O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan


Download 4.54 Mb.
bet74/81
Sana28.09.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1689121
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81
Bog'liq
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI

T a q r i z
Badiiy yoki ilmiy asarlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarab beriladigan bahoning yozma bayoni. U oddiy ilmiy maqolalardan tortib, dissertatsion ishlarga, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yoziladi.
Taqrizda himoyaga yoki nashrga tavsiya etilgan ishga atroflicha, batafsil munosabat bildiriladi, uning ijobiy va salbiy tomonlari xolisona ko‘rsatib o‘tiladi, himoyaga yoki nashrga tavsiya etish-etmaslik haqidagi munosabat aniq bayon etiladi. Dissertatsion ishlar himoyasini o‘tkazuvchi ixtisoslashgan kengash yoki asarni bosib chiqaruvchi nashriyot bu kabi taqrizlarda aytilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, o‘z xulosalarini chiqaradi.
Taqrizning zaruriy qismlari:
1. Sarlavha: qanday dissertatsion ish yoki nashrga tavsiya etilayotgan asar haqida borayotgani.
2. Hujjat nomi (Taqriz).
3. Asosiy matn.
4. Muallifning lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni, imzosi, ismi, familiyasi.
5. Sana.

83 TARQATMA


GURUHLI ISH UCHUN O‘QUV TOPSHIRIQ



TOPSHIRIQ № 1
1.Berilgan maqollarning mazmunini hayotiy misollar bilan boyitgan holda, fikringizni mantiqiy, izchil asoslab matn tuzing.
2. Оlinmа gаpni аynаn vа o‘zlаshtirib qo‘llаsh mаsаlаsiga e’tibor bering.

1. Odobni beodobdan o‘rgan.


2. Ayol yerdan chiqqan emas - erkak bolasi, erkak ko‘kdan tushgan emas - ayol bolasi.
3. Aytmagan qo‘noq - yo‘nmagan tayoq.

84 TARQATMA



TOPSHIRIQ № 2
1 .Berilgan maqollarning mazmunini hayotiy misollar bilan boyitgan holda, fikringizni mantiqiy, izchil asoslab matn tuzing.
2. Оlinmа gаpni аynаn vа o‘zlаshtirib qo‘llаsh mаsаlаsiga e’tibor bering.

1. Andishaning oti qo‘rqoq.


2. Do‘sti nodondan dushmani dono yaxshi.
3. Yigit orif bo‘lsa, aslini so‘rama.


85 TARQATMA



TOPSHIRIQ № 3
1.Berilgan maqollarning mazmunini hayotiy misollar bilan boyitgan holda, fikringizni mantiqiy, izchil asoslab matn tuzing.
2. Оlinmа gаpni аynаn vа o‘zlаshtirib qo‘llаsh mаsаlаsiga e’tibor bering.

1. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.


2. Ma’nosi yo‘q gapdan donasi bor cho‘p yaxshi.
3. Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozu.

86 TARQATMA



TOPSHIRIQ № 5
1.Berilgan maqollarning mazmunini hayotiy misollar bilan boyitgan holda, fikringizni mantiqiy, izchil asoslab matn tuzing.
2. Оlinmа gаpni аynаn vа o‘zlаshtirib qo‘llаsh mаsаlаsiga e’tibor bering.
1. Odam po‘latdan qattiq, guldan nozik.
2. Onangni kiftingda tutsang, singlingni boshingda tut.
3. So‘z qadrini bilmagan - o‘z qadrini bilmas.


87 TARQATMA





Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling