O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan


Mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruriy qismlari


Download 4.54 Mb.
bet28/81
Sana28.09.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1689121
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI

Mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruriy qismlari.



SAVOLLAR

  1. Rasmiy-idoraviy uslub deb nimaga aytiladi?

  2. Rasmiy-idoraviy uslub boshqa uslub turlaridan nimasi bilan farqlanadi?

  3. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos xususiyatlari nimada?

  4. Hujjat tili deganda nimani tushunasiz?

  5. Hujjat tilining o‘ziga xosligi nimada?

  6. Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

  7. Tashkiliy hujjatlarga nimalar kiradi?

  8. Farmoyish hujjatlariga nimalar kiradi?

Tayanch so‘z va iboralar: aloqa xati, axborot, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, nutqiy qolip, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar, diplomatik munosabat.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.
Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.

Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon- axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, uning kuchi bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi, farmoyishning matni huddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYuRAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYa QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ko‘rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va “YuKLAYMAN”, “TAVSIYa ETAMAN” so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa «TAVSIYa ETAMAN» so‘zi qo‘llaniladi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari
Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo‘llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimayi hol. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hoi).
2. Matn:
1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
3) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);
4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi;
5) ish faoliyatining turlari;
6) oxirgi ish joyi va lavozimi;
7) mukofot va rag‘batlantirishlar;
8) jamoat ishlarida ishtiroki;
9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
10) turar joyi;
3. Sana.
4. lmzo.
Tarjimayi hoi oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin.

TARJIMAYI HOL
Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), (tug‘ilgan yili, sanasi, joyi) __________________ oilasida tug‘ildim.
(oila a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish (o‘qish) joyi, lavozimi).
(O‘zining o‘qish, mehnat va jamoatchilik faoliyati uchun olgan mukofotlari).
Bo‘ydoqman [turmushga chiqqanman, ta farzandim bor]
Mening turar joyim:
Sana imzo ismi, familiyasi


Ariza. Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.

Qayerda yoki kimga
Ariza yozuvchining turar joyi,lavozimi,to‘liq nomi
Ariza
Ariza matni mazmuni
Ilova
Sana (yil,kun,oy) imzo F.I.Sh.




Hujjatlar tili va uslubi
Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan. Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan.
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik, ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.
Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar.
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling