Geosiyosat fan sifatida. Geosiyosiy yondashuvlar (manbalar) Reja


Download 244.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi244.81 Kb.
#1166518
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 маруза



Ma’ruza 1. GEOSIYOSAT FAN SIFATIDA. GEOSIYOSIY 
YONDASHUVLAR (MANBALAR) 
 
 
Reja: 
 
1. Geosiyosat tushunchasi 
2. Geosiyosat manbalari 
3. Geosiyosat predmeti va geosiyosiy davrlashtirish 
4. Geosiyosiy fan metodlari
5. Geosiyosat funksiyalari 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
 
Geosiyosat, geosiyosat manbalari, sivilizatsiya, georafik determinizm, 
psixologik va ijtimoiy tengsizlik, harbiy strategiya, R.Chellenning geosiyosat 
borasidagi ta’rifi, siyosiy-boshqaruv sifatlari 
 
1. Geosiyosat tushunchasi 
 
«Mamlakat geografiyasini bilish uning tashqi siyosatini tushunish demakdir», 
degan edi Napoleon. 
Geosiyosat - bu amaliy ijtimoiy-siyosiy fan sohasi va u xalqaro hayot, 
mintaqaviy va global xavfsizik masalalarini, davlatning diplomatik va tashqi 
iqtisodiy faoliyatini hududiy imperativlar va geografik joylashuvga boјlab turib 
o‘rganadi. 
Hozirga qadar ilmiy adabiyotlarda "geopolitika" tushunchasining aniq bir 
ta’rifi yo‘q. Bu butun fanning shakllanishidagi o‘ziga hos xususiyatidir. Qariyb yuz 
yildan beri Geopolitikaning ob’ekti va predmeti to‘g‘risida bahslar bormoqda. 
"Geopolitika" tushunchasi juda keng izohlanadi. Natijada bu fan o‘zining o‘ziga xos 
xususiyatlarini yo‘qotadi.Uning chegarasi juda ham kengayib iqtisodiy, siyosiy, 
harbiy strategik, tabiiy, ekologik va boshqa disiplina tashqi predmetlariga ham o‘tib 
ketadi.Ko‘pgina tadqiqotchilar geopolitikani davlatning strategik salohiyatiga katta 
ta’sir ko‘rsatadigan va o‘zaro bir-biriga ta’siri bo‘lgan geografik, tarixiy, siyosiy va 
boshqa omillar majmuasini o`rganadigan fan sifatida tariflaydilar. 
SSSRda uzoq vaqt geopolitika imperialistik davlatlarning hududiy 
ekspansiyasini oqlovchi burjuaziyaning sohta fan sifatida sanalib kelingan, XX 
asrning 80-yillarida bu ilmiy fikrlar yo‘nalishiga qayta baho berila boshlandi. Sovet 
falsafa ensiklopedik lug‘ati (1989) geopolitikaga bunday baho bermaydi, lyokin 
uni g‘arbning politologik konsepsiyasi sifatida belgilab beradiki, unda “davlatning 
siyosati, asosan tashqi siyosati turli geografik omillar hududiy joylashuvi ma’lum 
bir tabiiy zahiralar iqlimi, aholining ko‘payishi uning o‘sish surati va mavjud yoki 
mavjud emasligi bilan alohida belgilab quyiladi” degan tushuncha ta’kidlanadi. 
1) 1941 yilda chop etilgan «Xorijiy so‘zlar lug‘ati»da «Geopolitika – [grekcha 
«ge» – “yer» va grekcha «politike» – «davlat haqida ta’limot»] soxta fan bo‘lib, 


ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlar va davlat taraqqiyoti jo‘g‘rofiy, fizik va boshqa shu 
kabi xos xususiyatlari bilan belgilanadi», deb ta’riflanadi .
2) A.I.Poltorak va L.I.Savinskiy muallifligida yozilgan «Qurolli mojarolar va 
xalqaro huquq» asarida «geopolitika» «urushni tadqiq qiluvchi keng tarqalgan 
yo‘nalishlardan biri» sifatida izohlanadi .
3) 1985 yilda nashrdan chiqqan «Diplomatik lug‘at»da «geopolitika – reaksion 
burjuaziya nazariyasi bo‘lib, uning tarafdorlari jamiyat hayotida jo‘g‘rofiy omillarni 
mutlaqlashtirish orqali imperialistik davlatlarning agressiv tashqi siyosatini asoslab 
berishga intiladilar» . Shuningdek, mazkur adabiyotda «geopolitika» iborasini 
«birinchi marotaba birinchi jahon urushi davrida Yevropa davlatlarining Germaniya 
imperiyasi hukmronligi ostida birlashish tarafdori bo‘lgan shved davlatshunosi 
R.Chellen tarafidan ilgari surilganligi», keyinchalik esa «geopolitika nasistlar 
tarafidan qurol qilib olinishi» va «uchinchi reyx»ning «rasmiy ideologiyasi va 
siyosati» bo‘lib qolganligi aytilishi bilan birga, urushdan keyingi davrda 
«geopolitikaning asosiy tamoyillari amerika siyosiy doiralari va nazariyotchilari 
tarafidan o‘zlashtirilib», «bir qator AQSh reaksion tashqi siyosiy doktrinalar asosini 
tashkil etganligi» aytiladi .
4) 1988 yilda chop etilgan yana bir lug‘atda «geopolitika – [grekcha «ge» – 
“yer», «mamlakat» va grekcha «politika» – «davlat yoki jamoat ishlari» jamiyat 
hayotida jo‘g‘rofiy omillarni haddan ortiq asoslovchi burjuaziya siyosiy qarashlari», 
– deb ta’rif beriladi. Insoniyat jamiyati taraqqiyotining jo‘g‘rofiy holati va jo‘g‘rofiy 
sharoitlarga to‘g‘ridan–to‘g‘ri tobe deb qaraluvchi geosiyosiy qarashlar 
maltuzianstvo, ijtimoiy darvinizm, irqlar tengsizligi, «tabiiy chegaralar» va «hayotiy 
kenglik»ning yetishmasligi va boshqa shu kabi g‘oyalarni birlashtirishga qaratilib, 
imperializmning agressiv tashqi siyosatini mafko`raviy jihatdan asoslanishiga 
xizmat qiladi», deb aytiladi .
Shved olimi Rudol’f Chellen (1864-1922) "geopolitika" tushunchasi ustida 
ilmiy izlanishlar olib bordi. Fanga mana shu nomni qabul qilib, u geopolitika fanini 
davlatni geografik organizm yoki hududiy fenomen sifatida ko‘rib chiquvchi 
doktrina sifatida belgilab berdi. «Geopolitika – Davlatning hududda 
mujassamlashgan jo‘g‘rofiy organizm haqidagi fan» . 
Nemis jurnali «Zeitschrift für Geopolitik»: da geopolitikaga yanada batafsilroq 
ta’rif berilgan: Geopolitika bu yer va siyosiy jarayonlar o‘rtasidagi munosabatlar 
to‘g‘risidagi fandir. U geografiya asosida ayniqsa hududdagi siyosiy organizmlar 
to`g’risidagi va uning tuzilishi to`g’risidagi fan bo‘lib, siyosiy geografiya asosida 
ko‘riladi. Geopolitikaning maqsadi siyosiy harakatni tegishli vositalar bilan 
1
Словарь иностранных слов. ОГИЗ. Гос.изд–во иностранных и национальных словарей. М., 1941. второе 
издание. С. 149 
2
Полторак А.И., Савинский Л.И. Вооруженные конфликты и международное право. Основные проблемы. 
Изд–во «Наука». М., 1976, С.16 
3
Дипломатический словарь. В трех томах. Четвертое переработанное и дополненное издание. Т. I. Изд–во 
«Наука», М., 1985, С. 253 
4
Дипломатический словарь. В трех томах. Четвертое переработанное и дополненное издание. Т. I. Изд–во 
«Наука», М., 1985, С. 253 
5
Краткий политический словарь. Издание пятое, дополненное. М., изд–во политической литературы. 1988. С. 
83 
6
Rudolf Kjellen. «Die Staat als Lebensform», 1916 


ta’minlash va siyosiy hayotga butun bir yo’nalishni berishdir. Mana shu bilan 
geopolitika san’atga, aynan amaliy siyosatni boshqarish san’atiga aylanadi. 
Geopolitika-bu davlatning geografik idrokidir. 
Geopolitika davlatni doimiy, o‘zgarmas holda, statikada emas, balki 
dinamikada-tirik mavjudot sifatida ko‘rib chiqadi. Bunday yondashuv nemis 
nazariyachisi Fridrih Ratsel (1844-1904) tomonidan taklif etilgan. Geopolitika 
davlatni asosan uning atrof muhitga ayniqsa hududga munosabatida o‘rganib chiqadi 
va hududiy munosabatlardan kelib chiqadigan muammolarni hal qilish maqsadini 
qo`yadi.
Biroq, mazkur tushunchani «geopolitika» deb atamagan bo‘lsada, birinchi 
bo‘lib Fridrix Ratsel (1844–1904) ishlab chiqqan va amaliyotga kiritgan. F. Ratsel 
o‘z asarlarida «siyosiy geografiya» iborasini qo‘llagan. Uning 1897 yilda nashr 
yuzini ko‘rgan ishlaridan biri ham aynan «Politische Geographie» deb nomlangan. 
F.Ratselning fikricha, siyosiy geografiyadan farqli o‘laroq geopolitikani holat, 
shakl, o‘lcham yoki davlat chegaralari, uning iqtisodi, savdo munosabatlari, 
madaniyati to‘g‘risidagi savollar qiziqtirmaydi.
Bularning barchasi keng miqyosda siyosiy geografiya sohasiga tegishlidir
qaysiki davlatning o‘tmishdagi rivojlanish dinamikasiga duch kelishi mumkin 
bulsada, davlatning statik holatini tasvirlash bilan chegaralanib qoladi. 
Geopolitika siyosiy voqealarni ularning o‘zaro hududiy munosabatlarida, 
ularning yer shariga ta’sirida, madaniy omillarda o`rganib chiqadi. Bu geografik 
jihatning talqin etilgan siyosat, mustaqil tadqiqot sohasiga ega bo‘lmagan oraliq 
fandir. U siyosiy voqealarga diqqatini qaratadi va bu voqealarga geografik 
interpretasiya va geografik aspektlar tahlilini berishga intiladi. 
F.Ratsel o‘zining «Siyosiy geografiya» asarida tuproqni xalqlarning 
manfaatlarini tashkil etuvchi, uni ifodalovchi asosiy manba sifatida ko`rsatadi. 
Tarixning rivojlanishida tuproq va hudud asosiy o‘rinni egallaydi, degan fikrni ilgari 
surib, davlatni «tuproqda ildiz otgan» «tirik organizm», deb xulosa qiladi. Davlat 
hududiy relef va masshtabning xalq tarafidan mushohada qilinishi natijasida yuzaga 
keladi. Shunday qilib, «Davlat» tushunchasida jo‘g‘rofiy borliq va shu borliqning 
sub’ektiv umummilliy anglash natijasida siyosatda aks etishi namoyon bo‘ladi. 
Ratsel «Tabiiy Davlat» o‘z ichida millatning jo‘g‘rofiy, demografik va milliy 
madaniyat parametrlarini qamrab olganligini aytib o‘tadi. 
Ratselning bu fikrlari geosiyosat fanining keyingi rivojlanish tarixida muhim 
omil hisoblanib, davlatlarga «tuproqqa asoslangan hududiy tirik organizm» sifatida 
qarash geosiyosatning ma’nosi va o‘zagini tashkil qildi. 
Shunday qilib geopolitikani qisqacha shunday ta’riflash mumkin: geopolitika-
hududlar ustidan nazorat to`g’risidagi fan, bilimlar tizimidir. 
U siyosiy geografiyaga qaraganda anchagina dinamikdir. Bu fan doirasida 2 ta 
yo’nalish ajratiladi: buyruq beruvchi geopolitika yoki doktrinal normativ va 
bahrlovchi-konseptual geopolitika. Bu maktablar o‘rtasida chegaralovchi chiziq 
tortish qiyin bulsada, birinchi oqimga Hausxoferning nemis maktabini, ikkinchi 
oqimga esa anglo-amerikan maktab (Makkinder, Spaykmen, Koen)ni kiritish 
mumkin. 



Download 244.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling