Oʻzbek tili yoʻnalishining 3-kurs 20. 93-guruh talabasi durdona isroilovaning “Oʻzbek adabiyoti tarixi” fanidan


Choʻlponning obraz yaratish mahorati: Akbarali mingboshi obrazi tavsifi


Download 59.39 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi59.39 Kb.
#1548117
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CHULPAN

2.2 Choʻlponning obraz yaratish mahorati: Akbarali mingboshi obrazi tavsifi

“Akbarali mingboshining belida kumush kamari, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi boʻlmasa, hech kim uni amaldor demaydi. Oddiy kiyimda koʻrganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qoʻychi, yo boʻlmasa yaylov tomon bilan ish koʻradigan tuyachi deb oʻylaydilar. Chakka suyaklari turtib chiqqan, peshona – boʻyiga tor, eniga keng va ham uzun-uzun uch chuqur ajinga ega… Burun oʻrtacha, lekin qanshari past… Koʻz qisilibroq kelgan, parda tomirlaridan ikki-uchtasi va ham ikkala koʻzining bir yonida jindak joyi hamma vaqt qizil, bir koʻzida picha shapag‘liq asari ham bor… Iyak – keng, jag‘ – sergoʻsht. Juda siyrak boʻlgan soqol iyakning oʻrtasigagina toʻplanib, echkiniki singari pastga tomon sangillab tushgan. Uziqararoq xotin uchrab bir chang solsa, hech narsa qolmaydi! Moʻylov ham soqol singari siyrak. Usta Toʻxtashning “asrdiyda” dukati ikki kunda bir qirib turganligidan lab ustida kalta va tekis boʻlsa ham, umuman, oʻzi yarmidan koʻpi yiqitilgan daraxtzor singari xunuk koʻrinadi, ikki uchida oltitadan oʻn ikkita uzun qil sichqonning dumiday ingichka boʻlib pastga choʻzilgan… Dukat bilan ikkala tomonga ikki marta qoʻl tegizilsa, u sichqon dumlaridan asar qolmaydi, shu bilan moʻylov masxaraboz kepatasidan chiqib, odam nusxasiga kiradi. San’atiga berilgan usta Toʻxtash taassub degan narsani yig‘ishtirib qoʻyib, “san’at – san’at uchun” degan nazardan qarab… Akbarali mingboshiga moʻylov toʻg‘risida haligi taklifni qilgan boʻlsa-da, shunday katta bir amaldor ham xalqning ta’nasidan qoʻrqib, usta Toʻxtashning taklifini rad qildi. Shu bilan u masxara moʻylovlar ayanch bir kepatada sangillagancha qolib ketdilar… Mingboshini bu baland darajalarga koʻtarib, uning vositasi bilan oʻz dimog‘larini ham chog‘ qilib turadigan shahardagi toʻralar uning ikki chakkasida sangillab turgan u ingichka “kokil”larni “ikki osilganlar” deb piching qilardilar… Bu soddadil “sart” amaldori muningdek pichinglarga tushunmasa ham, piching qiluvchi toʻralarning oʻzlari mashhur rus adibining “Yetti osilganlari”dan ham soʻzda, ham ishda juda yaxshi xabardor edilar…”


Avvalo, Akbaralining tashqi ko‘rinishiga e’tabor qaratsak: “Akbarali mingboshining belida kumush kamari, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi boʻlmasa, hech kim uni amaldor demaydi” – odiy qishloq boyi, yoki cho‘pon yoxud tuyachi deb o‘ylaydi. Akbarali katta amaldor lekin, boshqa odamlardan ajrab turadigan alohida xususiyatga ega emas. Hatto portetida ham e’tiborga molik biror ijobiy unsurni uchratmaymiz. Shuningdek, saviya jihatdan anchayin quyi pog‘onadan joy oladi. U sodda, bilimsiz ishing ko‘zini bilmaydigan odam. Uning barcha ishari, hatto uy-ro‘zg‘or ishlarining mas’uliyati ham Miryoqub-epaqaning zimmasida. U hech qayerga Miryoqubsiz bormaydi. Har qanday vazifani Miryoqubning yo‘rig‘i bilan bajaradi. Xo‘sh, shunday ekan saviyasiz, siyosiy bilimdan xabardor bo‘lmagan bunday odamni nima uchun Mingboshilik lavozimiga tayinladilar? Bu siyosiy tuzim hosilasi edi. Siyosiy tuzim uchun davlat ishidan yiroq, hukumat ishlariga ortiqcha aralashmaydigan bu kabi insonlar kerak edi aslida!
“Akbarali mingboshi oʻzi yolg‘iz qolib, “vijdoni” bilan qarshima-qarshi kelgan vaqtlarida, Miryoqubning ulug‘ xizmatlarini insof bilan esga olar, unga har toʻg‘rida minnatdor boʻlganini oʻz “vijdoni” oldida iqror qilardi. Chinakam, burungi mingboshiga yaxshi bir uloqchi otni bekorga olib bergani uchun ellikboshilikka” istehqoq” qozonganidan keyin, rosa olti yillik umri oʻz qishlog‘i bilan mingboshining mahkamasi oʻrtasida daftar koʻtarib ot chopish, qishloqdan odam haydab chiqib katta yoʻlga suv septirish bilan oʻtdi. Bu olti yilning mobaynida bir uloqchi otning emas, necha uloqchi otlarning hissasi chiqarilgan, burungi besh-toʻrt tanob yerga yana bir necha besh-toʻrt tanob yer qoʻshilgan boʻlsa-da, ellikboshilik, harqalay, mehnat, urinish va yugurib-yoʻrtishni talab qiladigan amallardan edi… Shu uchun mingboshi bir yil kuz faslida Ostonaqul boyning katta bir qovun sayil qildirganini sira esidan chiqarolmaydi: Miryoqub bilan oʻsha sayilda uchrashib tanishgani uchun sayilni esdan chiqarishga “vijdoni” yoʻl qoʻymaydi…” 12
"Kecha va Kunduz"ni oʻqib anglashimiz mumkinki, Chor Rossiyasi xalqning eng savodsiz, maʼlum fikrga boʻlmagan "manqurt" kimsalarga lavozim berib, ular orqali xalqni istaganlaricha idora etganlar. Mana shunday manqurt kimsalardan biri Akbarali mingboshi. Akbarali mingboshi xalqning arzi-dodini tinglab hal qilib berish u yoqda tursin, hatto oʻz muammolarini ham yecholmaydi. Aslida, uni lavozimidan ozod etishmoqchi edi, biroq, nogoh u oʻldirildi. Hukumat esa bunga siyosiy tus berishga initilib, keraksiz "matoh"ga aylangan kishisini podshoh va Rusiya davlatiga sodiqligini taʼkidlab, Zebini salkam turk josusiga aylantirib qoʻyadi. Akbarali mingboshi ular uchun oddiy "sart" ismining ham ahamiyati yoʻq. Hatto birgina "tergov pratakoli"ga ismi Qambar, Umarali, Akbarali tarzida yozilib ham ketaveradi! Biroq u Rusiyaning sodiq qahramoni! Aslida "Toʻrt chaqaga arzimaydigan" insondan siyosat yoʻlida "zoʻr qahramon" yasaydilar.

Xulosa


“Choʻlpon ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning asarlarida Turkiston muhiti akslanib turadi va bevosita jarayonni his qilishga, unda yashashga undaydi. Bu ijodkorning yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi.”13 Mana biz XX asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan talantli yozuvchi, shoir, otashin publitsist, dramaturg va adabiyotshunos Abdulhamid Choʻlponning obraz yaratish mahoratiga oid kuzatishlarimizni koʻrib chiqdik. Yuqorida qayd qilganimizdek, Choʻlpon nihoyatda serqirra ijodkor. Choʻlpon ijodi-olmos yanglig‘ serqirra. Adabiy ijodini kichik-kichik maqola va hikoyalar bilan boshlagan . Shu bilan birga Choʻlpon nasr va dramaturgiyada, tarjima san’ati va adabiyotshunoslikda ham oʻchmas iz qoldirdi. U haqli ravishda XX asr oʻzbek adabiyotining eng yorqin siymolaridan sanaladi. Uning lirik asarlari, nasriy asarlari va dramatik asarlarida obraz yaratish mahorati bir-biriga oʻxshamagan, bir-birini takrorlamaydigan jihatlarga, xususiyatlarga ega. Uning lirikasini olib qaraydigan boʻlsak, Choʻlpon oʻz she’rlaridagi badiiy g‘oyaga mos ravbishda, g‘oya va mazmun toqozosi bilan zamonasining ijtimoiy-maishiy va siyosiy muammolariga befarq qaray olmaydigan faol insonni qahramon sifatida tanlaydi. Choʻlpon butun umri davomida xalq erki va ozodligi uchun kurashadi. Kurashlari samara beravermagach, uning milliy istiqlol-Vatan va xalqni ozod koʻrish maqsadi yurak tubidagi orzusiga aylandi.Choʻlponning lirik qahramoni mana shu orzu va istakdan biror daqiqa mosuvo boʻla olmadi. Hatto 30-yillardagi, ya’ni sotsiolistik tuzum toʻla g‘alaba qozongach ham, yangi tuzumga xayrixoh emasligini turli usul va vositalar bilan izhor qildi. Choʻlpon lirik qahramoni obrazini ta’sirchan va haqqoniy chiqarish uchun turli tasviriy vositalardan,ba’zi oʻrinlarda mumtoz adabiyotimizda yillar davomida sinovdan oʻtgan an’analardan ustalik bilan foydalandi. Natijada mulohazakor, davr bilan nafas oladigan, haqiqiy vatanparvar obrazini yaratadi lirik qahramonning his-tuyg‘ulari, orzu-oʻylari kitobxonga ham “yuqib”, unda ham xalqparvarlik va millatparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Choʻlpon yangi xarakterdagi oʻzbek nasrining shakllanishi va takomillashuviga ham katta hissa qoʻshgan adiblardan. U zamonasining g‘oyat dolzarb masalalariga bag‘ishlangan serma’no, ixcham hikoyalar muallifidir. Choʻlpon she’riyatva dramaturgiyada el og‘ziga tushgan asarlari bilan cheklanmay, katta prozada – romanda ham oʻz qalamini sinab koʻrdi. Ikki qismdan iborat “Kecha va kunduz” asarini yozishga jazm etdi. Koʻpchilik e’tirof etishlaricha romanning birinchi kitobi “kecha”, ya’ni o‘tmishga bag‘ishlangan qismi yozilib, ikkinchi qismini yozishga muallif ulgurmagan yoki ikkinchi qismi yoʻqolgan. Choʻlponning prozaik asarlarida qahramon xarakterini yaratish masalalarini mana shu birinchi qism asosida oʻrganishga harakat qildim. Choʻlpon oʻz salaflari va zamondosh yozuvchilaridan badiiy prozaning, ushbu tur asarlarda xarakter yaratishning sirlarini juda yaxshi oʻrgangan va oʻz ijodiga tadbiq qila bilgan. Bunga romanning asosiy qahramonlari boʻlmish Zebi, Miryoqub, Akbarali va Razzoq soʻfi kabi obrazlarning g‘oyat ta’sirchan va tabiiy chiqqan xarakterlari misol boʻla oladi. Choʻlponning romandagi xarakter yaratish usullari, obrazni tipiklashtirish borasidagi sa’y-harakatlari yuqorida keltirganlarimizda oʻz ifodasini topgan. Sira ikkilanmay aytish mumkinki, Choʻlponning butun ijodi 20-30-yillarda adabiyotimizga kirib kelgan, keyinchalik XX asr oʻzbek adabiyotining yirik vakillariga aylangan Oybek, G‘.G‘ulom, Uyg‘un, Mirtemir, Usmon Nosir singari iste’dod egalari uchun ma’lum ma’noda ijodiy maktab vazifasini oʻtadi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kun shoir va yozuvchilari ham oʻzlarini Choʻlponning yangi, realistik yoʻnalishga chiqib, takomillashuv jarayonida A. Qodiriydek Choʻlponning ham nufuzli oʻrni va roli mavjud. Choʻlpon bir umr orzu qilgan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan 1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston respublikasi Davlat Mukofoti bilan taqdirlandi. Bu oʻzining erksevar farzandiga boʻlgan xalqning soʻnmas muhabbatining ramzidir.


Download 59.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling