Geosiyosat fan sifatida. Geosiyosiy yondashuvlar (manbalar) Reja
Geosiyosat predmeti va geosiyosiy davrlash
Download 244.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маруза
3. Geosiyosat predmeti va geosiyosiy davrlash
Geosiyosatning predmeti sifatida infarmatsion urushlar (sovuq urushi davri yoki "issiq urushlar" hozirgi davri - Iroq, Afg’oniston, Yugoslaviyada) tez-tez uchraydi. Bu dushmanni infarmatsion-psixologik aynitish, jamoa fikrini shakllantirish uchun ko’zlangan. Shunday qilib, biz ko`rib turibmizki, obekt zaiflasha boshlashi bilan geosiyosatning predmeti ham o’zgarib boradi. Kelib chiqadiki geosiyosat-barcha yer hududlari turlarini hisobga olib davlatlar va mintaqalarning siyosiy munosabatlari rivojining harakatlantiruvchi kuchlari va qonuniyatlarini, mamlakatlarning axvolini, bu faoliyatga dengiz, havo-kosmik, demografik, infarmatsion, mudofaa, ma`naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, kommunikasion va boshqa faktorlarning ta`sirini o`rganuvchi fan va faoliyat sohasidir. Dunyo ko`p qutbli va ko`p o’lchamli va global dunyo siyosati ko`p darajali bo’lishi bilan geosiyosat ham kompleksli ko`p qirrali disciplinaga aylandi. Hozirgi geosiyosat davlatning manfaatlarida aks etuvchi global, mintaqaviy, submintaqaviy va davlat darajalaridagi voqealardan rivojini tahlil qiladi. Yangi holatlar ta`siri ostida dunyo doimiy o’zgarib turmoqda, uning asosi geografik omillarni inkor qilmay balki ularga yana qo’shayotgan yangi unsurlar bilan tuyinmoqda va yangi dunyo modelini shakllantirmoqda. Bu model statik emas ko`proq dinamik holatdadir. XX asrning o`rtalariga kelib keskin rivojlanayotgan ilmiy-texnika inqilobi natijasida geosiyosat predmeti yangi unsurlariga texnik-iqtisodiy jarayonlar qo’shildiki, oxirgi yuz yilliklar uning dunyodagi siyosiy vaziyatga ta`siri keskin o`sdi. Ko`proq ilmiy-texnik inqilob, tabiiy qazilmalaring topilishi, ularni qayta ishlash, chiqindilardan foydalanish va boshqa omillar bilan bog’liq bo`lgan mehnatning qayta taqsimlanishi iqtisodiy jarayonlarning globallashuviga olib keldi. Bu nafaqat texnik-texnologik va tashkiliy rejalarda ifoda topdi. Globalizasiya xalqaro savdoda ham, kapital va investisiyalarning davlatlararo harakatida, ishchi kuchlar va valyutaning ko’chishida, axborot oqimining faollashuvi va boshqa narsalarda ham ko’rinib turadi. Bu va boshqa jarayonlar barcha xalqaro hayot sohalariga ham katta ta`sir ko’rsatadi. XXI asrda iqtisodiy omillar yanada katta ta`sir ko’rsatadi va davlatlararo, millatlararo ziddiyatlarning barcha turlari orasida iqtisodiy ziddiyatlar faqat birinchi o’ringa chiqib oldi. Ularning yechimi uchun ko`proq kuch - harbiy va harbiy-siyosiy kuch ko`proq ishlatiladiki, o’z navbatida ular ham iqtisodiy hayotga bog’lik bo`ladi. Shuning uchun bugungi kunda iqtisodiy omilning tahlilisiz qilingan har qanday geosiyosiy vaziyatning tahlili ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga va siyosiy rahbarga mantiqli tavsiyalar berishga imkon bermaydi. Iqtisodiy jarayonlar, ilmiy revolyutsiya hammasidan ham ko`proq atrofni o’rab to`rgan geografik muhitga, ekologik axvolga, insonning o’ziga, jamiyatga ta`sir etadigan (mahsulotning joylashuvi, ishchi kuchlarining ko’chishi, yangi shaharlarning qurilishi va boshqalar). Barcha turdagi xalqaro munosabatlar o`rnatishda iqtisodiy manfaatlar birinchi o’ringa chiqib oldi. Sayyoramizda ro`y berayotgan global iqtisodiy jarayonlar o’zining yuqori dinamikligi bilan farqlanar ekan, ular hozirgi geosiyosiy vaziyatining nobarqarorligini oldindan belgilab bermoqda. Geosiyosatda 2-o’ringa mamlakatlar hayotiy faoliyati, hususiy geografik shart- sharoitlari chiqib oldi. Ammo bu 2-muhim omil hozirgi dunyo geosiyosiy holatni, davlatlar va xalqlar o`rtasidagi munosabatlar dinamikasini to`la-to`kis tavsiflay olmaydi, jahon munosabatlarida va jahon siyosatida mamlakatlar va mamlakat guruhlarining o`rnini aniq belgilab bera olmaydi. Bundan tashqari, geosiyosat va uning tadqiqot predmetiga xizmat qiluvchi va katta ta`sir ko’rsatuvchi qator holatlar ham mavjud. Ilmiy-texnik inqilob natijasida yangi harbiy texnik vositalar: ommaviy qirg’in qurollari va ularni yetkazib berish vositalari, dushmanga qarshi qurollanish va qurollarni qirg’in qilish, qo’shinlar va ularning manevralari orqali boshqarish paydo bo`ladi. Harbiy sohada ishlardan hozirgi axvoli shundayki, geosiyosat otalarining Shimoliy Atlantika mamlakatlari - "Tashqi Yarimoy" va "Hartlend"ning benuqsonligi to`g’risidagi asosiy tezislarini shubha ostiga qo’ymoqda. Ilmiy-texnik inqilob elektron aloqa vositalarining rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. Ular "kommunikativ" jahon hamjamiyatini, jumladan mamlakatlar va xalqlar Internet tarmog’ini yuzaga keltirdilar. Mamlakatlar va xalqlar ilgaridan bir- birlaridan uzoq masofada yashab kelganlar. Mamlakatlar va xalqlar hozir elektron aloqa orqali qushnilarga aylandilar. Elektron aloqalar holatiga jamiyatning barcha sohalaridagi hayot bog’liq, ammo hozir harbiy va iqtisodiy sohalar birinchi o’ringa chiqib olmoqda. Yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, shuningdek xalqaro munosabatlarda geosiyosiy yo’nalishni strategiya va taktika bilan ta`minlovchi, ijtimoiy-siyosiy fanlarning rivojlanish sur`atlari ham muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Yuqoridagi omilga aholining ma`rifiy, bilim darajasi va madaniyati ham qo’shiladi. Nodir texnologiyalarning amalda qo’llanishi iqtisodiy soha va fanning rivojlanishi, harbiy ishlar ham bu sifatlarga bog’liq. Madaniyat darajasi XX asrning oxirgi o’n yilligi geosiyosiy kuchlar balansiga katta ta`sir ko’rsatayotgan jahon dinlari axvoliga (ayniqsa islom) ta`sir qiladi. Davlat siyosiy rejimining samaradorligi, boshqaruvchi elatning fikrlash va bilim darajasi, aholining mamlakatga bo`lgan, jamiyatning qonunlar va qarorlarga bo`lgan hurmati ham katta ahamiyatga ega. Ilmiy-texnik yutuqlar natijasi ayrim geografik elementlar keng hududlar, okeanlar, dengizlar, tog’lar, daryolar, o’rmonlar, cho’qqilarning rolining pasayishiga olib keldi. Shuning bilan birga turli aloqa vositalarining: temir yo`llarning, suv yo`llarning o’rni ham pasaydi. Ammo bu bilan bir paytda quvurlar o`tkazishi, avtotransport va havo yo`llarining roli oshdi, ilmiy salohiyatga, texnologiya va mablag’ga ega bo`lgan kichik davlatlarning nisbatan ahamiyat kasb eta boshladi. Geosiyosiy va mintaqaviy muammolarni hal qilishda hozir "mahalliy urushlar" deb ataluvchi (Iroq, Yugoslaviya, Chechnya, Abhaziya va b.) harbiy kuchlar ko`proq qo’llanilmoqda, keyin harbiy kuchning ishlatilishi yanada oshadi, hozir sayyorada asosiy ziddiyatlar: dunyoni va hom-ashyo manbalarini bo`lib olish, iqtisodiy qarama-qarshiliklar, bozor uchun ko`rash va boshqalar keskinlashib bormoqda. Mana shu yerlar qurolli kuchlar sifatiga: ularning ta`limiga, ta`minlanganligiga, ularning boshqarilishiga talab oshadi. Insoniyatni uylantiradigan yana bir narsa yadro hukmronlari sonining oshib borishidir. Geosiyosiy kuchlar balansiga Janubiy-shimoliy Osiyo, Janubiy Osiyo qit`asi mamlakatlaridagi demografik vaziyat katta ta`sir ko’rsatadi. Bu yerda bir necha muammolar-iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy va yekologik muammolar kelib chiqadi. Insoniyat tarixiga geosiyosiy nuqtai-nazardan geosiyosiy davrlarning yoki kuchlar maydonining ketma-ket o’zgarishi sifatida qarash mumkin. Har bir geosiyosiy davr o’zining kuchlar balansi, ta`sir zonasi, chegaralariga ega. Qadimgi siyilizasiyalar tarixi, "quruqlik" Rimi va "dengiz" Korfagenining qarama-qarshiligi XX asrning ko`pgina geosiyosiy voqealaridan oldindan xabar berdi. Ammo hozirgi jahon siyosatining asosiy tamoillariga 30 yillari urushning tugashi Vestfal xalqaro munosabatlar tizimida (1648) asos qo’yilgan. Bu paytga kelib Yevropada asosan milliy davlatlar shakllana bordi. Dunyo millatlarining markazlashgan sulolaviy hoqimiyatga ega davlatlarning shakllanishi bilan ishlab chiqarish taraqqiyoti yo`liga tushib qoldi. Bu paytdan boshlab Yevropa tarixi jahon tarixiga aylana boshladi. Yevropada asosiy kuchlar markazlari Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya bo`lib qoldilar. Undan keyin dunyoni bo`lib olish uchun ko`rashga Angliya, Fransiya, Shveciya tushib ketdi. Yangi paydo bo’layotgan milliy davlatlar tillarini - tabiiy- geografik chegaralarni hisobga olib o’z chegaralarini o’rnatdilar. Shunday dunyoviy tartib va murakkab geosiyosiy maydon qariyyb 150 yil - fransuz inqilobigacha davom etdi. XVII asr ohiri - XVIII asr boshlarida Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, Shveciya ilgarigi mavqeini yo’qotdi. XVIII asrda Polsha ham, Fransiya va Prussiyaning o’rni mustahkamlandi, Prussiya ham kuchaydi. XIX asr boshlariga kelib Rossiya muhim dunyo hukmroniga aylandi. XVII-XVIII asrlarda Yevropada yangi ijtimoiy kuch - burjuaziya paydo bo’ldi. Ko`p miqdorda pulga ega bo`lib u shiddatli tarzda hoqimiyatga intildi. Burjuaziyaning pul, zavod va fabrikalarda ishlab chiqariladigan tovarlarga qo’yilgan arzon narx qirollik saroylariga feodallar qasrlarga darz ketgizdilar. Bastiliyani, 10 mingdan ortiq katolik ibodatxonalari va xramlarini qulatdilar va gilioton bilan butun Fransiyaga qirg’in keltirdilar. Burjuaziya pullari butun dunyoga hukmronlik o’rnatmoqchi bo`lgan Napaleonni hoqimiyat tepasiga olib keldi. Napaleonga Fransiyani okean geopolitik ittifoqining yadrosiga aylantirish nasib qilmadi. Imperatorning o’rinishlari Angliyani blokadalari, harbiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo`llar bilan bo’g’ib qo’ydi. Dunyo maydoniga Rossiya keldi. Unga ma`lum darajada Prussiya va Avstriya yordam ko’rsatishdi va Napaleon qattiq mag’lubiyatga uchradi. Vena kongressi (1814-1815) da yangi geosiyosiy kuchlarning o’rnatilishi Vena davriga yo`l ochib berdi. Buning asosini imperiyaning geografik hududni boshqarish tamoili tashkil etdi. Rossiya va Avstro-Vengriya imperiyalari, Britaniya mustamlakachi imperiyasi (u 1876 yilda shunday deb atalgan bulsada), Germaniya imperiyasi (1871 yildan boshlab) va 19 asrning o’rtalaridan boshlab mustamlakachi imperiya Fransiya (rasman respublika bo`lib qolgan) dunyo markaziy kuchlariga aylandilar. 1877 yildan boshlab turk sultoni Usmoniylar imperatori unvonini qabul qildi. Turkiya Yaqin Sharq va Janubiy-sharqiy Yevropada sezilarli rol o’ynadi. 19 asrning o’rtalarigacha Rossiya Yevropada hukmron bo`lib keldi, Angliya, Avstriya, Fransiya va Turkiyaga qarshi chiqib keldi. 1853-1856 yillarda qirm (sharqiy) urushlarida Rossiyaga qarshi butun Yevropa turdi. Qora va Boltiq dengizlari "rus qullariga" aylandiki, bu Rossiyaga 2 ta asosiy geosiyosiy hududlar Atlantika va O’rta yer dengiziga chiqishga imkon berdi. Ularning ustidan nazorat Angliyaga Rossiya qudratiga tenglashishga imkon berdi. Qirm urushlarida Rossiyaning mag’lubiyatidan keyin Vena tizimi bir necha o’zgarishlarga uchradi. Rossiyaga tashvish bo`lgan Muqaddas ittifoq ham parchalandi. Uning sinishi bilan Rossiyaning Yevropadagi hukmronligi ham tugadi, bu esa hech kimga hech qanday foyda keltirmadi. XIX asrning butun ikkinchi yarmi Rossiya uchun o’ziga hos bo’ldi, u dam Prussiyani Fransiyaga qarshi qo’yib, dam Fransiyani Germaniya bilan urushtirib geosiyosiy Yevropa maydonida balans saqlab turdi. Va bunday siyosat o’zini oqladi. 70 yillarning ohirlarida Turkiya bilan shiddatli urush bo’ldi. Unda rus qushinlari nafaqat Bolgariyani ozod etishdi, balki general Skobelev boshchiligida Istanbulgacha borishdi. XIX asrning ohiriga kelib industrial inqilob yutuqlaridan samarali foydalanganligi tufayli asosan AQSh va Germaniya kuchaydi. Amerikaliklar o’zlarining yerlari bilan dengiz orti bozorlarini ham egallay boshladilar. Kuba va Filippindan ispanlarni quvib chiqardilar. "Temir kancler" Otto fon Bismark boshchiligida Germaniya qit’asining yirik hukmroniga aylandi va jahon siyosatida yetakchi rol o’ynay boshladi. Germaniya boshchiligida Germaniya, Avstriya- Vengriya va Italiyadan iborat Uchlar ittifoqi tuzildi. Fransiya, Angliya va Rossiya tomoni boshqa bir harbiy qudratli ittifoq - Antanta tuzildi. Ittifoqlarning maqsadi- tasir doiralarini bo`lib olish va yosh, agressiv Yevropa davlatlarini bu doiraga kiritmaslik edi. 1 -jahon urushida (1914-1918) Uchlar ittifoqining mag’lubiyatidan keyin boshlangan Versal davri geosiyosiy kuchlar bulinishini butunlay uzgartirdi. Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari quladi. Bu qudratli davlatlar urniga Versal tizimi asoschilari o’z ta`sir doirasiga kiritmoqchi bo`lgan kichiklar paydo bo’ldi. 1919 yillardagi Versal tinchlik shartnomasi Fransiyaga quruqligidagi hukmronligiga, Angliyaga dengizdagi hukmronlikka birinchi o’rinni berdi. Rossiyaga esa Yevropada umuman o’rin qolmadi. U hukmron davlat sifatida mavjud bo’lmasligi kerak edi. Millatlar Ligasi - Versal shartnomasining ajralmas qismi nomidan Germaniya va Turkiya mustamlakalari bo`lib tashlandi. AQSh prezidenti Vilsonning rejasiga ko’ra Rossiya tasir doiralarini bo’lish taklif etildi: Kavkaz, Turkiya imperiyasining bir qismi sifatida qaralishi, Markaziy Osiyoga esa qaisidir 1 Yevropa hukmronining protektaroti berilishi Rossiyaning Yevropa qismi va Sibirda esa o’z vakolatxonalarini ochish taklif qilindi. Bu maqsadlarga erishish uchun dunyoning 15 davlati Rossiyaning turli nuqtalarida qo’shinlarini o’rnatib unga odam zahiralariga zahar moddiy va ma`naviy yo’qotishlar keltirishdi. Birinchi jahon urushida hammadan ko’ra ham AQSh burjuaziyasi yutib qoldi. O’z kuchiga ishonib AQSh 1922 yilda Vashington konferenciyasida Angliya bilan teng harbiy dengiz flotiga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritdiki, bu unga nafaqat muhim dengiz kommunikatsiyalari, balki dengiz hududlarini boshqarish huquqini berdi. Millatlar Ligasi yordamida g’olib davlatlar Germaniya va Sovetlar Rossiyasi o`rtasida Fransiya va Angliyaga tegishli davlatlar o`rtasida "sanitariya kordoni" tuzishdi. Shunday qilib, qit`aning hukmronlari bir-biridan ajratilgan holda yaqin aloqadan mahrum etildi. O’rnatilgan dunyoviy tartib Sovetlar Rossiyasi, Germaniya va Hitoyga qarshi qaratilgan edi. Ammo bu qudratli mamlakatlar manfaatlari bilan hisoblashmaganda har qanday dunyo siyosiy tuzumi mavjud bo’lishi mumkin emas edi. Versal shartnomasining asoschilari bir necha holatlarni ko`rib chiqmadilar: birinchidan Rossiya siyosiy birlikning qonli fuqarolar urushlaridan chiqqan edi; ikkinchidan Yevropa XX asrda proletar inqiloblar orasida qolgan edi. Xalqning past tabaqalari talab qilishardi: "Sovetlar Rossiyasidan qo’lingizni tortinglar!" Rus inqiloblari ta`sirida ko`pgina mamlakatlar bo’ylab qarshilik to’lqinlari mavjlanib ketdi, mustamlakachilikka qarshi harakatlar kuchaydi. Ikkinchi jahon urushi Versal shartnomasiga barham berdi. Sovet ittifoqi bu urushning asosiy yukini o’ziga oldi va moddiy hamda insoniy zararlarga uchradi. Ammo bu urushdan ilgaridan harbiy-strategik jihatdan va geosiyosiy jihatdan ancha kuchli bo`lib chiqdi. Rossiya birinchi martta o’z tarixida atrofida qudratli geosiyosiy ittifoq tuzdi. Keyinchalik uning mafko`raviy, infarmatsion qurollar yordamida, "beshinchi mustamlaka"ning faol yordami bilan buzilishiga qariyyb yarim asr ketdi. 1945 yildan boshlab Potsdam davri boshlandi. Berlindan uzoq bulmagan kichkina shaharchada kichkina zalda aylana stol atrofida Germaniya va uning ittifoqdoshlari ustidan qozonilgan g’alabadan keyin Yevropada murakkablashayotgan yangi kuchlar balansini o’rnatgan Potsdam tizimi shartnomalari imzolandi. Bu tizim yangi chegaralarni, yangi geosiyosiy kuchlarning taqsimlanishini belgilab berdi. Bundan kelib chiqadiki, ko`p qutbli dunyo 2 kutbliga: SSRI va uning ittifoqdoshlari (quruqlikdagi kuchlar) va AQSh va uning ittifoqdoshlari (dengizdagi kuchlar)ga aylandi. Bu qutblarning raqibchiligi Potsdam geosiyosiy davrining mazmunini belgilab berdi. Uning o’ziga hos tomoni shunday ediki ikki qudratli blokning qarama- qarshiligi "sovuq" va yadro urushining muvozonatlashuvigacha bordi. Aviatsiyaning takomillashuvi, raketa texnikasining paydo bo’lishi, kosmik lazerli va boshqa qurollarning paydo bo’lishi havo va kosmik hududning rolini tubdan o’zgartirdi. Sayyorada ayniqsa raketa qurollari, elektron ommaviy axborot vositasi, kompyuter tizimlari uchun erishilmagan nuqtaning o’zi qolmadi. Download 244.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling