O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet124/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

7-jadval




Fe‟l, ot, sifat, ravish turkumlari doirasida yangi

lug„aviy birlik yasaydi.


Fe‟l, ot, sifat, son, olmosh so„z turkumlari doirasida lug„aviy ma‟noni biroz o„zgartiruvchi shakl yasaydi.


So„zni so„zga bog„laydi. 1.Kelishik qo„shimchalari 2.Egalik qo„shimchalari 3.Shaxs-son qo„shimchalari 4.Zamon qo„shimchalari 5.Mayl qo„shimchalari
257
So„z yasovchi affikslar muayyan asosga qo„shilib yangi lug„aviy ma‟noga ega bo„lgan so„z hosil qiladi, so„zning leksik (lug„aviy) ma‟nosi shakllanishida ishtirok etadi. Fe‟l, ot, sifat, ravish yasovchi affikslar so„z yasovchi hisoblanadi: gul+la=gulla, quvon+ch=quvonch, bezak+li=bezakli, mard+ona=mardona


  1. So„z shaklini hosil qiluvchi (forma yasovchi) affikslar so„z ma‟nosiga ta‟sir etib, uni biroz o„zgartiradigan, ammo yangi so„z hosil qilmaydigan qo„shimchalardir. Bular quyidagilar:

–fe‟llardagi nisbat qo„shimchalari (Kitob o‗qildi., Bola yuvindi., Qizcha opasiga uy tozalashdi., Kichiklarga mehr ko‗rgazing., Shafyor mashinasini yurg„azdi., Ukamni ariqchadan o‗tkazdim., Bog‗ga ko‗chat o‗tqazdik., Hamshira bemorning og‗ziga suv tomizdi., Akam menga chizgan suratini ko‗rsatdi va h.);
–fe‟lning modal shakllarini hosil qiluvchi qo„shimchalar (ezg„ilamoq, tortqilamoq, titkilamoq, yugurgilamoq, ishqalamoq, to‗lishmoq, yig‗lamsiramoq, oqarinqiramoq va h.);
–fe‟lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllarini (shuningdek, fe‟lning bo„lishsizlik shakli*ni) hosil qiluvchi qo„shimchalar;
Shuningdek, otlardagi kichraytirish-erkalash qo„shimchalari, ko„plik shaklini hosil qiluvchi qo„shimcha; sifatlardagi daraja kategoriyasi qo„shimchalari; sonning ma‟no jihatidan turlarini yuzaga keltiruvchi qo„shimchalar lug„aviy shakl yasovchilar hisoblanadi.

  1. Aloqa-munosabat (sintaktik shakl yasovchi) qo„shimchalar so„zning lug„aviy ma‟nosiga umuman ta‟sir etmaydi. Aloqa- munosabat qo„shimchalari sintaktik munosabat (so„zlarni o„zaro biriktirish) uchun xizmat qiladi. Aloqa-munosabat qo„shimchalari tarkibiga 5 toifadagi qo„shimchalar (jumladan, 1) kelishik qo„shimchalari; 2) egalik qo„shimchalari; 3) shaxs-son qo„shimchalari; 4) zamon qo„shimchalari; 5) mayl qo„shimchalari) kiradi.


  • Fe‟lning bo„lishsizlik shaklini hosil qiluvchi qo„shimcha (-ma va uning variantlari)ning lug„aviy shakl hosil qiluvchi birlik ekanligi munozarali. (Sababi, zamonaviy tilshunoslik kesimlik kategoriyasi (tasqiq/inkor, zamon, mayl, shaxs/son) tarkibiga kiruvchi affikslarni haqli ravishda aloqa-munosabat shakllari ekanligini e‟tirof etadi. Fe‟llarning bo„lishli/bo„lishsizlik kategoriyasi sintaktik jihatdan to„laligicha tasdiq/inkor ma‟nosini beradi.

258
Qo„shimchalar tuzilishiga ko„ra sodda (-chi,-la,-lik,-lar) va murakkab (-chilik,-garchilik,-lan,-lash, larcha) bo„ladi.
Demak, o„zak va qo„shimchalar so„zning ma‟noli qismlari hisoblanadi. Affiksal morfemalar o„zak morfemaga birikish xususiyatiga ko„ra muayyan tilning o„ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O„zak morfemalarning tabiatiga ko„ra tillar asosan agglyutinativ va flektiv tillarga bo„linadi.
Turkiy tillar, jumladan, o„zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko„ra agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya “ketma- ketlik” ma‟nosidagi so„z bo„lib, qo„shimchalarning o„zakka ma‟lum tartib va ketma-ketlikda qo„shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o„zak va qo„shimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglyutinativ tillarda so„z shakllari o„zgarmas holda qo„shiladigan affikslar yordamida yasaladi.
Bunday tillarda affikslar asosan bir grammatik ma‟noni ifodalaydi. Masalan, -lar faqat ko„plik qo„shimchasi sifatida qaraladi. Mazkur qo„shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, kinoyani bildiruvchi ma‟nolari uning uslubiy jihatdan o„ziga xos imkoniyati hisoblanadi.
Turkiy tillarda (o„zbek tilida) o„zakka dastavval, so„z yasovchi qo„shimchalar (morfemalar), keyin shakl yasovchi va oxirida so„z o„zgartuvchi qo„shimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Bu qat‟iy qoida. Masalan, o„rtoqlarcha, mardlarcha so„zlari o„rtoq- lar-cha, mard-lar-cha ko„rinishida emas, balki o‗rtoq-larcha, mard- larcha tarzida ma‟noli qismlarga ajratiladi.
O„zbek tilidagi affiksal morfemalar o„zak morfemadan keyin qo„shilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo„shimchalar o„zbek tili tabiatiga xos emas*.
Ushbu o„rinda o„zbek tilida so„z yasash usullari masalasiga ham qisqacha to„xtab o„tamiz. Mazkur mavzu 6-sinf dasturining boshida (“Morfologiyaga kirish” qismida qisman berilgan bo„lsa, fe‟l, ot, sifat, ravish so„z turkumlarining affiksatsiya va kompozitsiya usullarida yasalishi mustaqil so„z turkumlari sirasiga singdirib yuborilgan.
O„quvchilar dastur va darslikda berigan “So„z tаrkibi hаqidа umumiy mа‟lumоt” mavzusi ta‟limida, asosan, ona tilimiz



  • Tilimizdagi ser-(sersuv), no-(nomard), be-(beimkon), ba-(baquvvat), bo-(boadab) kabi old qo„shimchalar fors-tojik tiliga xos bo„lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‟rifiy omillar ta‟sirida o„zbek tiliga o„zlashib ketgan.

259
agglyutinativ til ekanligini anglashi, shuningdek, asos va affiksal morfemalarni o„z o„rnida qo„llay olishni bilishi zarur. Bunda o„quvchilarga tilimizdagi so„zlarda asos morfema bilan affiksal morfema chegarasi aniq sezilib turishi, asosan, uni flektiv tillar bilan qiyoslash orqali tushuntirish samarali bo„ladi. Masalan,


  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling