M е m o r a n d u m
davlatlarning biror masala yuzasidan o‘zaro qabul qilgan qarorlari yuzasidan bеrgan bayonnomasi. Ushbu hujjatda har tomonlama tahlil qilingan masalalar bo‘yicha har bir davlatning fikri va o‘zaro kеlishuvi bayon qilinadi.
№43 TARQATMA
№81 TARQATMA
R e z yu m e
Nashr qilinadigan asar yoki himoyaga tavsiya etiladigan dissertatsiyaning g‘oyatda qisqa mazmuni bo‘lib, odatda, ishning oxirida boshqa tillarda, masalan, hozirda rus va ingliz tillarida beriladi. Ana shu qisqa rezyume orqali matnni o‘qimagan kishi ham tadqiqot haqida ayrim xulosalarga kelishi mumkin.
Rezyume qoidalari:
1. Rezyume aniq, ravon tilda bayon etilishi shart.
2. Rezyume tanlayotgan ishingiz yo‘nalishiga mos kelishi darkor.
3. Diqqatni chalg‘itadigan ortiqcha ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak.
4. Ma’lumotlar aniq, isbotlangan bo‘lishi kerak.
5. Faoliyatingizning aniq natijalarini ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
6. Chiroyli husnixat bilan to‘ldirilgan rezyume siz haqingizdagi fikrni ijobiy tomonga o‘zgartiradi.
7. Tajribangiz, malakangiz haqida bor haqiqatni yozing.
8. Sifatli qog‘ozdan foydalaning. Agar kompyuter shaklida to‘ldirish talab qilinsa, 12-14 shriftda yozing.
9. Turli xil rasmlar, jimjimador hoshiyalardan foydalanmang.
10. O‘quv dargohlari, korxonalar va shaharlar nomini to‘liq va aniq yozing.
11. Qisqa jumlalardan foydalanishga harakat qiling.
12. Texnik atamalarni qo‘llashda ularning tushunarli bo‘lishiga e’tibor bering.
13. Ko‘p hollarda noaniq to‘ldirilgan rezyume o‘qilmay qolishi mumkinligini unutmang.
14 Rasmiy hujjat bo‘lgan rezyumeni shaxsiy xarakterdagi ma’lumotlar bilan to‘ldirib tashlamang.
15. Unutmang! Xorijiy tillarni bilishingiz mutaxassisligingiz bo‘yicha o‘zingizga yoqqan ishga joylashish kafolatini oshiradi.
№44 TARQATMA
№82 TARQATMA
Do'stlaringiz bilan baham: |