Oʻzbek tili yoʻnalishining 3-kurs 20. 93-guruh talabasi durdona isroilovaning “Oʻzbek adabiyoti tarixi” fanidan
Download 59.39 Kb.
|
CHULPAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy rahbar: G. Muhammadjonova Farg‘ona - 2023 MAVZU: “Kecha va Kunduz” romanida Akbarali mingboshi obrazi
- II. BOB. Choʻlpon romanlarida obraz yaratish mahorati
- Xulosa
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI OʻZBEK TILI YOʻNALISHINING 3-KURS 20.93-GURUH TALABASI DURDONA ISROILOVANING “OʻZBEK ADABIYOTI TARIXI” FANIDAN “Kecha va Kunduz” romanida Akbarali mingboshi obrazi mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Ilmiy rahbar: G. Muhammadjonova Farg‘ona - 2023 MAVZU: “Kecha va Kunduz” romanida Akbarali mingboshi obrazi MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………..…………..3 I.BOB. Choʻlpon va Jadid adabiyoti 1.1 Jadidlar davrida Turkistondagi ijtimoiy siyosiy ahvol…………………...........5 1.2 Choʻlpon adabiy merosi va uning oʻrganilishi………………………….……..9 II. BOB. Choʻlpon romanlarida obraz yaratish mahorati Choʻlpon ijodida “Kecha va Kunduz” romanining ahamiyati va undagi obrazlar xususiyati……………………………………………………….……20 2.2 Choʻlponning obraz yaratish mahorati: Akbarali mingboshi obrazi tavsifi.......................................................................................................................22 Xulosa…………………………………………………………………………….25 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati………………………………….…………27 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon oʻg‘li Yunusov — Choʻlpon 1897 yilda Andijonning “Qatorterak” mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Uning ilk ijodi ijtimoiy va madaniy hayot haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. Otashqalb shoirning yuksak hissiyotga yoʻg‘rilgan she’rlari tezda uni elga tanitdi, turkiy dunyoga mashhur qildi. Ayni chog‘da uning hurlikni, ozodlikni alqagan she’riyati oʻzbek xalqida ona diyorga muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyaladi. Choʻlpon nasrda ham ijod qildi. Uning nazokat va nafosatga vobasta qalami “Oydin kechalarda”, “Qor qoʻynida lola” hikoyalarida va “Kecha va kunduz” romanida yorqin aks etgan. Adib jahon adabiyotining nodir asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan oʻgirdi. Shoir tarjimasidagi V. Sheksspirning “Hamlet”i oʻzbek tarjima san’atining shoh namunasidir. Dastlab, madrasada, soʻngra rus-tuzem maktabida oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan. 1914-yil Toshkentga kelib, “Sadoi Turkiston” gazetasi bilan hamkorlik qilgan. „Yangi Sharq“, „Ishtirokiyun“da rais, „Buxoro axboroti“ gazetasida muharrir, „Turon“ teatrida direktor, „ Mushtum “ jurnali va „ Darxon “ gazetasida texnik muharrir va adabiy xodim, Oʻzbek drama studiyasi va Oʻzbek davlat drama teatrida adabiy xodim, Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon, „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallari hamda „Teatru“ gazetasida adabiy xodim vazifasida xizmat qiladi. Download 59.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling