O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
topshiriq. Belgilangan fe‘llar ishtirokida gaplar tuzing.
”Fе‟l” mavzulari ta‟limida fe‟llarning yasalishi (affiksatsiya: gumburla(moq), shovulla(moq), tirilla(moq), qiyna(moq), kuhay(moq), kuchan(moq) va h.; kompozitsiya: borib kelmoq, sotib olmoq, e‘lon qilmoq, xayr-xush qilmoq...); fe‟llarning tuzilishiga ko„ra turlari (sodda tub: qurmоq, yurmоq, ketmоq, chizmоq, ko‗rmоq; sodda yasama: shodlanmoq, yangilanmoq, gapirmoq, tezlamoq; qo„shma: sayr etmoq, olib bormoq, bunyod qilmoq; juft: aytdi-qo‗ydi, chiqdi- ketdi, uchadi-ketadi; takroriy: kelib-kelib, ayta-ayta, kula-kula); o„timli (o„zidan oldin kimni?, nimani? so„roqlariga javob bo„luvchi 282 so„zni talab qiluvchi fe‟llar: muzqaymoqni yalamoq, kinoni ko‗rmoq, ovqatni yemoq, tortni pishirmoq, hayotni sevmoq, maktubni o‗qimoq, to‗nni kiymoq) va o„timsiz (o„zidan oldin kimni?, nimani? so„roqlariga javob bo„luvchi so„zni talab qilmaydigan fe‟llar: erta uxlamoq, bog‗da ishlamoq, eshikda turmoq) fe‟llar; bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe‟l nisbatlari (aniq, o„zlik, majhul, birgalik, orttirma) shakllari; bo„lishli va bo„lishsiz (siyla–siylama, ishlash–ishlamaslik, o‗qib–o‗qimay, eshitilar–eshitilmas kabi) fe‟llar ustida amaliy ishlar olib borish orqali o„quvchilar nutqini boyitish imkoniyatlari ham ko„p. Ma‟lumki, boshqa so„z turkumlari bilan fe‟l orasida tuslanishda, kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari (tasdiq/inkor, mayl/modallik, shaxs/son, zamon) bilan shakllanishda jiddiy farqlar bor. Fe‟lning kesimlik vazifasini bajarish imkoniyati boshqa so„z turkumlariga qaraganda nihoyatda keng. Fe‟llar kesim vazifasiga ko„proq xoslanganligi tufayli unda kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma‟nolar yaqqolroq seziladi, yuzaga chiqadi. Shunga ko„ra fe‟l asoslariga qo„shilib, gapda fe‟llarning kesim vazifasida qo„llanilishiga xoslovchi shakllar fe‟lning munosabat shakllari deyiladi. Zamon, mayl, shaxs-son, tasdiq/inkor ma‟nolari va ularni yuzaga chiqaruvchi vositalar fe‟llarning munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo„lgan har qanday fe‟l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma‟no va shakllardan xoli bo„lgan fe‟l asosi fe‟lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl -moq qo„shimchasi yordamida ifodalanadi. Kesimlik kategoriyasi murakkab kategoriya bo„lib, uning har bir tarkibiy qismi nisbiy alohidalikka ega bo„lgan kategoriyalardan iborat. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling