Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-v-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning


Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ijtimoiy ahamiyati


Download 166.56 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi166.56 Kb.
#1817854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari

1.2 Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ijtimoiy ahamiyati
Kishilar hamma vaqt bir-birlari bilan muomalada boʻladilar. Til vositasida oʻz fikrlarini, his-tuygʻularini ifodalaydilar. Til kishilarning birbirlarini tushunishlariga, yashash uchun vositalar topishda birlashishlariga, ishlab chiqarishni tashkil qilish,tabiat kuchlari bilan kurashishga yordam bergan. Til- aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning umridan uzoq boʻladi.
Nutqning umri esa qisqadir. Tilning xizmat doirasi juda keng,hajmi oʻlchovsiz boʻladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli boʻladi. Nutq yakka shaxs (monolog), ikki shaxs (dialog) yoki koʻp shaxs (polilog) oʻrtasida boʻlishi mumkin. Nutq yozma va ogʻzaki boʻladi. Til kishilarning birgalashib mehnat qilishlarida, boshqa kishilar bilan aloqada boʻlish zaruriyatidan paydo boʻlgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi boshlarida paydo boʻlgan til uzoq davrlar oʻtishi bilan oʻzgarib,boyib brogan.
Oʻzbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uygʻur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.Oʻzbek tili asosan, Oʻzbekistonda,shuningdek,Afgʻoniston,Tojikiston,Qirgʻiziston,Qozogʻiston,Turkmanisto n,Rossiya, Turkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSh, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
Adabiy til –har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, oʻzlikni anglashda muhim vosita boʻladigan buyuk ijtimoiy hodisa.Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni oʻzida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til oʻzgarib,takomillashib boradi.Masalan, Alisher Navoiy davridagi oʻzbek adabiy tili hozirgi zamon oʻzbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma’naviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, 1989 yil 21oktabrda oʻzbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa boʻldi.Hozirgi davrda oʻzbek adabiy tili milliy madaniyatimizning haqiqiy koʻzgusiga aylanib bormoqda.
Til rivoji kishilarning turli - tuman tajribalarining takomillashiga, bu tajribalarning avloddan-avlodga oʻtishiga imkon bergan. Natijada fan, madaniyat, texnika taraqqiy qilgan, ya’ni kishilik jamiyati rivojlangan. Tilning rivojlanishi jamiyat rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq boʻlib, ijtimoiy hayotda roʻy bergan oʻzgarishlar tilda aks etadi. Bu oʻzgarishlar hammadan koʻproq tilning lugʻat boyligida oʻz ifodasini topadi. Yangi narsa-buyum va tushunchalarning keng iste’moldan chiqib ketishi hammadan avval tilning lugʻat boyligida oʻzgarish boʻlishiga olib keadi.
BMTning ma’lumotlariga koʻra,1999-yilda yer yuzi aholisi 6 mlrd.ga yetdi. Dunyodagi xalqlar 2976 xil tilda gaplashadi. Shundan 200 tilning har birida 1 mln.dan ortiq ,70 tilning har birida 5 mln.dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi. Qolganlarning har birida esa 1mln.dan ortiq kishi gaplashadi. Kavkaz togʻlarining bagʻrida joylashgan Dogʻistonda 1mln.dan ortiq xalq boʻlib, ular 40ga yaqin tilda soʻzlashadi. Dunyodagi tillar kelib chiqishi lugʻaviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oillalariga boʻlinadi.Yer yuzida 20ga yaqin til oilasi bor.
Lotin tili koʻp asrlar davomida tirik til boʻlgan: antik davrda rimliklar va Rim imperiyasidagi koʻp xalqlar lotin tilida gaplashganlar. Bu tilda hozir ham oʻrta va oliy tibbiyot oʻquv yurtlarida xabardor qilinadi. Oʻlik til hisoblanadigan qadimgi xorazmiy tili va yozuvi eroniy tillarning sharqiy turkumiga mansub boʻlib, qadimiy Xorazm aholisi shu tilda gaplashgan. Qadimgi xorazmiy tili XI asrlarga kelib iste’moldan qolgan va oʻlik tilga aylangan.
Jamiyatning turli sohalarida oʻzbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi Til birliklari ijtimoiy qoʻllanilishi nuqtai nazaridan nutq sharoitiga bogʻliq ravishda vazifalanishni kasb etadi. Ayrim lugʻaviy birlik garchi sinonimik qator tarkibida turishiga qaramay, semantik tarkibidagi ma’no nozikligiga koʻra ogʻzaki yoki badiiy nutq uchun xoslanganligi bilan farqlanadi. Til birliklarining ijtimoiy fuksionallashuvi lugʻviy birliklarning ayni mana shu xususiyatidan kelib chiqadi. Oʻzbek tilida til ijtimoiy vazifalanishida beshta uslub turi farqlanib, ularning barchasi fonetik-fonologik, leksik-semantik hamda grammatik imkoniyati va oʻziga xosligi bilan farqlanadi. Tilni funksional uslublarga ajratish masalasi munozarali jarayonlarni boshdan kechirgan boʻlib, soʻzlashuv, ilmiy, rasmiy, publitsistik uslub turlari orasida badiiy uslubni ajratmaslik kerak, sababi bu uslubni, tom ma’noda, oʻziga xos lisoniy mezonlari yoʻq degan qarashlar bilan bogʻliqdir. Aslida esa unday emas, sababi bu uslub turi oʻziga xos badiiylik, obrazlilik kashf etishi va eng asosiysi estetik tarbiya berishi va tashishi bilan boshqa uslub turlaridan tubdan farq qiladi. Uslublar ichida eng qadimiysi sanaluvchi uslub turi bu rasmiy uslub hisoblanib, u xalqimizning uzoq oʻtmish-tarixidan beri qoʻllanilib kelinayotganligini belgilash mumkin.
Yuqorida sanalgan uslublar adabiy tilning ogʻzaki va yozma shakli bilan xos boʻlgan tilning funksionallashuvi imkoniyatidan kelib chiqadigan hodisadir. Til ijtimoiy funksiyalari kengayishining soʻz semantik strukturasiga ta’siri Soʻzning leksik ma’nosi qotib qolgan, oʻzgarmas hodisa emas, u ancha barqaror boʻlsa-da, ma’lum omillar ta’sirida, uzoq yillar davomida oʻzgarishi ham mumkin. Bunday oʻzgarishlarga sabab boʻladigan omillar ikki xildir: 1) lisoniy (lingvistik) omillar - til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari.
Masalan, tilning lugʻat boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida boʻlishi mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi, ammo - ochiq eshik‖ni ―aniq eshik‖ deb boʻlmaydi, bunga aniq va ochiq leksemalarining ma’no xususiyatlaridagi oʻziga xosliklar, ularning valentlik imkoniyatlari yoʻl qoʻymaydi; 2) nolisoniy (yekstralingvistik) omillar – ijtimoiyiqtisodiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, xalqlar oʻrtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar, ong, tafakkur rivoji, bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (koʻp tillilik) kabi jarayonlar. Bunday omillar tilga, ayniqsa, uning leksikasiga doimiy ta’sir oʻtkazib turadi, ayrim leksemalarning semantik tarkibida yangi leksik ma’nolarning yuzaga kelishiga ham sabab boʻladi. Masalan, oyoq leksemasi dastlab inson a’zolaridan birini nomlagan, keyinchalik u xontaxta, kursi, stol, stul, karavot kabi mebellarning ―oyogʻi‖ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyogʻi, kursining oyogʻi, stolning oyogʻi, karavotning oyogʻi kabi. Bunga inson yashab turgan muhitda turli-tuman mebeljihozlarning paydo boʻlganligi, shu bilan bogʻliq ravishda inson ongida yangi tasavvurlarning yuzaga kelganligi, nihoyat, til bilan ijtimoiy hayot, ong va tafakkur oʻrtasidagi murakkab aloqalar sabab boʻlgan.
Demak, soʻz-leksemaning leksik ma’nosi yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida oʻzgarib turadi, leksik ma’no taraqqiyoti deyilganda shular nazarda tutiladi. Bunday taraqqiyotning yoʻllari ham har xil: ma’noning koʻchishi, kengayishi va torayishi, bundagi miqdor va hajm oʻzgarishlari shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston - koʻp millatli davlat. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yurtimiz aholisining aksariyati (80 foizdan ortigʻi) oʻzbek tilida soʻzlashadi. Shuningdek, tojik, qozoq, qoraqalpoq, qirgʻiz, turkman, rus va boshqa tillarda soʻzlashuvchi vatandoshlar ham bor. Bugungi kunda ularning oʻzaro tinch-totuv yashashi, ona tilini saqlab qolishi va rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Qayd etish kerak, ona tilimiz – oʻzbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo boʻyicha 50 millionga yaqin kishi shu tilda soʻzlashadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-oktyabr kuni «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonga imzo chekdi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda «Oʻzbek tili bayrami kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu ezgu gʻoyani ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Bundan tashqari har bir vazirlik va tashkilotlarda davlat tili masalalari boʻyicha alohida maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ular ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunga rioya etilishini ta’minlash masalalari boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qoʻllanib, turdi xalqaro anjuman va konferensiyalarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish, ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.
Xususan, oʻzbek tilining xalqaro maydondagi obroʻ-e’tiborini oshirish borasida Tashqi ishlar vazirligi oldiga ham qator vazifalar qoʻyilgan.
Bugun ushbu vazifalar ijrosi doirasida xalqaro maydonda oʻzbek tili va adabiyotini targʻib etish choralari amalga oshirilmoqda. Xususan, 50 dan ortiq diplomatik vakolatxonalarimiz xorijda «Oʻzbek tili doʻstlari» klublarini tashkil etish borasida izchil sa’y-harakatlar olib bormoqda.
Mazkur klublarda oʻzbek tilini oʻrganishni xohlovchi chet elliklar qamrab olinmoqda. Ayni paytda ushbu klublar faoliyatini yanada takomillashtirish va oʻquvchilar sonini oshirish boʻyicha targʻibоt ishlari olib borilyapti.
Bundan tashqari, mamlakatimizning chel eldagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida oʻzbek xalqining milliy an’analari, urf-odat va bayramlari, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Mozori-Sharif shahridagi konsulxonasi tomonidan Afgʻonistonda oʻzbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va uni targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, Afgʻonistonda ham oʻzbek millatiga mansub koʻp sonli aholi istiqomat qiladi. Ular oʻz ona tillarini saqlab qolish istagida. Shu bois konsulxona tomonidan oʻzbek tili va adabiyotiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida konsulxona Balx, Faryob, Juzjon, Bagʻlon, Tahor, Sari-Pul hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridagi filologiya fakultetlari qoshida tashkil etilgan oʻzbek tili va adabiyoti kafedralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.
Hamkorlikda oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha oʻqituvchi –mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur darsliklar, metodik qoʻllanmalar, mashhur oʻzbek adiblari va shoirlarining asarlari (kitob shaklida va elektron koʻrinishda), jami 400 ga yaqin adabiyot davlatimiz nomidan ularga taqdim etildi.
Balx, Samangon, Juzjon va Faryob viloyatlaridagi kam ta’minlangan afgʻonistonlik oʻzbek oʻquvchilariga esa lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek tilida chop etilgan 1 ming 595 ta bolalar adabiyotiga oid kitob, 748 ta darslik tarqatildi.
Shu bilan birga, konsulxona “Rido” radiostansiyasining oʻzbek tilidagi eshittirishlarini shimoliy Afgʻonistonning oʻzbeklar yashaydigan Tahor va Qunduz viloyatlariga uzatish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Mazkur radiostansiya oʻz toʻlqinlarida Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, oʻzbek xalqining tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va diniy-ma’rifiy qadriyatlariga oid turkum eshittirishlarni berib kelmoqda.
Ayni paytda Balx, Tahor, Juzjon va Faryob davlat universitetlari huzurida faoliyat olib borayotgan oʻzbek tili va adabiyoti kafedralari mamlakatimiz konsulxonasi tomonidan taqdim etilgan oʻzbek tili va adabiyoti darsliklari hamda buyuk oʻzbek adiblari asarlari asosida oʻzbek milliy adabiyoti kutubxonasini tashkil etish taraddudida.
Shu bilan birga, konsulxona joriy yilda oʻzbek adabiyotining yorqin namoyondalari Fitrat, Choʻlpon, A.Qodiriy, A.Sogʻuniy, Oybek, A.Oripov, E.Vohidov hamda boshqa adiblar qalamiga mansub asarlarni eski oʻzbek yozuviga (arab grafikasi) oʻgirish boʻyicha ish olib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasi tomonidan ham oʻzbek tilini keng targʻib qilish maqsadida keng koʻlamli ishlar bajarilmoqda.
Jumladan, “Oʻzbek tilining davlat tili sifatida qoʻllanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqodlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻqitish metodikasini takomillashtirish boʻyicha 2019-2020 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Pokistonda istiqomat qilayotgan oʻzbek tili mutaxassislari, tarjimonlar, oʻzbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan ona tilimizning xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida suhbatlar elchixona tomonidan muntazam tashkil etilib, Pokiston ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilmoqda.
Joriy yil buyuk alloma, mutafakir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuniga bagʻishlab “Oʻzbekiston pokistonlik bolalar nigohida” koʻrik-tanlovi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Mazkur tanlov yosh pokistonliklar oʻrtasida nafaqat katta qiziqish uygʻotdi, balki ular Oʻzbekiston haqida kitob va jurnallar, internet sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali izlanishga, tanlov sabab bizning urf-odat va madaniyatimiz, me’moriy obidalarimiz, tariximiz haqida keng tasavvurga ega boʻldi. Unda Pokistonning deyarli barcha yirik shaharlaridan yuzdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, elchixona qoshida “Oʻzbek tili va tarixi” toʻgaragi faoliyat yuritib kelmoqda. Toʻgarak faoliyati orqali chet davlatda ulgʻayayotgan Oʻzbekiston yoshlarida Vatanga boʻlgan muhabbat, gʻurur va iftixor, oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat va sadoqatni yanada mustahkamlash maqsad qilingan.
Ona tilimizning nufuzini xalqaro maydonda oshirish borasida mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan ham tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Turkiyaning “Turk tili tashkiloti” (Turk Dil Kurumu) homiyligida oʻzbekistonlik baxshi Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining “Dalli” dostoni turk va oʻzbek tillarida chop etildi. Oʻzbek xalqining qadim tarixidan soʻzlaguvchi ushbu kitob Anqara kutubxonalari va oliy ta’lim muassasalariga tarqatildi. Doston folklorshunos olim Jabbor Eshonqul tomonidan nashrga tayyorlangan. Dostonni turk tiliga anqaralik mutaxassis Dilek Sezar tarjima qilgan. Ikki tilda chop etilgan mazkur oʻzbek xalq dostoni turkiyalik kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Oʻzbek tilini tadqiq etish va rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchixonasi ham oʻz faoliyatini oʻzbek tili va adabiyotini xorijda keng targʻib qilish asosida tashkil etib kelmoqda.
Xususan, oʻzbek va qoraqalpoq etnomadaniy markazlari bilan hamkorlikda L.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida oʻzbek tilining zamonaviy rivojlanishiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazilgani ham fikrimizga misoldir. Ushbu tadbir qoʻshni mamlakatda yashaydigan oʻzbek tilida soʻzlashuvchi aholi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Anjuman dorasida elchixona koʻmagida ushbu oliy oʻquv yurti qoshida «Oʻzbek tili doʻstlari» klubi oʻz faoliyatini boshlagani e’lon qilindi.
– Oʻzbek tili va adabiyotining jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni, xalqaro nufuzi juda yuqori, – deydi Qozogʻiston xalqlari Assambleyasi raisi oʻrinbosari Sh.Poʻlatov – Universitetda tashkil etilgan «Oʻzbek tili doʻstlari» klubi mamlakat yoshlari oʻrtasida oʻzbek tilini yanada chuqur oʻrgatishga xizmat qiladi.
L.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti rahbariyati klubning ushbu universitetda tashkil etilgani ular uchun katta sharaf ekanini qayd etdi.
Muxtasar aytganda, istiqlol yillarida ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi orqali xalqimiz ruhi va oʻzligi tiklandi. Bugun esa oʻzligini tanigan xalq tili xalqaro maydonda tarannum etiladigan beqiyos kuchga aylandi. Mamlakatimizda soʻnggi uch yilda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida esa oʻzbek tilining oʻrni va nufuzi tobora ortib, dunyo sari yuzlandi.


Download 166.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling