O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- [I О] QURILMALI BIRIKMALARNING BADIIY
Foydalanilgan adabiyotlar:Mahmudxoʻja Behbudiy, ―Tanlangan asarlar‖ (II jild) – Toshkent: Akademnashr, 2018. Abdurashidov Z., ―Behbudiyning til borasidagi qarashlari‖ zamin.com [I О] QURILMALI BIRIKMALARNING BADIIYNUTQQA XOSLANISHI Nazarova Saida Axmedjanovna,BuxDU dotsenti Xojiyeva Maxfirat Yusupovna,BuxDU o‗qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada o‗zbek tilidagi hokim a‘zosi otli so‗z birikmalarining nutqiy imkoniyatlarini substansial ilmiy asoslarning tatbiqi va badiiy nutqda voqelanishi asosida o‗rganishga doir fikr-mulohazalar o‗z ifodasini topgan. Tobe a‘zosi ismlar va hokim a‘zosi otlardan tuzilgan [I~O] qurilmali birikmalarning nutqiy nominatsion, badiiy uslubiy xususiyatlari tahlil qilingan. Ularning uslubiy xoslanishi badiiy nutqda umumiy [belgi-predmet] ma‘nosiga oid turli qirralarni ifodalovchi xilma-xil nutqiy variantlari misolida dalillangan. Kalit so„zlar: substansial sintaksis, so‗z birikmasi, otli birikma, [I~O] qurilmali birikma, lisoniy sintaktik qolip, oraliq qolip, badiiy nutq Mustaqillik davri o‗zbek tilshunosligida so‗z birikmasi sintaksisi o‗tgan asrning 90-yillarida boshlangan substansial tahlil natijalari asosida yangi ilmiy asoslar bilan boyitildi. So‗z birikmalarining substansial tadqiqi hozirgi kunda ham dolzarbdir. Birinchidan, so‗z birikmalarining lisoniy qurilishi o‗rganilgan va lisoniy sintaktik qolip(LSQ)lari aniqlangan [1; 2] bo‗lishi bilan bu yo‗nalishdagi muammolar yechilgan, deb bo‗lmaydi. O‗zbek tilida so‗z birikmalarini hosil qiluvchi 16 xil LSQining aniqlanishi substansial sintaksisning so‗nggi yutug‗i bo‗lib qolmasligi shubhasiz. Holbuki, so‗z birikmasi tizimida ularning qurilishini umumlashtiruvchi LSQlar paradigmalarini, so‗z birikmasi ma‘noviy tiplarini ajratish kabi vazifalar borki, bu sintaktik birliklarning substansial tadqiqini davom ettirishni talab qiladi. Ikkinchidan, so‗z birikmalarining nutqiy voqelanishini o‗rganish ehtiyoji ham kuchaygan bo‗lib, bu so‗nggi yillarda o‗zbek tilining antroposentrik paradigmadagi tadqiqi bilan ham bog‗liq. So‗z birikmasi tilning nomlash vazifasini til egalarining nutqiy faoliyatida reallashtiradi. So‗z birikmalarining nutq (matn) yaratilishidagi ishtiroki, o‗rni, vazifasi so‗zlovchi shaxs, nutqiy nominatsiya, komminikativ intensiya, uslub, lisoniy va nolisoniy omillar bilan aloqadorlikda belgilanadi. Demak, so‗z birikmalarining nutqiy, nominatsion, kommunikativ, pragmatik, stilistik xususiyatlarini o‗rganish yechimlarini kutayotgan muammolardandir. Mazkur muammoni hokim a‘zosi otli birikmalarning badiiy nutqda voqelanishini o‗rganish asosida yechishga qaratilgan ba‘zi izlanishlarimiz quyida o‗z ifodasini topgan. So‗z birikmalari nutq voqeligida vujudga kelishi, muayyan nutq sharoiti, vaziyati va tilning turli uslublariga muvofiq qo‗llanilishi alohida izohni talab qilmaydi. O‗zbek tilida tobe a‘zosi ismlardan, hokim a‘zosi otlardan tuzilgan so‗z birikmalari (masalan: shakar/shirin qovun, odobli bola, ikkita/ikki dona non, bir piyola/bir choynak choy, do‗stona maslahat, o‗sha kun, duv-duv gap) borki, ular [I~O]=SBLSQining voqelanishidan hosil bo‗ladi. [3, 20] Bunday birikmalar so‗z birikmalarining ma‘noviy tipiga ko‗ra, [belgi-predmet] ma‘noli, hokim a‘zoning muayyan turkumga mansubligiga ko‗ra otli, so‗zlarning birikish tarziga ko‗ra, [I~O] qurilmali birikmalar sifatida ta‘riflanadi. Ular so‗z birikmalarining bir turi sifatida ajratiladi va so‗z birikmasi tizimida o‗z o‗rniga ega. Ta‘kidlanganidek, [I~O] qurilmali so‗z birikmalari boshqa nominativ birliklar kabi tilning nomlash vazifasini bajaradi. Lekin bu vazifani so‗zlarning birikuvida muayyanlashadigan nutqiy nominatsiyani hosil qilish orqali amalga oshiradi. [I~O] qurilmali birikmalarning nutqiy nominatsion, uslubiy xususiyatlari nutq voqeligida yaqqol namoyon bo‗ladi. [I~O] qurilmali so‗z birikmalarining bu xususiyatlarini badiiy nutq (matn)da voqelanishini o‗rganish natijasida aniqlash mumkin. Bu esa, mazkur so‗z birikmalarining nasriy asar matnida qo‗llanilishini kuzatish, nutqiy dalillar to‗plash va ularni tahlil qilish vazifasini belgilaydi. Masalan: Lekin otamni mahalla ahli hurmat qilar, u kishi bilan ―Polvon bobo‖ deb so‗rashishar, bir qariyaning: ―Bechora ko‗p sodda, mard odam. O‗zbekning soddasi shuyov‖ deganini ham eshitganmiz. [4, 81] Sh.Xolmirzayevning ―O‗zbekning soddasi‖ hikoyasi matnida mard odam birikmasi qo‗llangan bo‗lib, shaxsning xususiyat belgisini ifodalaydi. Bu birikma, ayni paytda, sifat (mard) va ot (odam) birikuvidan hosil bo‗lgan. Uning lisoniy qurilishi [Sf~O]=SB xususiy qolipi orqali [I~O]=SBLSQida umumlashadi. ―Cho‗loq turna‖ hikoyasi matnida kuzatilgan cho„loq turna birikmasi qushning holatini tavsiflashga xizmat qiladi. Nutqda cho‗loq turna va shu kabi boshqa so‗z birikmalari zoonim va uning holat belgisini ifodalash uchun qo‗llaniladi. Badiiy matnda tasvirlangan qush obrazini muayyanlashtirish maqsadi ushbu so‗z birikmasining shakllanishiga va aynan [belgi-predmet] ma‘noli birikmalarning yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan. Shu bois tilda mavjud sintaktik imkoniyatlardan biri, ya‘ni sifat va ot leksemalarning birikuvidan hosil bo‗lgan [I~O] qurilmali so‗z birikmasi nutqda voqelashgan: Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling