O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet128/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Tovush tushishi:


so„z yasovchi qo„shimchalar qo„shilganda: sariq-ay/sarg‗ay, past- ay/pasay, og‗iz-aki/og‗zaki, o‗yin-a/o‗yna, o‗rin-ash/o‗rnash, ayir-im/ ayrim, buyur-uq/ buyruq;
lug„aviy shakl yasovchi qo„shimchalar qo„shilganda: ayir-il/ayril, ikki-ov/ikkov, olti-ala/oltala, yetti-ovlon/yettovlon;
sintaktik shakl yasovchi qo„shimchalar qo„shilganda: men-ning/ mening, sen-ni/ sening; burun-i/burni, shahar-im/shahrim, o‗g‗il-ing/ o‗g‗ling.
Tovush orttirilishi: isi-q/issiq, qot-iq/qattiq, tib-iy/tibbiy, his-iy/ hissiy, shu-cha/shuncha, bu-day/bunday; u-ga/unga, shu-da/shunda, bu-dan/ bundan, parvo–i/parvoyi, obro‗-ing/obro‗ying.

Tovush almashishi:


a ~ o: tara-q/taroq, so‗ra-q/so‗roq, qiyna-v/qiynov, so‗ra- v/so‗rov;
o ~ a: son-a/sana, ong-la/angla, yosh-a /yasha, ot-a/ata;
i ~ u: tinti-v/tintuv, o‗qi-v/o‗quv, sovi-q/sovuq, quri-q/quruq;
q ~ g‗: qishloq-i/qishlog‗i, yutuq-im/ yutug‗im, buyruq- i/buyrug‗i;
k ~ g: yurak-i/yuragi, eshik-im/eshigim, tilak-ing/tilaging va h.
Ta‟kidlash joizki, o„quvchi uchun so„zning asosi(o„zak)ni ajrata bilish so„z ma‟nosini to„g„ri anglash va xatosiz yozishga imkon beradi.
“So„z tаrkibidа tаrtib” mavzusi ta‟limida o„quvchi e‟tibori, asosan, asosga qo„shimchalarning ketma-ket qo„shilish tartibiga va bu tartibdan chekingan holatlariga qaratiladi. O„zbek tilining o„ziga xos agglyutinativ tabiatidan kelib chiqadigan bo„lsak, asosga qo„shimchalarning ketma-ket qo„shilish tartibi quyidagicha bo„ladi:
268

asos+so„z yasovchi +lug„aviy shakl yasovchi+aloqa-munosabat qo„shimchalari.


Jumladan, oqu/vchi/lar/dan, ajab/lan/tir/di, bino/kor/lar/ning kabi. Quruvchilar yangi binoda ishladilar; Hozir tanishtiruv marosimi boshlanadi; Xalqimizga bolajonlik xos kabilarda so„z tarkibining odatdagi tartibidan chekinish holatlari uchraydi. (Bunday holatlarda so„z yasovchi qo„shimchadan oldin kelgan qo„shimcha asos tarkibiga qo„shib yuboriladi: ko‗r/ish/moq/lik–ko‗rishmoq/lik)
Shu o„rinda qo„shimchalarning barcha turlarida ma‟nodoshlik, vazifadoshlik, shakldoshlik xususiyatlari ham borligini nazardan qochirmaslik zarur.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling