O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 94 TARQATMA
- 95 TARQATMA
TOPSHIRIQ № 2
Askar yigit maktubi “…Oyijon, xizmatdan qaytguningcha unashtirib qo‘ymoqchiman, tanlagan qizing bo‘lsa yozib yubor, debsiz. Sinfdoshim Diloromga sovchi yuboravering. Mabodo, u “yo‘q” desa, qo‘shnimiz Nasibaning ham roziligini olgandim. U ham aynib ketgan bo‘lsa, Ma’mur qassobning qizi Rayhon sevgimga rozi bo‘luvdi. Uyam bo‘lmagan taqdirda qishlog‘imizdagi Robiya, Inobat, Salomat, O‘g‘ilbibi, Karomat, Mahbubalarga ham odam yuborib ko‘ring… Hech qaysisi nasib etmasa xafa bo‘lmang, bu yerda praporshchigimizning shaharda taksi haydaydigan jo‘rasi bor. Uning Marina ismli tutingan jiyani bor ekan. O‘tgan kuni o‘sha taksichining o‘zi tanishtirib qo‘ydi. Qishlog‘imiz qizlari ko‘nmagan taqdirda, Marinaga uylanib boraman. Sizni va siz orqali nomi ma’lum bo‘lmagan keliningizni o‘pib qoluvchi o‘g‘lingiz Boyxo‘roz”. (To‘lqin Eshbek). №94 TARQATMA TOPSHIRIQ № 3 Ayol mo‘jizasi Tabiatda bitta mukkammal mo‘jiza bor, u - Ayoldir! Erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi, ayol latofati va hilmi bilan. Erkak hamisha bezovta, borini sarflab dunyo kezgani kezgan, ayol - osuda, mehrini sarflab uyini bezagani bezagan . Erkak uchun dunyo -uy, ayol uchun uy - dunyo. Erkakning qismati - sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib - baxt…. Ayollar qismatiga qarab yurtning qismatini aytib bersa bo‘ladi. Hamd va hadyaga ziqna kishi ayolga do‘st bo‘la olmaydi. Ayollardan faylasuf chiqqan emas. Chunki ular donolik qilishdan donolar tug‘ishni afzal ko‘radilar. №95 TARQATMA TOPSHIRIQ № 4 Taxallus “Taxallus” arabcha so‘z bo‘lib, u ikki ma’noni - xalos bo‘lish, hamda o‘z nomidan boshqa bir nomni qabul qilish ma’nolarini anglatadi. Taxallusni yozuvchi va shoirlar , rassom va artistlar , olim va jurnalistlar, davlat hamda jamoat arboblari ikkinchi nom sifatida qabul qiladilar. Masalan, o‘zbek xalqning buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o‘zbek tilida yozgan asarlarida “Navoiy”, fors-tojik tilida yozgan asarlarida esa “Foniy” taxalluslarni qo‘llagan. Taxallus tanlaganda quyidagi shartlarga rioya qilingan. Eng avallo uning mehnati evaziga berilgan unvonni taxallus sifatida qo‘llash. XI asrda yashab ijod etgan shoir Yusuf o‘zining “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) asarini qoraxoniylar sulolasining hukmdori Bug‘roxonga taqdim etganda, hukumdor bu asarni ma‘qullab, xizmati evaziga shoirga “Xos Hojib” (eshik og‘asi) unvonini bergan. Mana shundan so‘ng shoir Xos Hojib unvonini o‘ziga taxallus qilib oladi. №96 TARQATMA Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling