Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-v-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning


Adabiy til va umumxalq tilining oʻzaro aloqasi


Download 166.56 Kb.
bet6/8
Sana31.01.2024
Hajmi166.56 Kb.
#1817854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari

2.2 Adabiy til va umumxalq tilining oʻzaro aloqasi.
Umumxalq tili ma'lum bir xalqning soʻzlashuv tilidir. Uni xalq sekinlik bilan yaratib, boyitib boradi. Adabiy til esa umumxalq tilining yozuvchilar, shoirlar, ziyolilar tomonidan qayta ishlangan, me'yorga solingan, hamma uchun umumiy boʻlgan, umumxalq yoki umummillat tilining yuqori, sayqal-lashtirilgan shaklidir. Davlat muassasalarida, madaniyat sohalarida, mat-buotda, dars oʻtishda adabiy tildan foydalaniladi.
Umumxalq tilini xalq yaratadi. Adabiy tilni ziyolilar yaratadi. Lekin adabiy til xalq tili tarkibida boʻladi.
Umumxalq tilining adabiy til shakliga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlar mavjud:
1. Adabiy til yozuv bilan ta'minlangan boʻlishi kerak;
2. Mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan boʻlishi kerak;
3. Ma'lum qoida­qonunlarga boʻysunishi kerak;
Dunyodagi koʻpgina tillarning hozir ham adabiy til shakli yoʻq.
Adabiy tilning ogʻzaki va yozma shakllari mavjud. Ogʻzaki shakl soʻz, tovush, gap, ohang, pauza (toʻxtam) bilan ish koʻradi. Yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgilari bilan ish koʻradi. Adabiy tilning ogʻzaki va yozma shakllari oʻz me'yorlariga ega. Adabiy tilning ogʻzaki shakli insonlar orasida bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasidir. Chunki yozuvda qogʻoz, ruchka, yorugʻlik boʻlishi kerak. Ogʻzaki gaplashishda hech narsa shart emas.
Demak, yuqoridagi savolimizga Alisher Navoiy oʻzbek adabiy tilining asoschisi deb javob berishimiz kerak boʻladi.
Adabiy til lahjalar, shevalar negizida umumlashtirish, qat'iy me'yorlarni ishlab chiqish yoʻli bilan hosil qilinadi va ulardan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevalaridan uzilgan emas. Adabiy tilning shevalardan soʻzlar olib boyib borishi ichki manba, boshqa tillardan soʻz olib rivojlanishi tashqi manba hisoblanadi.
Faqat muayyan hududga xos ayrim belgilarini oʻzida namoyon qilgan til shakli shevalar hisoblanadi. Bir­biriga yaqin boʻlgan shevalar yigʻindisi esa lahja deb yuritiladi.
Dialekt esa gohida sheva atamasi ma'nosida, gohida lahja atamasi ma'nosida keladi: toshkent dialekti (shevasi), qipchoq dialekti (lahjasi) kabi.
Adabiy til shevalardan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmi­ koʻpmi farq qiladi.
Fonetik deganda tovush tomonidan: pabrika – fabrika, man – men, jila – yigʻla kabi; leksik esa soʻz tomonidan: kalapoʻsh – doʻppi, goʻsala – buzoq kabi; grammatik deganda soʻz shakli yoki qoʻshimchalardagi borayapti – borvotti – borutdi kabi farqlar tushunilishi kerak.
Adabiy til haqida gap borganda, avvalo, adabiy til –xalq tilining, milliy tilning oliy shakli deyilgan ta’rifga duch kelamiz. Adabiy tilning oliy shaklligi bu tilning oʻziga xosligida, uning oʻziga xos belgilari va vazifasida koʻrinadi. Adabiy til xalq tili negizida yuzaga keladi. Adabiy tilning paydo boʻlishi va uni yaratishdan maqsad umumxalq ommaviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tildan rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy-siyosiy sohalar tili, rasmiy muomala va yozishmalar tili, idoraviy ishlar va hujjatlar tili, diplomatik aloqalar tili, ilmiy uslublar tili, badiiy adabiyot va sahna tili, maorif, madanit tili kabi koʻp yoʻnalishlarda rivoj topishi uchun yoʻl ochadi. Bu hol adabiy tilning koʻp vazifali xususiyatini yuzaga keltiradi. Adabiy tilning koʻp qirrali va murakkab vazifalari adabiy tilning usluban tarmoqlanishiga, adabiy til doirasida xilma-xil nutqiy uslublarning yuzaga kelishiga olib keladiki, bu milliy adabiy tillarga xos muhim xususiyatlardan biridir.
Adabiy tilning me’yorlanishi, bu me’yorlarning muayyan qoidalarga olinishi aslida adabiy tilning umumxalq quroli, umumxalq mulki ekanligi bilan bogʻliqdir. Adabiy til oʻzaro aloqa vositasi sifatida oʻzi xizmat qilayotgan millatning barcha vakili uchun umumiydir. Adabiy tilning qabul qilingan, qoidalashtirilgan me’yorlariga barcha joyda, barcha kishilar (yozuvda va soʻzlovchilar) tomonidan bir xilda amal qilinadi. Chunki adabiy til barcha tomonidan milliy tilning namunali va ishlangan shakli deb qabul qilinadi va tan olinadi. Shunga koʻra ham adabiy tilning koʻpchilik tomonidan qabul qilingan va ma’qullangan me’yorlariga, bu me’yorlarga doir qoidalarga amal qilish, unga boʻysunish hamma uchun majburiydir.
Bunday umummajburiy me’yorlar va qoidalar adabiy tilning soʻz qoʻllash va soʻz yasash, gap tuzish, soʻzlarni yozish va talaffuz qilish kabi barcha sohalarida ham mavjuddir. Adabiy tilda toʻgʻri soʻzlash va yozish uchun mana shu me’yorlar, ular haqidagi qoidalarni bilish, oʻzlashtirish lozim. Ba’zan adabiy tilni bir yoqlama va notoʻgʻri tushunish va tushuntirish hollariga ham duch kelamiz. Bunda adabiy til deb faqatgina roʻznoma tili, ilmiy asarlar tili va badiiy adabiyot tili koʻzda tutiladi. Bunda adabiy tilning ogʻzaki shakli hisobga olinmaydi. Shuningdek, ba’zi hollarda adabiy til faqatgina yozma til orqali qolipga solinadi, adabiy til me’yorlari yozma nutqdagina toʻla saqlanadi, deyilgan mulohazalar ham bildiriladi.
Keltirilgan fikrlardan adabiy tilning ogʻzaki shakli me’yorlangan emas ekan-da, adabiy til ogʻzaki shaklida adabiy til me’yorlariga toʻliq rioya qilish shart emas ekan-da, deyilgan notoʻgʻri fikrga kelish mumkin. Oʻzbek tilini ongli ishlash, bu til me’yorlarining shakllanish va takomilida 1920-1940 yillarda ijod qilgan yetakchi oʻzbek yozuvchilari, jurnalistlar, turli fan olimlari, ayniqsa, tilshunoslar, shuningdek, radio muhim rol oʻynadi. Natijada oʻzbek adabiy tili takomillashgan milliy, adabiy til darajasiga koʻtarildi. Uning toʻgʻri yozish va toʻgʻri soʻzlash uchun lozim boʻladigan til vositalari takomillashdi va silliqlandi.
Adabiy tilning mana shu holati til madaniyatini, ya’ni madaniylashtirilgan tilni bildiradi. Demak, tilni ongli ravishda qayta ishlash natijasida madaniy til yuzaga keladi. Bu madaniy til –adabiy tildir. Madaniy adabiy tilni yuzaga keltirsh uchun olib boriluvchi faoliyat jarayoni adabiy til madaniyati uchun harakat, kurashdir. Shuning uchun adabiy til madaniy til deb ataladi. Adabiy, ya’ni madaniy tilni yuzaga keltirishdan maqsad – toʻgʻri soʻzlash, toʻgʻri yozish qurolini yuzaga keltirishdir. Bu qurol faol foydalanilgandagina va jamiyat a’zolarining oʻzaro aloqasi uchun muvaffaqiyatli xizmat qila olgandagina uning haqiqtan ham madaniy til ekanligi tasdiqlanadi. Demak, madaniy adabiy til boʻlish bilan bir qatorda bu tildan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan nutqiy jarayon, faoliyat ham mavjuddir.
Oʻzbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uygʻur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi. Oʻzbek tili asosan, Oʻzbekistonda, shuningdek, Afgʻoniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
Oʻzbek tili qipchoq, oʻgʻuz, qarluq-chigil-uygʻur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.
Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:
1) qarluq-chigil-uygʻur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
3) oʻgʻuz lahjasi.

Download 166.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling