O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet139/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

1-topshiriq. ―Shaxs otlari sandig‗i‖dagi so‗zlarni jadvalga to‗g‗ri joylashtiring.


shaxsni mansabiga ko„ra atovchi otlar




shaxsni nasl-
nasabiga ko„ra atovchi otlar


285



shaxsni qarindoshligiga ko„ra
atovchi otlar




shaxsni kasb-koriga ko„ra atovchi otlar




shaxsni jinsiga ko„ra
atovchi otlar




shaxsni yoshiga ko„ra atovchi otlar


“Shaxs otlari sandig„i”

chevara

muhandis

o„spirin


bek

prizedent

hisobchi


jiyan

prorektor

tog„a

yigitcha

mudir

chol

qoracha

kosib

qurayish


xo„ja

amir

qizaloq

qaynuka

oshpaz

juvon

direktor


xolavachcha


rais

qaynona

o„smir

go„dak

tikuvchi


chaqaloqcha


bola



2-topshiriq. ―Shaxs otlari sandig‗i‖dagi so‗zlardan jadvalning ikki yoki uch guruhiga to‗g‗ri keladiganlarini ajrating.
Masalan, bola – shaxsni yoshiga ko„ra atovchi ot;
bola – shaxsni qarindoshligiga ko„ra atovchi ot.
O„quvchilarga o„zlariga tanish bo„lgan narsa-buyum nomlarini guruhlash topshirig„ini berish ham samara beradi. Bunda sinf o„quvchilarini beshtadan (5x5, 5x5,5x5...) kichik guruhchalarga bo„lish va ularning har biriga alohida topshiriq berish mumkin. Masalan,


  1. kichik guruhga topshiriq: Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing.


  2. kichik guruhga topshiriq: Oziq-ovqat nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing.


  3. kichik guruhga topshiriq: Uy-ro‗zg‗or buyumlari nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing.


  4. kichik guruhga topshiriq: Xomashyo nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing.


  5. kichik guruhga topshiriq: Qurol-asbob nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing.

286
Jumladan, 1-kichik guruh “Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzish” topshirig„ini shunday bajarishi kerak:



Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlari



1.Xotin-qizlarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar.


  1. xotin-qizlarning oddiy kunlarda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar.


  2. xotin-qizlarning tantanali kunlarda (bayram, to‗y, bazm...) kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar.

Yil fasllari bilan bog„liq tarzda:




  1. xotin-qizlarning bahorda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar:

ustki kiyimlar: nimcha, plash, kostyum, jempir...


ichki kiyimlar: (atlas, adras) ko„ylak, kofta, yubka, sarafan...
bosh kiyimlar: do„ppi, shapka, shlyapa, beretka.
o‗ragichlar: ro„mol, sharf, sharfcha.
oyoq kiyimlar: etikcha, botinka, krassovka, butsi.


  1. xotin-qizlarning yozda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar.

ustki kiyimlar: (harir) ko„ylak, kofta, yubka, futbolka...


oyoq kiyimlar: shippak, basanoshka, (old va yon qismi ochiq) tufli.


  1. xotin-qizlarning kuzda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar.

ustki kiyimlar: kurtka, kostyum, (yengsiz) chopon, xalat, (uzun) nimcha...


ichki kiyimlar: (qalinroq) ko„ylak, lozim, kofta, yubka, sarafan, vodolaska...
bosh kiyimlar: shapka, shlyapa, beretka.
o‗ragichlar: ro„mol, sharf, sharfcha.
oyoq kiyimlar: tufli, krassovka, makasinka...


  1. xotin-qizlarning qishda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar.

ustki kiyimlar: chopon, palto, kurtka...


ichki kiyimlar: (junli, drap) ko„ylak, lozim, shim..
bosh kiyimlar: papoq, telpak...
o‗ragichlar: ro„mol, sharf.
oyoq kiyimlar: etik, etikcha, maxsi-kovush...
287
2.Erkaklarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar. 3.Bolalarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar.
Tabiiyki, qolgan guruhlar ham xuddi shunday yana ichki guruhchalarga ajraladi.
Аniq vа mаvhum оtlаr‖ mavzusi o„quvchi nutqini aniq (sayis, nishona, bosmaxona, sallagul, marvaridgul, do‗l, sel) va mavhum (shukrona, tuyg‗u, bag‗rikenglik, quvvat, nafislik, hayolilik, odob, saxiylik, hilmlik, tavoze kabi) otlar bilan boyitadi. Shu o„rinda aniq otlarni mavhum otlar bilan solishtirish (qalam–qalamkashlik; jadid– jadidchilik) imkoniyati paydo bo„ladi. Shuningdek, otlarning lug„aviy guruhlarini o„rgatishda yakka va jamlovchi otlarni farqlash (xalq– fuqaro, olomon–kishi, to‗da–kimsa, guruh–shaxs, armiya–soldat,otar– qo‗y, uyur–ot, gala–bo‗ri, poda–sigir) ham o„quvchiga fikr ifodalashida qulaylik tug„diradi.
O„quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar, daraxt- daraxtlar, uy-uylar singari so„zlarning shakli ustida ishlaydilar, ko„plik ma‟nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so„zlar ishtirokida gaplar tuzib ko„plikni ifodalovchi qo„shimchalar ma‟nosini sharhlaydilar.
Otlarning kichraytirish va erkalash shakllari‖ mavzusi o„rganilar ekan, o„quvchilarga otlarning kichraytirish shakllari bilan bog„liq so„z juftlarining ma‟no farqini topish (qush–qushcha, shahar– shaharcha; toy–toychoq, qo‗zi–qo‗zichoq; tugun–tugunchak; qop- qopchiq), shuningdek, otlarning erkalash shakllari bilan bog„liq so„z juftlarining ma‟no farqi topishga e‟tibor qaratilgan (Po‗lat–Po‗latjon, Salima–Salimaxon, Karima–Karimabonu; Yoqut–Yoqutoy, Zaynab– Zaynabniso, Bilol–Bilolbek; qiz–qizaloq, bolam–bolaginam) topshiriqlarni berish o„rinli.
Yasama otlar, asosan, affiksatsiya (shaxs otlari: kompyuterchi, yilqichi;sholikor, g‗allakor; tishunos, o‗lkashunos; aravakash, kirakash; etikdo‗z, zardo‗z; kitobxon, gazetxon; zargar, kimyogar; soatsoz, kemasoz; mantipaz, oshpaz; dorboz, askiyaboz; sutxo‗r, sudxo‗r; mulkdor, muhrdor; bog‗bon, darvozabon; sinfdosh, kursdosh va b.; narsa-buyum otlari: qalamdon, kuldon; kurak, elak, to‗shak; o‗roq, suvoq; supurgi, chopqi, tepki, tomizg‗i; qatlama, suzma; o‗lchagich, o‗chirg‗ich, qisqich; qirindi, cho‗kindi; shaqildoq; do‗mbira, jizza; tugun, quyun; kekirdak; ilmoq, quymoq; o„rin-joy otlari: bodomzor, o‗rikzor, pistazor; O‗zbekiston, Tatariston; o‗tloq,
288
qumloq; Gulobod, Ne‘matobod; Toshkent, G‗azalkent; qabulxona, to‗yxona; sayilgoh, oromgoh; mavhum otlar: do‗stlik, poklik; qo‗shnichilik, uzumchilik; og‗aynigarchilik, odamgarchilik; elektrlashtirish, avtomatlashtirish; sevgi, kulgi, tepki (kasallik), turtki, tuyg‗u; chidam, unum, kechirim; tilak, kekirik; og‗riq, buyruq, qiynoq; isitma, terlama; o‗kinch, sevinch; bekinmachoq, tortishmachoq; qurilish, o‗pirilish; maqtov, qo‗rquv; otaliq, tuzliq kabi) va kompozitsiya (simcho‗p, Beshyog‗och, xontaxta, xandonpista, go‗shtqiymalagich) usulida yasalishi bilan bog„liq amaliy faoliyat ham o„quvchi nutqini yangi so„zlar bilan boyitishga qaratiladi.

1-topshiriq. Berilgan chizmaga diqqat qiling va u xususida xulosa chiqaring.
289
O„quvchilar qo„shma otlar nafaqat ikki va undan ortiq asosning qo„shilishidan, balki so„z birikmalari orasida sintaktik aloqaning uzilishi natijasidagi yaxlitlanishdan ham yasalishi haqida o„qituvchi ko„magida xulosa chiqaradilar.

“Ot” so„z turkumini o„rganishda milliy tarbiyaning bu qirrasi o„qituvchining diqqat markazida bo„lishi lozim.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling