O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.53 Mb.
bet27/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Mahmudov N. Tilimizning tilla sandig‗i. – Toshkent, 2012.

  2. Abduraxmonov H, Mahmudov N. So‗z estetikasi. – T.: Fan, 1981.



O„ZBEK TILIDAGI AYRIM PLEONASTIK BIRLIKLAR TASNIFI XUSUSIDA


Rajabov Dilshod Zaripovich,
BuxDU professori

Bozorova Gulmira Zayniddinovna,


BuxDU o‗qituvchisi














A nnotatsiya: Maqola o‗zbek tilida uchraydigan pleonastik birliklarning tasnifiga bag‗ishlangan bo‗lib, unda, dastavval, pleonazm tushunchasiga atroflicha izohlar keltirilgan. Bu tushunchaning etimologiyasiga to‗xtalish bilan bir qatorda, pleonazm hodisasi haqida antik davr tilshunoslari tomonidan keltirilgan turlicha qarashlar ham
ushbu maqoladan joy olgan. Shuningdek, turkiyshunos olimlarning pleonazmlar ustida atroflicha olib borgan izlanishlari, ba‘zi o‗rinlarda esa ularning bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan fikrlari ham qayd etib o‗tilgan.
Kalit so„zlar: pleonazm; tavtоlogiya; tur, jins tushunchasi; pleonastik birliklar; o‗z, o‗zlashma qatlam; tub va yasama so‗zli komponentlar; ortiqcha komponentli pleonazmlar.
Pleonazm (yun. pleonasmos-ortiqchalik) — bir xil yoki sinonimik ifoda vositalarining (til birliklarining) semantik jihatdan takror holda qo‗llanishi. [5,278] Umuman olganda, pleonazm ma‘lum bir tugallangan nutq yoki matnda mazmun jihatdan aynan bir tushunchani ifodalovchi til va nutq birliklarining takror qo‗llanishidir.
―Pleonazm‖ atamasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, bu termin antik davr tilshunosligidan kirib kelgan. Ushbu davr namoyandalari pleonazmga turlicha baho berishgan. Kvintilian, Donat, Diomed pleonazmga stilistik kamchilik sifatida nutqda ortiqcha so‗zlarning qo‗llanishi deb qarashgan. Bunga qarama-qarshi tarzda Dionisiy Galikarnasskiy bu shaklga nutqni so‗zlar bilan boyituvchi hodisa sifatida ta‘kidlashi barobarida, ortiqchalik mavjudligini ham inkor etmaydi. Ammo uning fikricha, bir qarashda ortiqchadek tuyulgan so‗zlar nutqqa aniqlik, kuch, ritmiklik va pafos bag‗ishlaydi [2,107].
Tilshunos olimlardan I.B.Golub va А.Bolganbayevlar pleonazm hodisasiga bir tomonlama yondoshadilar. I.B.Golub «So‗zlarni aniqlash uchun qo‗llanishi shart bo‗lmagan so‗zlar pleonazm deb ataladi», — deb izohlasa, А.Bolganbayev, aksincha, «pleonastik qo‗llanish deb shunday birikmalarni atash kerakki, qaysiki birikma tarkibidagi bo‗laklar o‗zining asosiy maʼnosini yo‗qotmaydi, balki bir bo‗lakning maʼnosi ikkinchi bir bo‗lakning maʼnosini to‗ldiradi va kuchaytiradi»,[3,5] — deb taʼkidlaydi. Demak, adabiyotlarda mazkur hodisa haqidagi qarashlarning bir-biriga zidligi kuzatiladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, ko‗pchilik hollarda pleonazm va tavtologiya bir xil hodisa sifatida qaraladi. Tilshunoslikda ularning chegarasi masalasi hal qilinmagan. Y.Rizel va А.M.Bushuylar fikricha, prinsip jihatdan ko‗pchilik pleonastik konstruktsiyalar bilan tavtologizmlar orasida farq yo‗q.


Аyrim ishlarda bu hodisalarni farqlashga harakat qilinib,


«tavtologiya — bir xil o‗zaklardan hosil bo‗lgan so‗z birikmasi. Pleonazm esa sinonim so‗zlar takrori» kabi tasniflanadi.
Аyrim ishlarda esa har ikkalasi ham tavtologiya sifatida qaraladi. Bu haqda V.I.Korolkov quyidagicha yozadi: «Tavtologiya» va
«pleonazm» terminlari amaliyotda ko‗p hollarda dubletlar sifatida qo‗llanadi. Bizningcha, ular orasidagi farq shundaki, tavtologiya ortiqchaliklarning barchasini o‗z ichiga qamrab oladi (jins tushunchasi), pleonazm esa leksik birliklarning «ortiqcha» qo‗llanishiga asoslanadi (tur tushunchasi)». Bunga qarama-qarshi tarzda N.Mahkamov o‗z tadqiqotida pleonazmga quyidagicha baho beradi: ―…pleonazm tavtologiya hodisasiga qaraganda kengroq tushuncha, yaʼni pleonazmda takror (избыточность) qo‗llanayotgan forma (so‗z, affiks, so‗z birikmasi) tamoman ortiqcha bo‗lishi yoki qandaydir stilistik funksiya bajarishi mumkin. Tavtologiya ham pleonastik qo‗llanishning bir turi bo‗lib, takror qo‗llanayotgan til birligi ortiqcha bo‗lsa va hech qanday funksiya bajarmasa, u tavtologik qo‗llanish hisoblanadi. Har qanday tavtologik qo‗llanishda pleonazmni kuzatish mumkin, lekin har qanday pleonastik qo‗llanishda tavtologiya mavjud bo‗lavermaydi. Shunday ekan, pleonazm jins tushunchasi, tavtologiya esa tur tushunchasi sifatida qaralishi kerak.‖ [12,19]
Tavtоlogiya esa shaklga tayanadigan hodisa bo‗lib, kontekstda yaqqol ko‗rinib turuvchi shakllarning takror kelishidir. Ortiqchalikni namoyon qiluvchi hodisalardan bo‗lmish ―tavtоlogiya - (grek. tautos – aynan o‗sha + logos-so‗z) bir mazmunni boshqa so‗z yoki so‗zlar bilan takroran ortiqcha ifodalash, so‗zni ortiqcha ishlatish‖demakdir[1,86]. Masalan, gap gapirmoq, yozuvchi yozdi va

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling