O‘zbek tili yo‘nalishi guruh talabasi
Kurs ishining dolzarbligi
Download 77.46 Kb.
|
Dildoraxon
Kurs ishining dolzarbligi: Insonning hissiyotlari, uning ruhiy olamini tasvirlab beradigan, qanchadan-qancha buyuk zotlar ham ojiz qolgan bu hayotning azaliy va abadiy sadolarini aks ettiradigan ijod sohasida ma’lum meyorlar mexanizimini ishlab chiqishning o‘zi qiyin. Bunday ijod mahsuliga baho berish esa undan ham mushkul. Shu boisdan ham, azaldan adabiyot sohasida “Adabiy tanqid” ning o‘rni beqiyos bo‘lgan.
Ammo ta’kidlash kerakki, adabiyotshunosligimizda aynan badiiy tanqid bilan shug‘ullanuvchi adabiyotshunoslarning faoliyati to‘la darajada o‘rganilmagan. Bu soha vakillari beye’tibor qoldirilgan, degan fikrdan yiroqmiz, albatta. Jumladan, Naim Karimovning adabiy tanqidchi va adabiyotshunos sifatida nom qozongan akademik Baxtiyor Nazarov, Salohiddin Mamajonov, Matyoqub Qo‘shjonov, Norboy Xudoyberganov, No‘monjon Rahimjonov, Ulug‘bek Hamdamov, Suvon Melilar haqida bildirgan fikrlari e’tiborga molik. “Suvon Meli ko‘pincha boshqalar e’tiboriga tushmagan yoki e’tibor bermagan masalalarni ko‘tarib chiqishga va o‘z qarashlarini o‘tkazishga intiladi. Ba’zilar unga qo‘shilmas, yana kimlardir uning qarashlarida zo‘rma zo‘rakilikni ko‘rib, inkor etar. N.Karimov Hamzadan tortib Usmon Azimovgacha bo‘lgan ko‘plab shoirlar haqida ham tadqiqotlar yaratdi. Ayniqsa, Hamza ijodini o‘rganishdagi N.Karimovning tadqiqodlari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek adabiyotshunosligida Hamza ijodi nihoyatda ko‘p o‘rganilgan masalalardan sanaladi. Uning ijodini o‘rganish, talqin va targ‘ib etish masalasi, ayniqsa Sho‘ro davri adabiyotshunosligining yetakchi masalalaridan biri edi. Shu ma’noda bu davrda nihoyatda ko‘p ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Hatto adabiyotshunoslikda Hamzashunoslik degan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. Hamza nomidagi mukofot ta’sis etilib, uning nomi bir qator geografik obyektlarga qo‘yildi. Hamzani e’tirof etib yozilgan asarlarda inqilobchi Hamza, ateist Hamza, Sho‘rolarga xizmat qiluvchi Hamza obrazlarini turli rakurslarda ko‘rish mumkin. Shuningdek, Hamzaning boy ijodiy merosi ichidan faqat siyosiy tuzumga xizmat qiladigan asarlarnigina saralab olib, targ‘ib qilish hodisasi ham ko‘p uchragan. Download 77.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling