O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet106/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

1-topshiriq. Berilgan so‗zlar tarkibidagi birinchi undoshni muqobillari bilan almashtiring. Hosil bo‗lgan so‗z ma‘nolarini tushuntiring.
Bog‗, loy, ko‗l, jo‗ra, karam, til, poda, qor, varrak, kim
Agar berilgan so„zlarga e‟tibor bersak, o„nta so„z ham o„quvchi uchun tushunarli bo„lgan oddiy so„zlar ekanligini ko„ramiz. Shu o„rinda o„quvchilarga mazkur topshiriqni bajartirish uchun ularni 4-5 o„quvchdan iborat kichik guruhlarga bo„lish ham samara beradi.
*Bu o„rinda us, chut, chul so„zlari tuyani boshqarishda ishlatiladigan haydash-chaqirish undovlari sirasiga kiradi.
218
Kichik guruhlar shu 10ta so„z boshidagi undoshni boshqa undoshlarga almashtirish natijasida qariyb 85ta yangi so„z topishadi, berilganlar bilan qo„shsak, ular miqdori 95ta bo„ladi.
(Bular quyidagilar: bog‗, dog‗, sog‗, tog‗, yog‗, zog‗, chog‗, loy, boy, hoy, joy, moy, soy, toy, voy, yoy, choy; ko‗l, bo‗l, go‗l, ho‗l, mo‗l, qo‗l, so‗l, yo‗l, g‗o‗l, cho‗l; jo‗ra, ko‗ra, qo‗ra, so‗ra, to‗ra, g‗o‗ra, sho‗ra; karam, haram, qaram, taram, g‗aram; til, bil, dil, fil, gil, hil, mil, Nil, qil, sil, xil, yil, zil; poda, boda, loda, moda, soda, xoda, zoda, shoda; qor, bor, dor, kor, lor, mor, nor, sor, tor, xor, yor, zor, g‗or; varrak, karrak, narrak, parrak, tarrak, xarrak; kim, dim, him, jim, lim, mim, nim, Rim, sim, tim, zim, shim, chim...)
Berilgan tovushdosh so„zlar ichida shakldoshlar (bog‗, sog‗, yog‗, chog‗, toy, voy, choy, bo‗l, ko‗ra, to‗ra, karam, taram, til, fil, qil, hil, zil, moda, soda, qor, bor, tor, yor, parrak, xarrak, sim, tim, chim); zid ma‟nolilar (nim-lim, bog‗-cho‗l, boy-xor, hil-g‗o‗ra, bog‗-tog‗); uyadoshlar borligini inobatga olsak, so„zlar miqdori, taxminan, 120tadan oshadi.Yuqorida ko„rsatilgan o„rtacha 30-35 foiz so„zlarning lug„aviy ma‟nosi o„quvchi uchun tushunarli emas. Chunonchi, o„quvchi ”karam–poliz ekini” ekanligini yaxshi biladi. Ammo karam so„zining mavhum ot sifatidagi ma‟nosini hamisha ham bilavermaydi. Zero,
Karam [arabcha so„z]– muruvvat, marhamat, himmat, saxovat, yaxshilik kabi ma‟nolarni ifodalaydi.
Yoki xarrak so„zini olaylik:
Xarrak I – qishloq sharoitida devorning balandroq (bo„y yetmas) joylarini loysuvoq qilishda oyoq ostiga qo„yiladigan taxta buyum.
Xarrak II – milliy sozlarimizdan rubob, tanbur, qo„shtor kabilarning simini ko„tarib turuvchi (yog„ochdan yasalgan) kichik buyumcha.



  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling