TOPSHIRIQ № 3
Berilgan gaplarni hujjat talabiga asosan joylashtiring va yetishmayotgan qismlarni to‘ldirib hujjat ko‘rinishiga keltiring:
1. Avaz Rashidov 9- sinfni tugatib, 2011 yili Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejining “Zargarlik buyumlari usta-rassomi” bo‘limiga o‘qishga qabul qilindi. 2. U doimiy ravishda o‘z malakasini oshirish ustida qat 'iyat bilan ishlaydi. 3. Tavsifnoma Olmazor tuman Harbiy bo‘linmasiga taqdim etish uchun berildi. 4. A.Rashidov sportning shaxmat turiga juda qiziqadi. 5. Kollej direktori Sh.X.Inoyatov. 6. 2011 yili “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan tuman turnirida faxriy 2- o‘rinni egallagan.
№81 TARQATMA
№72 TARQATMA
TOPSHIRIQ № 4
Berilgan gaplarni hujjat talabiga asosan joylashtiring va yetishmayotgan qismlarni to‘ldirib hujjat ko‘rinishiga keltiring:
1. Shu kollejning “Badiiy liboslarni loyihalash” bo‘limida birga o‘qiymiz. 2. Umida Akramova intizomli, a’lochi, izlanuvchan o‘quvchi sifatida kollejimizda tanilgan. 3. U tikuvchilikni va kiyimlar dizaynini yaxshi biladi. 4. 2012 yil 20 sentabr. 5. U.Akramova kollejimizning jamoat ishlarida faol qatnashadi. 6. Shunga ko‘ra men,……...... …………. tavsiya qilaman.
№82 TARQATMA
№73 TARQATMA
TOPSHIRIQ № 5
Berilgan gaplarni hujjat talabiga asosan joylashtiring va yetishmayotgan qismlarni to‘ldirib hujjat ko‘rinishiga keltiring:
1. Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi, 1996 yili tug‘ilgan, millati o‘zbek Nigora Abdulla qizi Mo‘minovaga. 2. Guruh rahbari M.N.Abdullayeva. 3. Imzo, muhr. 4. U kollejning “Quvnoqlar va Zukkolar” klubi a’zosi. 5.N.Mo‘minova a’lochi va iqtidorli talaba sifatida kollej o‘quvchilari o‘rtasida yaxshi obro‘ga ega. 6. Kollej direktori Sh.X.Inoyatov.
Do'stlaringiz bilan baham: |