Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-v-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning


II BOB Adabiy til va umumxalq tilining oʻzaro aloqasi


Download 166.56 Kb.
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi166.56 Kb.
#1817854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari

II BOB Adabiy til va umumxalq tilining oʻzaro aloqasi
2.1 Adabiy til haqida tushuncha
Adabiy til muayyan grammatik qonun­qoidalar me'yorini oʻzida shakllan-tirgan, u yoki bu xalq ba'zan xalqlarning maxsus ish hujjatlari, maktab ta'limi, kundalik yozma munosabatlar, fan, badiiy adabiyot, soʻz ifodasidagi turli madaniyat aloqalari uchun umumiy boʻlgan yozma va ogʻzaki tildir.
Adabiiy til oʻzining ilmiy ishlanganligi, barqarorligi, ma'lum bir tilda soʻzlashuvchi ijtimoiy jamoaning hammasi uchun umumiy va majburiyligi, uslubiy xilma­xilligi, ogʻzaki va yozma shakllariga ega ekanligi bilan tilning boshqa hamma shakllaridan farqlanadi.
Adabiy tilning ikki shakli bor:
1. Ogʻzaki adabiy til.
2. Yozma adabiy til.
Adabiy tilning eng qadimiy shakli ogʻzaki adabiy tildir. Oʻzbek ogʻzaki adabiy tili oʻzbek xalqining boy ogʻzaki ijodi: qoʻshiq va laparlari, ashula va maqollari, ertak va hikoyalari, tarixiy bahodirlik eposlari, topishmoq va tez aytishlari, askiya va hikmatli soʻzlari vositasida shakllangan va asrlar osha nasldan­naslga oʻtib kelgan. Ogʻzaki adabiyot-ning bu xilma­xil janrlari boyib, kengayib, takomillashib borgan. Bu oʻzbek xalq adabiy tilining ham shakllanishi, oʻsishi va takomillashishiga imkon bergan.
Adabiy tilning yozma shakli har bir xalqning ma'lum yozuv tizimi va oʻquv madaniyati bilan bogʻliq. Yozuvning vujudga kelishi, uning amalda qoʻllanishi va yozma adabiyotning shakllanishi umumxalq ogʻzaki adabiy tili negizida yozma adabiy tilni yuzaga keltiradi.
Oʻzbek xalqi oʻzining madaniy tarixida turli yozuv shakllaridan foyda-lanib kelgan. Qadim davlardan boshlab, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston turkiy xalqlari, jumladan, oʻzbek xalqi Oʻrxun­Enasoy, uygʻur, arab, lotin va rus grafikasi asosidagi yozuvlardan foydalanib kelgan. Demak, oʻzbek yozma adabiy tili ham oʻzining boy tarixiy merosiga ega.
Oʻzbek yozma adabiy tili XIII asrlardayoq shakllana boshlagan boʻlib, eski oʻzbek adabiy tili sifatida XIV-XV asrlarda takomiliga yetkazildi.
Oʻzbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyot yoʻlini uch asosiy bosqichga boʻlib koʻrsatish mumkin:
1) qadimgi turkiy adabiy til (VII asrdan XIII asrgacha);
2) eski oʻzbek adabiy tili (XIII­XIV asrlardan XIX asrning ikkinchi
yarmigacha);
3) hozirgi oʻzbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmidan
hozirgacha).
Ba'zi adabiyotlarda esa quyidagicha:
1. Qadimgi turkiy adabiy tili VI­X asrlar moboynida amalda boʻlgan, bu tilda qadimgi turkiy yozma yodgorliklar, ya'ni Oʻrxun­Enasoy yod-gorliklari, irq bitigi yaratilgan.
2. Eski turkiy adabiy tili XI­XIII asrlar davomida yaratilgan «Qutadgʻu bilig», «Hibatul xaqoyiq», «Devonu lugʻatit­turk», «Oʻgʻuznoma», «Muhabbatnoma», «Qissai Rabgʻuziy» kabi buyuk adabiy asarlar tilidir.
3. Eski oʻzbek adabiy tili XIV­XVIII asrlar mobaynida shakllangan, takomillashgan adabiy tildir. Bu tilda Lutfiy, Sakkokiy, Durbek, Atoiy, Navoiy, Bobur, Muhammad Soliq, Gulxaniy, Abulgʻozi Bohodirxon kabi buyuk shoir va yozuvchilar qalam tebratgan.
4. Yangi oʻzbek adabiy tili XIX asrlarning ikkinchi yarmidan shakl-landi. Bu tilda Amir Umarxon, Nodira, Muqimiy, Zavqiy kabi shoirlar ijod qildi, matbuot tili shakllandi.
5. Hozirgi zamon oʻzbek adabiy tili Fitrat, Choʻlpon, A.Qodiriy, A.Qahhor, Gʻ.Gʻulom, H.Olimjon va boshqa yozuvchi shoirlarning tilidir. Bu til XX asrning 20- yillaridan boshlab shakllandi.
Eski turkiy til davrida yozilgan asarlar barcha turkiy xalqlarning umumiy yodgorliklari hisoblanadi. Shuning uchun ham bu davr umum-turkiy adabiy tili sifatida qaraladi.

Qadimgi turkiy adabiy til. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston hududlaridan topilgan yozma yodgorliklar turkiy xalqlarning qadimdan oʻz madaniyati va oʻz adabiy tiliga ega ekanligidan guvohlik beradi. Bu tarixiy manbalar turkiy urugʻ va qabilalarning eramizdan uch­toʻrt asr ilgari mavjud boʻlganini, jamiyat boʻlib tashkil topganini va birgalikda yashab hayot kechirganini koʻrsatadi.


Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tarixi yangi eraning V asrlaridan boshlab XIV asrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrlar yozma yodgorliklari asosan Oʻrxun­Enasoy va uygʻur yozuvlarida yozilgan.
Til xususiyatiga koʻra qadimgi yozma yodgorliklar tili hozirgi mavjud turkiy tillarning birortasiga ham toʻla mos kelmaydi. Shunga koʻra qadimgi yozma yodgorliklar tilini hozirgi turkiy tillarning u yoki bu xususiyatlarini oʻzida aks ettirgan umumturkiy yoki qadimgi turkiy adabiy til deyish mumkin.
Masalan, qadimgi turkiy yozma yodgorligidan olingan atigi 8 soʻzdan iborat boʻlgan «siz alima qunchuyuma oqlashma budunima sizima altmыsh yashыmda...» (siz elim bilan, yorim bilan, oʻgʻlonlarim bilan, xalqim bilan, siz bilan olmish yoshimda...) matnida «qunchuy» va «budun» soʻzlaridan tashqari barcha soʻzlarning hozirgi turkiy tillar leksikasidagi shu soʻzlardan deyarli farqi yoʻq. Shunisi xarakterliki, matndagi siz, al (el), ogʻlon, altmыsh, yash soʻzlari hamma turkiy tillarda, ayrim fonetik farqlarini hisobga olmaganda, ma'no va qoʻllanishi jihatdan deyarli bir xildir.
Matnda mavjud boʻlgan egalik qoʻshimchalari ­im//­um, joʻnalish keli-shigi qoʻshimchasi ­a, oʻrin­payt kelishigi qoʻshimchasi ­da affikslarining qoʻllanishi va ma'nosi, gap qurilishi qadimturkiy adabiy til hozirgi barcha turkiy tillarning qadimgi asosi – bobo tili ekanligidan dalolat beradi.
Eski oʻzbek adabiy tili. Eski oʻzbek adabiy tilining yuzaga kelishi oʻzbek xalqining tashkil topishi va qabila tillarining xalq tiliga aylanish jarayoni bilan mahkam bogʻliq, chunki, xususan, XI-XII asrlarga kelib, turli qabila va xalqlarning tarixan oʻzbek xalqi boʻlib tashkil topishi uchun yetarli shart­sharoitlar vujudga keldi. XII-XIII asrlarga kelib eski oʻzbek adabiy tili shakllana boshladi.
Eski oʻzbek adabiy tilining XIV-XV asrlarga oid namunalari sifatida Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Durbekning «Yusuf va Zulayho» asarlarini koʻrsatish mumkin. Lutfiyning oʻtkir she'rlari, Navoiy va uning zamondoshlari, Sakkokiy va Atoiy gʻazallari eski oʻzbek adabiy tilining yuksalganligini koʻrsatuvchi dalillardir.
Alisher Navoiyning badiiy adabiyotning turli janrlaridagi asarlari, adabiyotshunoslik va tilshunoslik sohasidagi ilmiy ishlari XV asrda eski oʻzbek adabiy tilini yuqori taraqqiyot choʻqqisiga koʻtardi. Alisher Navoiy yuksaltirgan bu adabiy til to XX asr boshlariga qadar, oʻz mavqeini yoʻqotmadi, aksincha ta'sir doirasini tobora kengaytirib, hozirgi oʻzbek adabiy tili uchun mustahkam zamin yaratdi.
XV asr eski oʻzbek tilining hamma xususiyatlarini aks ettiruvchi Alisher Navoiy asarlari tili «Oʻzbek tili tarixi» kursida atroflicha bayon qilinadi. Shunday boʻlsa ham, bu davr tili haqida gapirganda, Alisher Navoiyning oʻzbek adabiy tili taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini ta'riflamay, chetlab oʻtib boʻlmaydi.
Alisher Navoiy asarlari tilining prof. A.Borovkov izohlab bergan muhim belgilari tubandagichadir:
Alisher Navoiy asarlari tili fonetik jihatdan unli fonemalar tizimiga koʻra hozirgi oʻzbek adabiy tili tarkibidagi Andijon shevasi unlilariga yaqin 8 unliga ega boʻlgan: 4 ta til orqa (a, ы, oʻ, u) va 4 ta til oldi (ə, i, Ө, oʻ). Qadimturkiy va hozirgi oʻzbek tilidan boshqa turkiy tillardagi kabi oʻ unlisi fonematik (ma'noni farqlovchi) tabiatga ega boʻlmagan. Demak, eski oʻzbek adabiy tili ham huddi shunday toʻrtta lablangan (o, ы, oʻ, u) va toʻrtta lablanmagan (ə, i, a, oʻ) unliga ega boʻlgan.
Undosh fonemalar Alisher Navoiy asarlari tilida (demak, eski oʻzbek adabiy tilida ham) hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi undoshlardan farqlan-magan, chunki Navoiy asarlarida oʻgʻiz tillariga xos k//g, t//d, qipchoq tillariga xos sh//s, q//v kabi tovush almashinishlari uchramaydi, soʻz boshida, soʻz oʻrtasida va soʻz oxirida undosh tovushlarning qoʻllanishi hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi shu xususiyatlardan farqlanmaydi.
Leksik jihatdan Alisher Navoiy asarlarining tili, garchi asos e'tiboriga koʻra hozirgi oʻzbek milliy adabiy tilining lugʻat tarkibi bilan teng boʻlsa ham, ayrim farq va tafovutlardan ham holi emas. Bu farq va oʻxshashliklar eski oʻzbek adabiy tili yoki Navoiy yashagan davr tili nuqtai nazaridan Alisher Navoiyning oʻzi tomonidan uning «Muhokamat­ul lugʻatayn» asarida batafsil koʻrsatib berilgan. Navoiy oʻzi yashagan davr tili leksikasi haqida fikr yuritar ekan, bu davr leksikasi ma'no ifodalashda rang­barang xususiyatlarga ega ekanligi (yigʻlamsinmoq, ingramoq, singramoq, siqta-moq, oʻjarmoq fe'llari orqali), bu tilning omonim va sinonimlarga juda boyligi, soʻzning koʻp ma'noliligini, juda boyligini koʻplab misollar orqali aniq yoritib beradi.
Morfologik jihatdan Navoiy asarlari tilida oʻzbek tilining morfologik belgilari bilan bir qarorda qisman oʻgʻiz guruh tillariga xos boʻlgan ­mish affiksi orqali yasalgan sifatdosh formasi (oʻlmisham – boʻlganman, bogʻla-mishman – bogʻlaganman kabi), fe'lning borurali, istaram, qilmon kabi turli zamon ma'nolarini anglatuvchi formalar ham uchraydi. XV asr tilida uchraydigan bu kabi formalar, ayrim turkshunos olimlar taxmin qilganidek, bu Navoiyning oʻgʻuzlar bilan qandaydir yaqinlik belgisi emas. Buni quyidagicha izohlash mumkin:
1) bu qadimturkiy yoki eski oʻzbek tiliga xos umumiy xususiyat;
2) oʻzbek xalq ijodining qadimgi namunalarida oʻzbek­xorazm dialekti bilan ozar-bayjon va turkman tillarini yaqinlashtiruvchi elementlar boʻlib, Navoiy asarlariga oʻgʻiz elementlari folklor orqali oʻtgan boʻlishi mumkin.
3) oʻtgan adabiy­madaniy merosdan keng foydalanish munosabati bilan xorazm adabiyoti an'analarining Navoiy asarlari tiliga oʻtgan boʻlishi ehtimol.
Bu farazlardan qat'i nazar, Alisher Navoiy adabiyotda shunday keskin burilish yasadiki, u oʻzining adabiy faoliyatida uygʻur tili an'analaridan yuz oʻgirdi, oʻgʻiz tili unsurlarini cheklay bordi va mumtoz oʻzbek adabiy tilining taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun oʻzbek tilining grammatik qurilishiga oid faktlar, shu jumladan, morfologik unsurlar, oʻgʻiz tili unsurlariga qaraganda ustun turadi va Navoiy asarlari tilida asosiy oʻrinni egallaydi.
Shunday qilib, Alisher Navoiy asarlari tilida hozirgi oʻzbek tilining gram-matik qurilishiga toʻla ravishda mos keladigan koʻpgina grammatik belgilar bilan bir qatorda undan farq qiladigan ba'zi bir morfologik unsurlar uchray-diki, bular eski oʻzbek adabiy tilining morfologik xususiyatlarini aks etdiradi.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Hozirgi oʻzbek adabiy tili asrlar davomida qoʻllanib kelgan yagona oʻzbek tili taraqqiyotining yuqori shakli, milliy tilning ishlangan shaklidir. Hozirgi oʻzbek adabiy tili davlat va ijtimoiy tashkilot, fan va maktab, matbuot va badiiy adabiyot, xullas, oʻzbek millati-ning ilmiy­madaniy tilidir.
Oʻzbek xalqining millat boʻlib shakllanishi va rivojlanishi milliy adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishidir.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili oʻzbek xalqining yagona umummillat tilidir. Oʻzbek milliy adabiy tili umumxalq tilining yuqori va takomillashgan bosqichidir.
Soʻnggi qariyb bir asr mobaynida oʻzbek xalqining yagona milliy tili har tomonlama oʻsdi va yuksaldi, uning fonetik tizimiga ma'lum darajada oʻzgarishlar kiritildi – unlilar tarkibi ixchamlashdi, undoshlar tarkibiga ba'zi bir yangi fonemalar kelib qoʻshildi, tilning lugʻat tarkibi yangi soʻz va iboralar hisobiga boyidi, soʻz ma'nolari kengaydi, eskirib qolgan soʻzlar iste'moldan chiqib ketdi, oʻzbek tilining grammatik qurilishi takomillashdi.
Oʻzbek milliy adabiy tili turli burjua millatchi oqimlariga qarshi kurashda oʻsdi, mustahkamlandi va voyaga yetdi. Ayniqsa, XX asrning birinchi yarimlarida ular oʻzbek adabiy tilini toʻgʻri va ravon rivojlanish yoʻlidan chetga burishga qattiq urinib koʻrdilar: hozirgi oʻzbek milliy adabiy tilini eski kitob tili asosida qurishni, iste’moldan chiqib ketgan eski soʻz va iboralarni qayta tiklashni, qipchoq dialektini yagona umummillat tiliga asos qilib olishni, adabiy til tarkibidagi har bir dialektni mustaqil til darajasiga koʻtarishni taklif qildilar. Lekin ular qanchalik urinmasin, oʻz maqsadlariga erisha olmadilar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili oʻzining asosiy taraqqiyot yoʻlidan ogʻishmay borib, oʻz yuksaklish yoʻlida davom etdi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining rivojlanishiga oʻzbek olimlari, shoir va adiblari, tarjimon va matbuot xodimlari katta hissa qoʻshdi.



Download 166.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling