topshiriq. Berilgan matnni o‗qing va mazmunini gapirib bering. -
Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so„radim:
–Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?
U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:
–Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og„ir kunlarga qolib ketdim. -
Ikkinchisining oldiga borib undan so„radim:
–Sen nima qilayapsan?
U yenglarini shimardi-da, tumshug„ini ko„tarib, g„urur ila javob berdi:
–Men ishchiman. Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim? -
Keyin uchinchi kishidan so„radim:
–Sen nima ish qilayapsan? U jilmaydi-da, javob berdi:
– Men duradgorman. Ibodatxona quryapman.
Qissadan hissa shuki, qachonki oldingga oliy maqsad qo„yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma‟no bo„ladi. -
topshiriq. Berilgan matndagi ajratib ko‗rsatilgan so‗zlarning shaxs/sonini aniqlang. -
Berilayotgan topshiriqlar o„quvchilarni imkon qadar mustaqil ishlashga, tafakkur qilishga undamog„i muhim.
1-topshiriq. Gaplar tuzing. Berilgan so‗zlar shu gaplarning kesimi vazifasida kelsin.
Donishand, o„quvchimiz, a‟lochiman, chaqqonsan, uchtamiz, sizsiz, o„sha, ofarin.
So„zning lug„аviy vа grаmmаtik mа‟nоlаri ustida ishlaganda o„quvchiga quyidagi tartibda topshiriqlar berish mumkin: - 272
-
topshiriq. Matnni o‗qing va uqing. Mazmunini so‗zlab bering. -
Matn tarkibidagi lug‗aviy ma‘no ifodalamaydigan so‗zlarni ajrating.
Kunlarning birida fermadagi ot kasal bo„lib qoldi. Uni ko„rgani kelgan veterinar:
–Agar ot ertalabgacha oyoqqa turmasa, uni so„yishga to„g„ri keladi, – dedi.
Tong yorishdi. Ot hamon o„rnidan turmadi. Uning yonida qo„y yotgan edi. Otga rahmi kelgan qo„y:
–Qani, birodar, o„rningdan tursang-chi! Aks holda ular seni so„yib yuborishadi!–dedi otni niqtab.
Ot bor kuchini to„pladi-da, tebranib o„rnidan turdi. Ertalab otdan xabar olgani kelgan fermer hayratlanib yordamchisiga:
–Mo„jiza yuz beribdi. Otdan umidimni ham uzgan edim. Otim tuzalibdi. Buni darrov bayram qilishimiz kerak. Shu qo„yni so„yamiz!–dedi.
Qissadan hissa shuki, hech qachon birovning ishiga sababsiz aralashmang. -
Do'stlaringiz bilan baham: |