O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
Ikkala yosh – yuzlari kulgan, ko‗ngillari yozilgan – qo‗ltiqlashib ayvonga bordilar va Zebining otasi turib ketgan so‗rining chekkasiga o‗tirishdilar. [5, 22]
Bu parcha Cho‗lponning ―Kecha va kunduz‖ romanida son va ot leksemalardan tuzilgan [S~O]=SB oraliq shaklining nutq bosqichida o‗ziga xos hosilani shakllantirishidan dalolat beradi. Matnda muallif tomonidan qo‗llangan ikkala yosh so‗z birikmasi belgining son turkumiga tegishli lug‗aviy birliklar orqali ifodalanishini, ammo bu nutqiy qo‗llanishda sifat leksemalarning shaxsni anglatib, ot leksemalar kabi hokim mavqeda yuzaga chiqish imkoniyatini aniq ko‗rsatib turibdi. Sifatlar substansial jihatdan umumiy predmet kategoriyasiga (shu jumladan, shaxs kategoriyasiga) mansub tushunchalarni ifodalay olishini matndagi yosh so‗zi hokim sifatida ikkala so‗zini tobelantirishi bilan tasdiqlaydi. Jamlovchi son shaxsning miqdoriy belgisini, holat sifati esa muayyan holatdagi shaxsni ifodalagan hamda son va sifatning birikishi natijasida umumiy [I~O] qurilmali so‗z birikmalarining muayyan nutqiy variantini hosil qilgan. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g„amli yuzlari kuldi, o‗zlari horg‗in-horg‗in oqsalar-da, bo‗shalgan qul singari erkinlik nash‘asini kemira-kemira ilgari bosadilar. [5, 22] Badiiy nutqqa xos obrazlilik va badiiy tasvir talablari mazkur matnda [belgi-predmet] ma‘noli birikmalardan yana bir ko‗rinishi yuzaga chiqishiga sabab bo‗lgan. Matndagi g„amli yuzlar so‗z birikmasi loyqalanib oqqan suvlarning badiiy nutqdagi tavsifini shakllantirgan. Agar g„amli yuzlar birikmasi odamga nisbatan, uning holatini tavsiflash uchun hosil qilinsa va qo‗llansa edi, bu birikma [belgi- predmet] ma‘nosini emas, balki badiiy tasviriy vosita sifatida o‗z qimmatini yo‗qotgan bo‗lardi. So‗z birikmasi badiiy matndan tanlangan, badiiy nutqqa xoslanishi tabiiy hol, deb o‗ylashimiz mumkin. Chindan ham, shunday. Lekin odatiy so‗zlashuv nutqida bu kabi birikmalarning qo‗llanilishi so‗zlovchi va tinglovchiga badiiy nutq ko‗rinishlari beradigan hissiy ta‘sirchanlik va estetik zavqni bag‗ishlay olmaydi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling