ham ko`rsatmoqchi. Uslubshunoslik uslub, sinonimiya, so`z, so`z birikmasi va gapning ana shu qo`shimcha (modal) ma’nosini o`rganadi. Gapda uslubiy (modal) mazmun maxsus so`z va iboralar (undalma, kirish so`z, sinonimlar, frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so`zlar va h.k.) orqali ifodalanadi. Nutqning ijtimoiy vazifasiga qarab uslub turlari har xil bo`ladi: har bir ijtimoiy qatlam, toifaning o`z nutq uslubi bo`ladi. Shunga ko`ra, uslub, avvalo, so`zlashuv va yozma nutq uslublariga bo`linadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling