O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 90 TARQATMA №91 TARQATMA
- 92 TARQATMA
TOPSHIRIQ № 4
Berilgan matnni ham musahhih, ham muharrir sifatida tahrir qiling: Taxallus Taxallus arabcha so‘z bo‘lib u ikki ma’ noni xalos bo ‘lish hamda o‘z nomidan boshqa bir nomni qabul qilish ma’ nolarini anglatadi taxallusni yozuvchi va shoirlar rassom va artistlar olim va jurnalistlar davlat hamda jamoat arboblari ikkinchi nom sifatida qabul qiladilar masalan o‘zbek xalqning buyuk shoiri va mutafakkiri alisher navoiy o‘zbek tilida yozgan asarlarida navoiy fors-tojik tilida yozgan asarlarida esa foniy taxalluslarni qo‘llagan Taxallus tanlaganda quyidagi shartlarga rioya qilingan. Eng avallo uning mehnati evaziga berilgan unvonni taxallus sifatida qo‘llash. XI asrda yashab ijod etgan shoir Yusuf o‘zining “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) asarini qoraxoniylar sulolasining hukmdori Bug‘roxonga taqdim etganda, hukumdor bu asarni ma‘qullab, xizmati evaziga shoirga “Xos Hojib” (eshik og‘asi) unvonini bergan. Mana shundan so‘ng shoir Xos Hojib unvonini o‘ziga taxallus qilib oladi. №90 TARQATMA №91 TARQATMA TOPSHIRIQ № 5 Berilgan matnni ham musahhih, ham muharrir sifatida tahrir qiling: Til o‘ta murakkab ilohiy bir hodisa bo‘lib uning turli jihatlari bor tilning moddiy jihati tovushdir, yozuvda - harf lekin harf tovushga nisbatan ikkilamchi hodisadir tabiiy tillarning hammasi tovushdan iborat bo‘lib harf tovushning zamon va masofasini kengaytirish uchun paydo bo‘lgan belgidir tovush tabiatan havo to‘lqinlaridan iborat bo‘lgani uchun u jonsiz tabiiy hodisalarga o‘xshaydi ammo til tovushi og‘izdan chiqib quloqqa eshitiladimana shu aytilish va eshitilish jihatdan u har bir shaxsning o ‘zigagina xos hodisadir ammo til yakka shaxsga xos tug‘ma hodisalarga kirmaydi chunki tilning mavjud bo‘lishi uchun jamiyat bo‘lishi shart №92 TARQATMA TOPSHIRIQ № 1 Madhiya - “madh”, “maqtov” so‘zidan kelib chiqqan. Madhiya -- gimn o‘z mustaqilligiga ega bo‘lgan, har bir mamlakatning alomati, ramzi. Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Diniy, jangovar mazmunga ega bo‘lgan madhiyalar ham ma’lum. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi (matni va musiqasi) tanlovida so‘zini shoir Abdulla Oripov, musiqasini bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan madhiya g‘olib chiqdi va o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi (1992-yil 10-dekabr)da O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi sifatida tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi tantanali damlarda ijro etiladi. .
№93 TARQATMA Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling