BMI vazifalari.Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi masalalar qo’yildi:
o’zbek tili badiiy matnlaridagi okkazional so’zlarni to’plash va ularni muayyan sistemaga solish;
okkazional so’zlarning mohiyati, asosiy lisoniy, nolisoniy xususiyatlarini o’rganish;
okkazional so’zning unga yondosh hodisalardan farqini aniqlash;
okkazionalizmlarning til va nutq sistemasiga munosabatini belgilash;
okkazional so’zlarning adabiy normaga munosabatini o’rganish;
okkazional leksikaning badiiy matndagi badiiy-estetik vazifalarini yoritish hamda bu tip so’zlarning asar badiiyatini ta’minlashdagi o’rni va rolini baholash.
BMIning obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyektini o’zbek tilidagi badiiy kontekstlarda uchraydigan okkazional so’zlar tashkil qiladi. Material hozirgi davr yozuvchilarining badiiy asarlari matnlaridan to’plandi. Nazariy manba sifatida hozirgi davr tilshunosligidagi dissertatsiya mavzuiga daxldor dissertatsiya, monografiya, risola va ilmiy maqolalar xizmat qildi.
BMIning tadqiq usullari. Ishning metodologik asosini til va tafakkur birligi, obyektiv borliq va lisoniy belgi munosabati, til evolyutsion rivoji kabi lisoniy-falsafiy qoidalar tashkil qiladi. SHuningdek, mavzuning ba’zi muammoli tomonlarini tahlil qilishda ushbu muammo bo’yicha tilshunoslikda mavjud nazariy qarashlarga tayanib ish tutildi.
Ishda tasvirlash, tavsiflash, sistem tahlil, qiyoslash, tasniflash kabi metod va usullardan foydalanildi
Ilmiy yangiligi.Ishda:
o’zbek tilshunosligida lug’aviy okkazionalizmlar materiali to’plandi va lisoniy tadqiq qilindi;
okkazional so’zning mohiyati, uning boshqa lug’aviy birliklardan farqi belgilandi;
okkazional so’zning asosiy xususiyatlari: nutqqa bog’liqlik, ijodiylik, norma bilan munosabat, betakrorlik, ta’sirchanlik, majburiy bo’lmagan nominatsiya va boshqalar tahlil qilindi;
okkazionalizmlar sinonimiyasi, okkazional so’zlarning til lug’at tizimiga kirish yoki kirmasligi ochib berildi.
BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu BMI okkazionalizmlarning badiiy-estetik vazifasi nazariy va amaliy jihatdan o’rganilgan. Ish natijasida umumlashtirilgan ilmiy-nazariy xulosalar so’z muammosini til va nutq aspektida o’rganishda, ayni paytda, so’zning badiiy-estetik xususiyatlarini ochishda muayyan qimmatga ega. Ishdagi ilmiy tahlil turkiy tillar, xususan, o’zbek tili leksikologiyasi, leksikografiyasi, uslubshunosligi, nutq madaniyati bo’yicha yaratiladigan qo’llanmalar qo’shimcha material bo’lib xizmat qila oladi. SHuningdek, badiiy matnni lingvistik tahlil qilishda ham foydalanish mumkin.
BMIning tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, kompьyuter yozuvida ...... sahifani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |