O‘zbek tilida payt munosabati ifodalovchi lisoniy vositalar Sheraliyeva Dilnoza Qurvonali qizi
Erta turgan kishini, xudo o‘nglar ishini. (O‘zbek xalq maqoli); - Yo‘q, yo‘q qizim, - dedi qushbegi, - men nega kecha
Download 85.5 Kb.
|
Dilnoza maqola
Erta turgan kishini, xudo o‘nglar ishini.
(O‘zbek xalq maqoli); - Yo‘q, yo‘q qizim, - dedi qushbegi, - men nega kecha va o‘tgan kunlarda olib kelmadingiz demakchiman. (A.Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanidan) Ammo tilshunoslikda ravishni ham ma’no turiga ajratish nisbiydir. Chunki ko‘chma ma’noda qo‘llangan ravish bir ma’no turidan boshqasiga o‘tib ketadi: Ishxonamiz yaqinda joylashgan - o‘rin ravishi. Yaqinda qishloqqa boraman - payt ravishi. 3 Zamon(payt) bildiruvchi sifatlar qachon, qachongi so‘roqlariga javob bo‘lib, predmet-hodisaning, qisman harakatning vaqtini bildiradi. Bunday sifatlar otdan oldin kelib gap tarkibida uni izohlaydi. Misol uchun: - Seni hozir shunday deb atashadi. Avvalgi oting esingdami?Asli ismingni eslab ko‘r-chi. (Ch.Aytmatov “Asrga tatigulik kun” romanidan) Sifatni xuddi ravish kabi lug‘aviy ma’no turiga ajratish nisbiydir. Ma’no ko‘chishi natijasifa ma’no turi ham o‘garadi. Masalan: kuzgi ko‘ylak (xususiyat) – kuzgi kartoshka (payt); ilk bahor kunlari (payt) – g‘azalning ilk misrasi (o‘rin). Qachon so‘roq olmoshi ish-harakatning bajarilish paytini bildirish uchun ishlatiladi va gapda hol vazifasida keladi. Masalan: Bu beiymon kazzoblar qachon til biriktirgan? Bu diyonatsiz insonlar, bu amir - u umarolar, arkoni harb va arkoni davlatlardan hazar, alhazar! (O.Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi” romanidan) Payt ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelish paytini bildiradi. 4 Sahar palla tong yorisha boshlaganda, dushmanni har tomondan o‘rab olib bosmoq lozim. (P.Qodirov “Humoyun va Akbar” romanidan) Payt munosabatini ifodalaydigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ma’lum bir paytda yuz beradigan voqelikni aks ettiruvchi qo‘shma gaplardan tashkil topadi. Bunda belgi-xususiyatning bir paytda, birgalikda yoki ketma-ket ro‘y berishi ifodalanadi. Masalan: U gapirolmay qoldi, ko‘z tagidagi ko‘k xaltachalari titrab, yig‘lab yubordi. (A.Muxtor “Chinor” romanidan) Anglashiladiki, payt munosabatini ifodalaydign bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari biri ikkinchisiga tobe bo‘lmaydi, ular umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi. Payt munosabatiga kirishgan qo‘shma gaplarning muhim belgilaridan biri gaplarda tarkibiy qismlar sanash ohangi bilan talaffuz qilinadi.5 Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki o‘zbek tilida payt munosabatini bildiruvchi lisoniy vositalar talaygina. Ular matn tarkibida kelganda ish harakatning sodir bo‘lish vaqtini aniq yoki umumlashgan holatda ko‘rsatadi. Ba’zi sifat va ravishlar esa ma’no ko‘chishiga uchrab payt mazmunini emas balki, boshqa mazmunni ham yuzaga chiqaradi. -Sa shart mayli shakli esa ergash gapli qo‘shma gaplarda asosan payt, qisman sabab va maqsad mazmunini ko‘rsatadi. Fe’lning zamon shaklida esa payt munosabati yaqqol ko‘rinib turadi. Zamon shakllari orasidagi ma’nodoshlikda ish-harakatning qaysi zamonda ekanligi matnga qarab aniqlanadi. Download 85.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling