O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- So„zlar xazinasi
- 8-jadval
2-topshiriq. She‘riy matnda shoir Yaxshilik, Go‗zallik, Mehr, Vatan so‗zlarini bosh harf bilan yozganligini qanday tushundingiz? Matn mazmunini bitta gapda ifodalang. “So„z yasоvchi qo„shimchаlаr” mavzusi orqali o„quvchi hozirda ham yangi so„zlar yasashda faol bo„lgan qo„shimchalarni farqlaydilar. Shu o„rinda o„quvchilarni tilning yashovchanligini, tirikligini his etishga o„rgatish kerak. topshiriq. Berilgan gaplarni o‗qing va mazmunini izohlang. Tarkibida so‗z yasovchi qo‗shimchalar ishtirok etgan gaplarni ajratib daftaringizga ko‗chiring. Аgаr o„rgаnishni istаmаsаng, hаyot hеch nаrsаni o„rgаtmаydi. Jаmiyatgа оptimistlаr hаm, pеssimistlаr hаm hissа qo„shаdi. Оptimist sаmоlyotni o„ylаb tоpgаn bo„lsа, pеssimist pаrаshyutni iхtirо qilgаn. Unvоnlаr mаmlаkаt uchun kаttа хizmаt qilgаn оdаmlаr hаqidа хаlqni хаbаrdоr qilish uchun o„ylаb tоpilgаn. Оdаm mаmlаkаt vа insоniyat uchun qilishi mumkin bo„lgаn eng kаttа хizmаti – bоlаlаrini tаrbiyalаshidir. topshiriq. So‗zlar xazinasidan berilgan jadvalga mos sozlarni topib joylashtiring.
261
So„zlar xazinasi
3-topshiriq. ‖So‗zlar xazina‖sidagi jadvalga mos kelmaydigan to‗rtta so‗zni ajratib yozing.
O„quvchilar mazkur topshiriqni kichik guruhlarda ishlab quyidagicha bajarishlari zarur:
262
“Tub va yasama so„zlar” mavzusini o„tishda milliylik zaminidan uzilmagan tarbiyaviy ahamiyatga ega matnlar asosida topshiriqlar tuzish va o„quvchiga taqdim etish o„rinli. Jumladan, topshiriq. Berilgan matnni o‗qing. Mazmunini so‗zlab bering. Matn tarkibidagi so‗zlarni quyidagi ikki ustunga ajratib yozing. Ona tilingni asra, aziz zamondosh! Ona tilida aniq fikrlang, adabiy tilda so„zlashing, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Qayerda va kim bo„lmasin, ona tilini kamsitishlariga aslo yo„l qo„ymang. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o„zgarishiga qarab almashtirilsa. Onayizor, vatan, millat kabi tushunchalarning har biri betakrordir. Ona tili ham bitta. Agar o„z xalqingiz orasida soqov va yot bo„lib qolishni istamasangiz, ona tilini puxta o„rganing, uni boshingizga ko„taring. Kishi boshqa tilda bilimli bo„la oladi, ammo faqat ona tilidagi bilimigina bekam-u ko„st bo„lishi mumkin. Ona tilimizni e‟zozlashni, qadrlashni va asrashni ma‟rifiy millatlardan o„rganing. Bilingki, O„z tilini unutgan xalqning, Bog„larida o„sgan gullarni, Chirmab uxlar zaharli ilon. O„z tilini unutgan xalqning, Osmonida porlamas quyosh– Nur o„rnida to„kiladi tosh. (Xurshid Davron she‟ri) topshiriq. Berilgan matn mazmuniga mos keladigan xalq maqollari yoki aforizmlar topishga harakat qiling. Namuna: Tilni unutmoq – elni unutmoq. (Maqol) O„quvchi, odatda, affiksatsiya usulida so„z yasash tilimiz uchun eng sermahsul usul ekanligini, yasama so„zlar, aslida, yasalgan (ishchi, gulzor, g‗ayratli, egovla(moq), yillab), yasalayotgan (sousli (salat), sousla(moq), souschi (ayol); lavashfurush, lavashli 263 (dasturxon), lavashchi, lavashpaz va h.) va yasalishi kutilayotgan (. ) so„zlarga bo„linishini anglashi (yod olishi emas) muhim. (Bu – milliy o„zlikni anglamoqning kichik ko„rinishidir.) Shuningdek, yasalayotgan so„zlar (manbasiga ko„ra) ikki xil – xususiy (individual; okkazional) va umumiy (xalq tomonidan yaratiladigan) bo„ladi. Odatda, okkazionallik ijodkorlar nutqiga xos bo„lib, ular bor-yo„g„i bir martagina (muayyan mazmunni ochib berish uchun) ishlatiladi. Tilshunoslik ilmidan ma‟lumki, istalgan nutqiy jarayonda jamiyat→tafakkur→til→nutqiy sharoit→me‟yor→nutq (og„zaki/yozma) ketma-ketligi namoyon bo„laveradi. Demak, ijtimoiy hayotning turli ko„rinishlari, voqea-hodisalari, tushuncha-yu g„oyalari, ba‟zan ularning muayyan parchalari inson tafakkurida qayta ishlanadi. Tafakkur va uning mahsuli, odatda, tilda moddiylashadi. Til va nutq oralig„ida turgan tafakkur elagi tilda moddiylashgan tafakkur mahsulini nutqiy sharoit(vaziyat)ni inobatga olgan holda tilning o„z qonuniyatlari asosida yuzaga kelgan (ichki) hamda jamiyat a‟zolari tomonidan belgilagan (tashqi) me‟yorlarni inobatga olgan holda nutqning og„zaki yoki yozma shakllariga chiqaradi. Shu o„rinda nutq tilning, til tafakkurning, tafakkur ijtimoiy hayotning oynasiga aylanadi. (Nutqiy sharoit, ichki va tashqi me‟yorlar mazkur jarayonning amalga oshishini ta‟minlovchi birlamchi vositalarga aylanadi.) 8-jadvalDemak, nutqiy jarayon tafakkur mahsulini til hamda nutq vositasida voqelanishini ta‟minlovchi maydon; shu bilan bir qatorda, 264 til hamda nutqning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi vosita hamdir. Nutq til birliklarini yuzaga chiqaribgina qolmay, ba‟zan o„zi ham til birliklari andozalariga mos birliklarni (odatda, so„zlarni, iboralarni) tilga taqdim etishi ham mumkin. Bunday so„zlar, iboralar nutq hodisasi sifatida matnga yoki biror ijodkorning individual uslubiga xos birlik tarzida yuzaga keladi va shu o„rinda takrorsiz qolib ketadi yoki kishilarning nutqiy faoliyatida tezda faollashib, til tarkibiga singib, uning me‟yoriy birligiga aylanib ketishi ham ehtimol. Nutqdan tilga taqdim etiladigan birliklar okkazionalizmlardir. Masalan, Har nechuk, shoirman – sen bilan jondosh, To‗yingda to„ydoshman, tirik yelkadosh. Degayman, yosh umring o‗ylab, ey, qondosh, Bitgum, bitilmagan dostoning menda. (A.Oripov) O, O‗zbekiston, asal sandig‗im mening, asalistonim mening. (O.Matjon) Odatda, xalq tomonidan yaratiladigan yangi so„zlar og„zaki nutqda (kompyuterchi, kompyuterli (xona); diskavodli, diskavodsiz kabi) tez ommalashib ketadi. “Shаkl yasоvchi qo„shimchаlаr” mavzusi ta‟limida ko„proq tarbiyaviy matn tarkibi ustida ishlagan ma‟qul. Sababki, tahlil davomida o„quvchi matnga takror-takror murojaat etadi va bunday sharoitda matn mazmuni o„quvchining ong ostiga singib boraveradi. Zero, ulug„ pedagog Abdulla Avloniy ta‟kidlaganlaridek: ”Inson tafakkurining quvvati va kengligi, avvalo, muallim tarbiyasiga bog„liq.” 1-topshiriq. Berilgan she‘rni o‗qing. She‘rning kulminatsiya (cho‗qqi) nuqtasi bo‗lgan misrani ajrating. She‘r tarkibidagi so‗zlarni morfemalarga ajratib yozing. Namuna: makon/im, ona/jon, o‗lka/m, O‗zbek/iston, jon/im,... IQROR O, ota makonim. Onajon o‗lkam, O‗zbekiston, jonim to‗shay soyangga. Senday mehribon yo‗q, Seningdek ko‗rkam. Rimni alishmasman bedapoyangta. 265 Bir go‗sha suv bo‗lsa, bir go‗sha qirlar, Qancha yurtni ko‗rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‗laring ortimdan ergashib yurar. Ko‗rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‗zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‗nayin, Na til bilayin, Ko‗zdan uyqu qochdi, dildan halovat – Uch kunda sog‗insam nima qilayin, Chala qolar bo‗ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‗im o‗zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‗ilgan qo‗zing, Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‗tgan har kun bayram - bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta‘zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi. 2-topshiriq. She‘r muallifini toping. Shakl yasovchi qo‗shimchalarning vazifasini tushuntiring. “So„z yasаsh yo„llаri” mavzusi orqali o„quvchilar nafaqat asosga qo„shimcha qo„shish (affiksatsiya), balki so„zni so„zga qo„shish (kompozitsiya) usuli orqali ham yangi lug„aviy ma‟noga ega bo„lgan so„zlar yasalishini chuqurroq anglaydilar. Ma‟lumki, so„z yasovchi morfemalar yangi so„z yasash uchun xizmat qiladi. Yangi so„z yangi leksik va grammatik ma‟nolarga ega bo„ladi, atash ma‟nosi yangilanadi: ish-siz-lik, bil-im-don-lik, o‗yn-a, taro-q, pas-ay, o‗r-oq- chi-lik. So„z yasovchi morfemalar so„zga bittadan 3-4 tagacha qo„shilishi mumkin. So„z yasovchi morfemalar quyidagi tur so„zlardan yangi so„z yasaydi: sodda tub so„zdan – boshla, yoshlik, aqlli… sodda yasama so„zdan – ishsizlik, bilimdon, yaltiroq… qo„shma so„zdan – ishyoqmaslik, asalarichi, o‗rinbosarlik… juft so„zdan – sabr-toqatli, sihat-salomatlik, qo‗ni-qo‗shnichilik... 266 takroriy so„zdan – sharshara, bizbizak, chirchiak... O„quvchilar mavzu asosida quyidagi topshriqlarni bajarishlari mumkin: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling