So`zlashuv uslubi. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so ` zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy
so`zlashuv uslubidir.
So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto erkagu xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba’zi farqlar bo`ladi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo`shiqlar, so`z o`yinlari-pichinglar, hazil – mutoyi balar, askiya va qochirmalar muhim manba sanaladi.
Jonli nutq jarayonida uslubiy bo`yoq iboralaridan (Onaginang o`rgilsin! Qoqindig`ing bo`lay!) keng foydalaniladi. Jonli so`zlashuv nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so`zlar ham uchraydi.
Ba’zan bunday qatlamlar badiiy asarlardan ham o`rin oladi: Hoy xotin, tavba
qildim, endi ichsam, birovdan pul olsam, go`rimda to`ng`iz qo`pay. Har holda hamma toifa kishilarning suhbati, so`z va gaplari tushunarli bo`ladi. Chunki umumiste’moldagi so`z, ibora va jumlalardan foydalaniladi.
Badiiy uslub. Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, unda o`zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy
so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o`quvchiga estetik zavq bag`ishlaydi.
Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |