Oʻzbek tili yoʻnalishining 3-kurs 20. 93-guruh talabasi durdona isroilovaning “Oʻzbek adabiyoti tarixi” fanidan
Choʻlpon adabiy merosi va uning oʻrganilishi
Download 59.39 Kb.
|
CHULPAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorqinoy” dramasi”
1.2 Choʻlpon adabiy merosi va uning oʻrganilishi
Eski maktabda savod chiqarib, keyinchalik rus tuzem maktabida tahsil olgan Choʻlpon 1914 yili Toshkentga keladi va oʻz faoliyatini “Sadoi Turkiston” gazetasi bilan bog‘laydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bog‘chasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916-1917 yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib boʻlib ishlaydi. Soʻng Toshkentga qaytadi. 1920 yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920 yili Bokuda boʻlgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. Oʻsha yili Fitrat taklifi bilan Buxoroga boradi va oʻzbek tilida chiqadigan “Buxoro axbori” gazetasiga rahbarlik qiladi. Bir yilcha ishlab Toshkentga qaytadi. Adabiyot va madaniyat ishlari bilan shug‘ullanadi. 1924-1926 yillarda Choʻlpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan Oʻzbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi. Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmadi. Ta’qib va tazyiqlarga qaramay, u qizg‘in ijodiy faoliyat bilan shug‘ullandi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlaydi. Choʻlpon 1937 yil 14 iyulda qamoqqa olinadi va 1938 yil 4 oktyabrda otib oʻldiriladi. Choʻlponning “Oʻzbek yosh shoirlari” , “Goʻzal yozg‘ichlar”, “Adabiyot parchalari” majmualarida chop etilgan she’rlari, oʻz she’rlari asosida nashr qilingan “Uyg‘onish”, “Buloqlar”, “Tong sirlari”, “Soz” kabi toʻplamlari yangi oʻzbek she’iyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Uning “Kecha va kunduz” (1936) romani, “Doʻxtur Muhammadyor”, “Qor qoʻynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oydin kechalarda” hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi. Choʻlponning “Yorqinoy”, “Xalil farang”, “Choʻrining isyoni” (1926), “Yana uylanaman”, “Mushtumzoʻr”, “Oʻrtoq Qarshiboev”, “Hujum” kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi. Milliy istiqlol va ozodlik g‘oyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi. Choʻlpon Pushkinning “Dubrovskiy”, “Boris Godunov” asarlarini, Gorkiyning “Ona” romani va “Egor Bulichev” pe’sasini, Lohutiyning “Evropa safari”ni, Gotsiyning “Malikai Turandot”, Shekspirning “Hamlet” dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi. “Choʻlponning adabiy merosi she’riyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda tarjimalardan iborat. Choʻlpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U "Yoʻl esdaligi", "Vayronalar orasidan" kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida oʻtgan asrning 20-yillaridagi mustamlaka oʻlka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir san’atini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi.” 4Choʻlponning nasriy va dramatik asarlari “Oydin kechalarda» Choʻlponning adabiy merosida “Kecha va kunduz” romanidan tashqari, yana bir necha hikoyalari ham borki, ular nafaqat g‘oyaviy mazmuni, balki badiiy fazilatlari bilan ham diqqat-e’tiborga sazovordir. Shunday hikoyalardan biri “Oydin kechalar” deb ataladi. 1922-yilda yozilgan, bu hikoyada Choʻlpon ijodining yana bir asosiy mavzularidan birida-xotin-qizlar masalasi koʻtarilgan. Hikoya shunday tasvir bilan boshlanadi: “Zaynab kampir bir narsadan choʻchib uyg‘ondi. Oppoq oydin, oy kampir yotgan soʻrichaning qoq oʻrtasidan unda-munda bitta-yarimta uchragan oq bulutlarni yorib, shoshib oʻtib borar edi. Kampir u yog‘-bu yog‘iga yaxshilab qarab, oydinda hech bir qora-mora uchratmagandan keyin yana bolishga boshini qoʻydi...”5 Bunday muqaddima soʻzlardan keyin kitobxon Zaynab kampirni hikoyaning bosh qahramoni, deb oʻylashi va uning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishi tabiiy. Yozuvchi ham kitobxonda uyg‘ongan ana shu taassurotni xuddi sezgandek, kampirning xayollarini tortgan “pilta savat, koʻrpa qavuq ipdan tortib, bu yil pilladan chiqadigan ipakkacha»-hammasini erinmay tasvirlaydi. Soʻng kampirning arang uyquga ketgani va, koʻp oʻtmay, uyqu aralash yig‘i tovushini eshitganini aytadi. Xuddi shu yerdan boshlab hikoyaning tuguni boshlanadi. “Bu kim? Kechalari uxlamasdan yig‘lab chiqquchi kim? Hamma tinch va rohat uyquga tolgan bir zamonda qalbini yaralab yig‘laguchi qanday baxtsizdir?..”6 Kampir yig‘layotgan ayolni Xadicha otinning kelini desa, bugun uning dugonalari kelib, “ikki xuftongacha” oʻyin-kulgi qilishdi. Balki qoʻshnining kelinidir... “Mana, kampirning oʻz kelini, uy-joyi, kiyim-kechagi-hamma narsasi tayyor... Novdadek kuyov yonida...” Kampir shunday xayollar bilan yig‘i kelgan tomonga asta borib, ne koʻzlar bilan koʻrsinki, yig‘layotgan ayol oʻzining kelini edi. Choʻlpon shu lahzaga qadar voqeani tabiat manzaralarini tasvirlash va kampirning xayollarini jonlantirish orqali ochayotgan edi. Endi qaynona bilan kelin yuzma-yuz kelganlarida, hikoyaga oʻz-oʻzidan savol-javob usuli kirib keladi: “-...Aylanay, bolam, Qodirjon qani? - Qodirjonni soʻramang, onajon...Mana, kelin boʻlib kelganimga bir yarim oydan oshgan boʻlsa, shu bir yarim oyning ichida ikki kechagina birga boʻldik... Boshqa kunlarda har kecha kuta-kuta tong otdirib yuboraman. Shuncha kun chidab kelib-kelib, mana bu kun oʻz qadrimga oʻzim yig‘lab yubordim. Qandoq qilay? Men odam emasmi?” Vaziyatni tushungan kampir nima deyishni ham bilmaydi. “- Otasi ham shundoq edi, qizim”. Kampirning qarigan, qurigan koʻzlariga yiroq-yiroq yerlardan ikki tomchi yosh keladi. Butun tanini, butun a’zolarini bosib, ezib, sidirib kelgan shu ikki tomchi yoshini yengi bilan artgandan keyin shunday deydi kampir. -Xoʻsh, Qodirjonning otasi nega uyga kech qaytgan? Qodirjonning oʻzichi? Ular qanday tashvishlar bilan band? Turmushning qaysi yechilmas tugunlari tufayli ular oilalari bag‘rida yashashmaydi?.. Bunday savollarga shu payt mast-alast holda uyga kirib kelib, obrezga yiqilgan Qodirjonning holati va “Gde, gde moya Anna, gde moya Annushka?” degan telba-teskari ashulasi javob beradi. Qizil shohi koʻylak, qop-qora sochlari yerda sudralgan iffatning, nafosatning, mehrigiyoning qadrini oyoqosti qilib, otasining iflos odatini davom ettirgan Qodirjon hikoya xotimasida razil va pastkash bir inson sifatida gavdalansa, oʻn gulidan bir guli ham ochilmagan kelin goʻzallik va ezgulikning xorlangan ma’budasi oʻlaroq koʻrinadi. Yoʻq, u razillik va pastkashlik oldida mag‘rur qoya singari qad koʻtarmaydi. Balki razillikdan ozor chekayotgan, razillikka qarshi kurashga tayyor boʻlmagan, shuning uchun ham mehr va madadga, koʻmakka muhtoj ayol sifatida e’tiborimizni tortadi. Choʻlponning bu hikoyasida biz ikki holatni koʻramiz. Choʻlpon xotin-qizlarga munosabatning kirib kelishi yaxshi boʻlmagani, ular haq-huquqining kamsitilgani uchun jamiyat e’tiborini ayollar taqdiriga qaratmoqchi boʻlgan.Ikkinchidan, mustamlakachilik davrining boshlanishi bilan bizga ichkilikbozlik, axloqsizlik singari illatlar natijasida xotin-qizlarni kamsitish yanada avjiga chiqqan. Choʻlpon “Oydin kechalarda” hikoyasida ana shu illatlarni bartaraf etish, oʻzbek xotin-qizlariga xos vafo, iffat, goʻzallik va ruhiy boylikning qadriga yetish hamda ularga boʻlgan munosabatni keskin oʻzgartirish g‘oyasini ilgari suradi. Hikoya hajm nuqtayi nazaridan kichik boʻlishiga qaramay, yozuvchi unda Zaynab kampirning ham, kelinning ham ruhiy holatini katta mahorat bilan ochgan. Badiiy tafsillarning koʻpligi va aniqligi hikoyada hayot haqiqatining yorqin va haqqoniy tasvir etilishiga katta imkoniyat yaratgan. Umuman, muallif bu hikoyasi bilan kelajakda katta epik asar yozish darajasiga yaqinlashib borayotganini namoyish qilgan. “Yorqinoy” dramasi”. Choʻlponning dramaturgiya sohasidagi ilk asarlari 20-yillar arafasida maydonga kelgan, shuningdek, 1920-yilda yozilgan “Yorqinoy” dramasi ham kichik sahna asari edi. Shuning uchun ham Moskvadagi oʻzbek drama studiyasida sahnalashtirish uchun mahalliy mavzudagi asarlarga ehtiyoj tug‘ilganida Choʻlpon mazkur pyesani qayta ishlab, uni 1926-yilda kitob shaklida nashr etdi. Pyesaga Choʻlponning bag‘ishlov soʻzlari ilova etilgan: “Totli va boy tili bilan ertak (choʻpchak) aytib berib, shu asarning yozilishiga sabab boʻlgan KAMPIR ONAga hurmat bilan bag‘ishlayman”. Bu soʻzlardan ma’lum boʻlishicha, “Yorqinoy” pyesasi zaminida Choʻlponning “kampir onasi”dan eshitgan xalq ertagi yotadi. Ayrim manbalarda esa “Yorqinoy” pyesasida Andijondagi Poʻlatxon qoʻzg‘oloni bilan bog‘liq voqealar aks ettirilgan, degan fikr ham mavjud. Bizningcha ham, Choʻlpon yoshligida “kampir onasi”dan Poʻlatxon qoʻzg‘oloni haqidagi ertaknamo voqeani eshitgan va mazkur asarni yaratishda shu ertak-voqeadan foydalangan boʻlishi mumkin. “Yorqinoy”ning qisqacha mazmuni quyidagicha: Oʻlmas botir ismli sarkardaning qarorgohida bog‘bonlik qilgan Poʻlat bilan uning qizi Yorqinoy oʻrtasida muhabbat shabadasi esa boshlaydi. Poʻlat bu uyning oddiy xizmatkori, Yorqinoy esa xonzodalarga mos qayliq boʻlgani uchun bog‘bon yigit oʻz sevgisining baxtli natija bilan tugashi mumkinligiga ishonmay, Oʻlmas botir xonadonidan ketmoqchi boʻladi. Shu payt Poʻlatni Yorqinoy bilan tanholikda uchratib qolgan botir uni benomuslikda, koʻrnamaklikda ayblaydi. Yorqinoyni ham or-nomusni unutib, faqir bir xizmatkor bilan uchrashgani uchun oʻldirishga tayyor ekanligini aytadi. Yorqinoy esa haq yoʻlida oʻlimga-da tayyor. Shuning uchun ham u boʻynini egganida Oʻlmas botir: “Otang nohaq yerga bir qatra qon toʻkkan emas. Mundan keyin ham toʻkmaydir!” deb mag‘rur javob beradi. Oʻlmas botir va unga oʻxshash kimsalar uchun haq ikki xil boʻlgan: oʻzlari uchun va oʻzgalar uchun. Oʻzlari uchun mavjud boʻlgan haq uni oʻzining yolg‘iz qizini jazolashga imkon bermaydi. Lekin oʻzgalar uchun haq tushunchasi uni shu lahzaning oʻzida Poʻlatni qatl etish uchun yoʻl ochadi: “Ammo, -davom etadi u Poʻlatni koʻrsatib, -mana bu koʻrnamakning qoni toʻkilsa, asli nohaqlik boʻlmaydir!” Ana shunday e’tiqod bilan yashagan Oʻlmas botirning halol inson emas, balki zolim va qonxoʻr sarkarda ekanligi ma’lum boʻladi. U bilan ilk bor toʻqnashgan va yuzma-yuz olishishga majbur boʻlgan Poʻlat oʻzining va otasining kim ekanligini undan soʻrab bilmoqchi, oʻz ajdodlarining taqdiri toʻg‘risida xabar topmoqchi boʻladi. Lekin kutilmaganda bu narsa Oʻlmas botirning eng dahshatli siri ekanligi oshkor boʻlib qoladi. Choʻlpon pyesaning bu muhim dramatik nuqtalaridan birini bunday tasvirlaydi: “Poʻlat (qaltirab). Botir, pardani ochish zamoni kelganga oʻxshaydir. (Koʻziga qarab olib.) Mening otam kim? Botir (bir qurshashib rangi oʻchib oladir, soʻngra oʻzini toʻxtatib olib, bemalol). Otang-bir qishloqi! Poʻlat. Qani oʻsha qishloqi? Nimaga men sizning dargohingizda, sizning non-tuzingizga qarab qolganman? Botir. Oʻzini boqolmagan bir qishloqi seni biti bilan boqsinmi? Oʻzi boqolmagandan keyin menga berib ketgan-da! Otang seni: «Botirning qizi bilan oʻynashsin, Botirni el-xalq oldida yerga qaratsin!” deb qoldirgan edimi? (Qizib.) Qani, ayt, benomus, gapir! Poʻlat. Botir, siz gapni boshqa yoqqa burmang, baribir ish xunuk boʻladir. Oʻsha otam qani? Nimaga menga koʻrsatmaysiz? Botir. Otangni men qaydan bilay? Yegani ovqat topolmay, ochidan oʻlib ketgandir. Men senga kam otalik qildimmi? Nonkoʻr! (Yana qizib.) Men senga: “Qizimga oʻynash boʻl!” deb otalik qildimmi? A? Poʻlat (qaltirab, Botirning koʻziga qarab olib). Uyalmaysizmi? Uyalmaysizmi? Astag‘furulloh... (Bir-ikki qadam orqasiga qaytadir.) Botir. Men kimning ona qoʻynidagi qizi bilan oʻynashibmankim, uyalsam? Poʻlat (yugurib kelib). U... yong‘oqning tagidagi xandaq kimning goʻri? (Botir choʻchib, orqasiga jiladir, lekin oʻzi jim; Poʻlat borgan sari unliqib.) Bir xandaqda necha kishining boshi bor? (Qoʻynidan bir roʻmolchada mayda suyaklar olib tashlab.) Mana bu suyaklar kimniki? Nimaga yong‘oq tagidagi xandaqda chirib ketgan? (Yonidan bir qog‘oz olib.) Mana bu ariza kimniki? (Baqirib.) Kimniki, deyman? Ariza berganlar qani? (Yerdan suyaklarni olib, Yorqinoyning oldiga tashlaydir.) Mana shular emasmi ariza berganlar? Mening otam, akam, tog‘am, yana boshqa qancha qavm-u qarindoshlarim shu bir hovuch suyakning ichida emasmi? Gapiring! Nimaga damingiz chiqmay ketdi? (Botirning qilichi qoʻlidan tushib ketadir, rangi oppoq oqaradir, kasal odamday boʻshashib, holsiz turib qoladir.)...” 7 Poʻlat bilan Oʻlmas botir oralarida boʻlib oʻtgan ana shu dialog pyesada g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Bu sahnada ishtirok etgan Yorqinoy Poʻlatning shu soʻzlarini tinglar ekan, otasining qanday inson ekanligini kashf etadi. Garchand “hunari goʻrkovnikidan yomon” boʻlgan ana shu otaning farzandi boʻlganiga qaramay, undan voz kechib, Poʻlat ortidan ketish va hatto otasiga qarshi Poʻlat tarafida turib jang qilishdan toymaydi. Xoʻsh, bu hol ma’naviyat mezonlariga toʻg‘ri keladimi? Otaga qarshi jang qilish -qanday maqsad yoʻlida boʻlmasin - oqpadarlik emasmi? Agar biz Choʻlpon ijodi va ijtimoiy faoliyatining negiz-negiziga nazar tashlasak, uning uchun faqat bir sajdagoh bor ekanligini koʻramiz. Bu xalqdir. Xalq qayerda boʻlsa, haq ham oʻsha yerda boʻladi. Shuning uchun ham Choʻlpon otasi orzu qilgan mudarrislik kasbini tanlamay, oʻzini xalq baxt-saodati yoʻlida mashaqqat va azoblar bilan toʻla kurashga bag‘ishlagan edi. Yorqinoyning ham “hunari goʻrkovnikidan ham yomon“ otasidan voz kechib, Poʻlat sarkardasi boʻlgan xalq bag‘riga otilishida Choʻlpon tushungan hayot ma’nosi yotadi. Choʻlponning dunyoqarashi insonparvarlik, millatparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan edi. Uning koʻplab ocherk va publitsistik maqolalari xalq hayoti va taqdiriga bag‘ishlangan. "Oʻsh", "Bahor ovullari", "Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar" kabi asarlarida ana shu tendensiya koʻzga tashlanadi. Choʻlpon 1920-1924-yillar mobaynida juda koʻp publitsistik maqolalar, yoʻl taassurotlari va esselar ("Sharq uyg‘ongan", "Yoʻlda bir kunduz", "Yoʻlda bir kecha", "Yoʻl esdaligi", "Chimkent", "Quturgan mustamlakachilar", "Choʻpon" kabi asarlar yozdiki, ularning g‘oyaviy-badiiy ahamiyati chin ma’noda yuqori edi. Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Choʻlpon ham ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat koʻrsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist boʻlishi bilan birga, barkamol munaqqid, mohir adabiyotshunos, oʻziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham boʻlgan. “Uning badiiy asarlari xalq ma’naviyatini shakllantirishda qancha muhim rol oʻynagan boʻlsa, adabiy-tanqidiy maqolalari ham shunchalik katta qimmatga ega. Ammo istibdod zamonida Choʻlpon ijodini oʻrganish u yoqda tursin, nomini tilga olish ta’qiqlangani uchun keng jamoatchilikkina emas, hatto adabiyotshunos mutaxassislar ham Choʻlpon ijodining bu qirrasi toʻg‘risida g‘oyat mavhum va tumanli tasavvurga ega edilar. Faqat soʻnggi yillardagina Sh. Turdiev, N. Karimov, B. Doʻstqoraev, M. Olimov, U. Dolimov, Z. Eshonova, D. Quronov, U. Sultonov kabi adabiyotshunoslarning harakati bilan Choʻlponning. inqilobdan oldin va keyin chop etilgan, hozir esa topilishi amri mahol boʻlib qolgan, jurnallar va gazetalarda sochilib yotgan adabiy-tanqidiy asarlari ilmiy muomalaga kira boshladi. Surxondaryolik yosh choʻlponshunos N. Yoʻldoshev esa Choʻlpon hayoti va ijodiga doir bibliografiya e’lon qilib, unda birinchi marta Choʻlpon maqolalarining roʻyxatini berdi.”8 Bibliografiyada koʻrsatilishicha, shoirning 1914—1937 yillar mobaynida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalari hozircha 63 ta ekan. Izlanishlar davom ettirilsa, bu raqamning koʻpayishi turgan gap. Maqolalar bilan tynishish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, Choʻlpon oʻzini professional munaqqid yoki muayyan akademik qoidalar asosida ish yurituvchi adabiyotshunos olim deb hisoblagan emas. Choʻlpon estetika bobida, san’at nazariyasida yangi sahifa ochgan emas, jahon san’atini va san’atshunosligini batamom yangi yoʻllarga burib yuboradigan tugal ta’limot ham yaratmagan. Shunga qaramay, yangn oʻzbek adabiyoti tarixini Choʻlponning adabiy-tanqidiy faoliyatisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Yangi oʻzbek adabiyotini shakllantirishda, 20—30-yillardagi g‘oyat murakkab ijodiy kurashlar muhitida unda izchil realistik uslubning ustivorligini ta’minlashda Choʻlponning adabiy-tanqidiy qarashlarining ahamiyatini kamsitish mumkin emas. Choʻlpon munaqqid sifatida, birinchi navbatda, adabiyot va san’atning amaliy masalalari bilan shug‘ullangan, yanada aniqroq aytganda, ma’naviy uyg‘onish va madaniy rivojlanish asosida adabiy jarayon davomida qoʻndalang boʻlgan dolzarb muammolarga javob topishga intilgan, shu tarzda adabiyotni oʻz davrining ilg‘or g‘oyalari bilan boyitishga, Sharq va g‘arbning bebaho tajribasini yangi oʻzbek adabiyotiga olib kirishga harakat qilgan. Choʻlponning birinchi tanqidiy asari “Adabiyot nadur?” degan maqola boʻlib, “Sadoi Turkiston”gazetasida 1914 yil 4-iyun kuni e’lon qilingan. Bu maqola, umuman, Choʻlponning matbuot yuzini koʻrgan ilk asarlaridan biridir. Choʻlpon uni 16 yoshida yozgan. Maqola shaklan juda ixcham boʻlsa-da, mazmunan g‘oyat teran. Undagi fikrlar va mulohazalar shu qadar pishiqki, 16 yashar oʻsmirning shunchalik tiyraklik bilan qalam tebratganiga qoyil qolmay ilojingiz yoʻq. Faqat favqulodda iqtidorga ega odamgina 16 yoshida tafakkurning bunchalik yuqori pog‘onalariga koʻtarilishi mumkin. Sarlavhaning oʻzidanoq ayon koʻrinib turiptiki, maqola juda muhim masalaga bag‘ishlangan. Adabiyot adabiyot boʻlgandan beri Sharqda ham, G‘arbda ham ne-ne buyuk iste’dod sohiblari “Adabiyot, san’at nadur? Uning kimga keragi bor? San’atkor kim? U jamiyat oldida burchdormi? Burchdor boʻlsa, bu burch nimalardan iborat? Burchdorlik bilan ijod erkinligi oʻzaro qanday chiqishadi?” kabi muammolarga roʻpara kelishgan. Koʻrinib turiptiki, bular ijodning hayot-mamot masalalari, ijodkor ularni loaqal oʻzi uchun hal qilmay turib, e’tiqod qilib olsa arziydigan estetik nrintsiplarni aniqlamay turib samarali ijod qilolmaydi. Lekin shunga qaramay, hanuz adabiyot va san’atning yetakchi xossalarini qamrab oladigan, hamma davrlar uchun baravar ma’qul boʻladigan universal ta’rif, mukammal javob topilgani yoʻq. Buyuk san’atkorlarning javoblarida ham masalaning ayrim jihatlarigina, adabiyot va san’atning ayrim xislatlari, ayrim fazilatlarigina ifodalanadi. Choʻlpon sheʻriyati 2O-yillardayoq adabiy tanqidchilik diqqat markaziga tushib, keskin adabiy-mafkuraviy bahs munozaralarga sabab boʻlgan boʻlsa-da, uning nasriy ijodi eʻtibordan chetda qolib keldi. Agar "Kecha va kunduz" haqidagi kichkinagina informasiya va "fosh etish" ruhidagi taqrizni aytmasak, adibning nasriy merosini oʻrganish, asosan, 1987 yildan keyin boshlandi. Hozirgi oʻquvchi Choʻlponning nasriy ijodi haqidagi ilk maʻlumotlarni adib nomini oqlash jarayonida eʻlon qilingan materiallardan olish imkoniga ega boʻldi. "Kecha va kunduz" romani qayta eʻlon qilinganidan keyingina adibning nasriy asarlari tahliliga bag‘ishlangan bir qator maqolalar eʻlon qilindi. Aytish kerakki, Choʻlpon romanining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini umumiy tarzda tahlil qilishga qaratilgan mazkur maqolalarda mavzumizga bevosita aloqador oʻrinlar mavjud. Xususan, O.Sharafiddinov va R.Otaev maqolalarida “Kecha va kunduz” romanning syujet- kompozision qurilishi, undagi obrazlar tizimi, adibning xarakter yaratish mahoratiga oid mulohazalar bildirilganki, ular fikrga turtki berish jihatidan qimmatlidir. Shuningdek, O.Sharafiddinov va N.Karimovning ilmiy-ommabop risolalarida tahlilga tortilgan nasriy asarlar orqali oʻquvchini Choʻlponning badiiyat sirlariga oshno qilishga intilish borligini alohida taʻkidlash joizdir. Keyingi yillarda Choʻlpon nasrini ilmiy asosda oʻrganish, uning badiiy jihatlarini tadqiq etishga intilishning kuchayishi kuzatiladi. Xususan, M.Qoʻshjonov Choʻlpon romanidagi obrazlar sistemasini qator oʻzbek romanlari fonida koʻzdan kechirib, uning kompozision qurilishidagi oʻziga xos nuqtalarga diqqatni tortdi. S.Mamajonov esa “Kecha va kunduz”da hikoya qilishdan koʻra koʻrsatish, “sahnaviylik” xususiyati ustunligini taʻkidlab koʻrsatdi. Aytish kerakki, mazkur ikki nuqta bizning "Kecha va kunduz" haqidagi qarashlarimizda ham muhim oʻrin tutadi. N.Vladimirovaning qator maqolalarida Choʻlpon hikoyalarining badiiy jozibasini taʻminlagan poetik omillar oʻrganildi. Ularda adibning ifoda yoʻsiniga xos ramziylik va uni yuzaga keltirgan omillar, til imkoniyatlaridan foydalanish mahoratiyu uslubiy oʻziga xosligi, milliy xarakter yaratish bobidagi izlanishlari atroflicha tahlil qilindi. Eʻtiborli jihati shundaki, N.Vladimirova Choʻlpon hikoyalari qat-qatiga singdirilgan milliylik ularga umuminsoniy jarango baxsh etganini taʻkidlarkan, ularni (xususan, "Kleopatra"ni) jahon adabiyoti kontekstida olib qaradi. Adabiyot instituti tomonidan yaratilgan "Adabiy turlarlar va janrlar" nomli fundamental tadqiqotning epos nazariyasiga bag‘ishlangan birinchi jildiga Choʻlpon asarlarining ham jalb etilishi muhim ahamiyatga molik boʻldi. Zero, unda Choʻlpon asarlari epik tur va janrlar nazariyasining dolzarb muammolarini hal etish uchun yordamchi materialgina boʻlib qolmadi, avvalo, ularning oʻzi nazariy aspektda yoritildi. Eng muhimi, mazkur tadqiqotda nasrimiz taraqqiyotiga oid ilgarigi tadqiqotlarda ochiq qoldirilgan sahifalar toʻlatildi, Choʻlponning nasrimiz rivojida tutgan oʻrni ilk bora boʻrtibroq koʻzga tashlandi. Ayni paytda, Choʻlpon nasri poetikasining ayrim qirralarini, xususan, xarakter yaratish va xarakterlar psixologizmi masalalarini oʻrganishga qaratilgan maxsus tadqiqotlar ham yozildi. “Choʻlpon asarlari mustabid sovet tuzumi davrida oʻzbek adabiyoti boʻstonidan yulib tashlangani uchun uning ijodini oʻrganish va asarlarini nashr etish ishlarining boshlanganiga koʻp boʻlganicha yoʻq. Shunga qaramay, Choʻlpon hozirning oʻzidayoq xalqimizning eng buyuk va sevimli yozuvchilari qatoridan mustahkam oʻrin egalladi. Ayni paytda, Choʻlponning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bir qator ilmiy hamda ilmiy-ommabop kitob va risolalar maydonga keldi. Biz bu kitob va risolalar bilan tanishar ekanmiz, Choʻlponning XX asrda oʻzbek adabiy tilini shakllantirish va rivojlantirishga katta hissa qoʻshgani, oʻzbek adabiyotini yangi, zamonaviy adabiy janrlar bilan boyitgani, zamonaviy tarjima maktabiga asos solgani, shuningdek, milliy teatrimizning asoschilaridan biri boʻlganiga amin boʻlamiz.”9 Download 59.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling