O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet28/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

h.k. Boshqacha qilib aytganda, pleonazm va tavtоlogiya til va nutq
farqlanishida namoyon bo‗luvchi hodisalardir.
Tilshunoslikda ortiqchalik atamasi ikki talqinga ega:

  1. Matnda hech qanday semantik yuk olmagan, yaʼni biror vazifa bajarmagan til birligi. Ortiqchalikning bu ko‗rinishi tavtоlogiya hodisasida yaqqol namoyon bo‗ladi.

  2. Adabiy meʼyorga nisbatan olinib, shartli ifodalanadi, yaʼni mavjud semantikaning turli til birliklarida takrorlanib, ortiqcha maʼnoga egalik qilishi. Ortiqcha deb hisoblangan maʼno fakultativ yoki tavtologik xarakterda bo‗lmay, maʼlum konnotativ, emotiv

maʼno ifodalashga xoslangan bo‗ladi. Bu o‗rinda esa pleonazmlarning mohiyati yanada oydinlashadi desak, yanglishmaymiz. Ortiqchalik, birinchidan, til birliklarida doimiy o‗ziga xoslik sifatida, ikkinchidan, uslubiy ortiqchalik sifatida tushuniladi.
Tilshunoslikda nutq bosqichida takrorlanayotgan birliklarning turi (qo‗shimcha, so‗z, gap)ga qarab pleonazmning quyidagi turlari ajratiladi:
1. Leksik pleonazmlar. 2. Semantik pleonazmlar. 3. Affiksal pleonazmlar.
4. Leksik-affiksal pleonazmlar. 5. Sintaktik pleonazmlar.
Ma‘lumki, o‗zbek tili juda boy til. Bir tushunchani ifodalash uchun o‗nlab ma‘nodosh so‗zlardan foydalanish mumkin. Ammo so‗zlarning asl mohiyatini tushunmay turib qo‗llash nutqda uslubiy xatolarga olib keladi. Xuddi shu xulosani nafaqat so‗zlarga, balki qo‗shimcha, so‗z birikmasi va gap kabi til birliklariga nisbatan qo‗llashimiz mumkin. Mazmunan bitta umumiy tushunchani ifodalaydigan birliklarning birga qo‗llanishi natijasida pleonazmlar yuzaga keladi.
O‗zbek tilidagi pleonastik birliklarni tahlil qilish jarayoni shuni ko‗rsatdiki, ularning aksariyat qismi tarkibida o‗zlashma so‗zlar mavjud birikmalardir. Bunga asosiy sabab chetdan kirib kelgan so‗zlarning asl mohiyatini, tub mazmunini bilmay turib qo‗llashdir.
Semalar takrori natijasida yuzaga kelgan ortiqchalikka semantik ortiqchalik deyiladi, bunda turli so‗z turkumlariga kiruvchi hamda bir- biri bilan mazmuniy munosabatda bo‗luvchi so‗zlar sinfi turkumlararo leksik maydonni tashkil etadi va takror semalar o‗zaro tobelik munosabatida birikadi. Semalarning bir arxisema asosida mazmuniy maydonni hosil qilishi natijasida arxisemaning xususiy semalari reallashtiriladi va konkretlashtiriladi, tanlangan semalar takrorida fikrni taʼkidlash, bo‗rttirish, emotsional-ekspressivlik kuzatiladi. Masalan, baʼzan shaxs oti oldidan uning belgisini anglatuvchi so‗z keladi, bilʼaks ot turkumidagi so‗zda uning belgisi aniq bo‗ladi: Qaysi kuni yig‗lab ketdi bir mo‗ysafid chol.
Chol leksemasining denotativ semalari quyidagilar: ―shaxs‖,












― qarilik belgisiga egalik‖, ―soch-soqoli oqargan‖, ―yoshi katta‖ kabi. Mo‗ysafid chol konstruktsiyasining ikkala komponentida ham semantik maydon ―qarilik‖ bo‗lib, bu o‗rinda chol arxisema, yaʼni umumiy sema sanaladi. Mazkur semantik maydon chol arxisemasi
atrofida bir necha semalarni birlashtiradi. Quyidagi semalar chol arxisemasining xususiy semalari bo‗lib, uslubiy farqqa egadir:
―mo‗ysafid‖, ―keksa‖, ―tabarruk‖, ―munkillagan‖, ―nuroniy‖ kabi. Poetik matnda arxisemaga atributiv birikkan xususiy semalar semantik ortiqchalik mavqeida bo‗lib, mazmunni reallashtiradi. Ijodkor moysafid chol birikuvida ―nisbatan qari‖, keksa chol birikuvida
―ancha qari‖, munkillagan chol birikuvida esa ―juda qari‖, nuroniy chol birikuvida ―nurli chehra‖, tabarruk chol birikuvida ―g‗oyat hurmatli‖ semalarini subyektiv munosabatda taʼkidlab ko‗rsatgan. Bunda arxisemaga atributiv birikkan xususiy semalar semantik ortiqchalik mavqeida bo‗ladi. [4,15]
Pleonazmlarni tasniflar ekanmiz, ularni tuzilishiga ko‗ra quyidagi guruhlarga ajratsak, maqsadga muvofiq bo‗ladi:

  • tub so‗zli komponentlardan tashkil topgan pleonazmlar:

pastga tushish, chin haqiqat, qari chol, shaxsan men va h.k.;

  • yasama so‗zli komponentlardan tashkil topgan pleonazmlar: bepul sovg‗a, yetakchi lider, muzli aysberg, ko‗rgazma eksponati, o‗lik jasad…;

  • ortiqcha komponentli: fevral(boshqa istalgan oy) oyi, besh ming (boshqa istalgan qiymat) so‗m pul.

Til doimo o‗ta aniqlikka intilar ekan, unda ortiqchalikning yuzaga kelishi tabiiydir. Ortiqchaliklar esa ko‗pincha uslubiy vazifa uchun xizmat qiladi. Pleonastik birliklar tilning xilma-xilligi, keng qamrovliligi, shuningdek, o‗ta nozik ma‘no qirralariga egaligini o‗rganish uchun juda qiziq bo‗lgan til birliklaridir.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling