O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
isyon ma‟nosi: Qizcha bolalarga xos qaysarlik bilan boshini eggancha jim turar, uning sukutida, butun xatti-harakatida nimagadir qarshi so‗zsiz isyon bor edi. (Mirmuhsin, Umid)
150 Cho„lliyeva G.T. Ohang nutqiy muloqotning tarkibiy qismi sifatida// BuxDU ilmiy axboroti (ISSN 2181-6875).–Buxoro, 2020, № 5 (75). 151 www.ziyouz.com kutubxonasi Ўзбек тилининг изоҳли луғати/. «С» ҳарфи.–585-б. 364 tushunmaslik ma‟nosi: Sukut saqlamoq hamma vaqt ham aqllilikdan darak beravermaydi, ammo bilganingni shaqillab gapira berish – o‗z obro‗yingni paqirlab to‗kish demak. (Mirmuhsin, Umid) “indamasdan indash” ma‟nosi:Dardim eshitib, etsa sukut dildorim, Shul jimligi menga ming javobdir, javob. (J.Rumiy) va b. Sukutning “muomalaviy mazmunga ega bo„lmagan” turiga muloqot jarayonidan tashqaridagi holatlar (masalan, Dunyoda shunday qo‗shiq borki, yangraganda butun olam sukutga cho‗madi kabi) misol bo„la oladi. Xalq maqollarida, turli hikmat-u aforizmlarda quyidagilarni o„qiymiz: Aqlning go‗zalligi – fikr bilan, Ruhning go‗zalligi – shukur bilan, Tilning go‗zalligi – sukut bilan, Qalbning go‗zalligi –zikr bilan (Maqol); Ahmoqqa javob – sukut (Maqol); Sukut–donishmandlikning boshlanishi (Maqol); …iymon keltirgan kishi yaxshi so‗zlarni so‗zlasin yoki sukut saqlasin! (Qur‟oni Karimdan); Kim sukut saqlasa, najot topadi (Hadisdan) va b. Demak, azal-azaldan xalqimiz sukutni donishmandlik, aqllilik, iymonlilik, til go„zalligi sifatida e‟tirof etgan. Biroq nutqiy muloqot jarayonida sukut hamisha ham ijobiy xarakter kasb etavermaydi. Masalan, Siz sukut saqlasangiz, dunyo ham sizga sukut saqlaydi (Aforizm); Mozor uzra sukut etarlar…(A.Oripov) “Sen nega jimsan?” ma‟nosida; Sukut o‗ldiradi (Maqol) va h. Zero, sukut ham nutqiy muloqot – og„zaki nutqning (nolisoniy) nutqiy komponentidir152 . Keltirgan misollarimiz tilimizning ifoda imkoniyatlari nihoyatda keng va rang-barangligidan dalolat beradi. Zero, millаtning o„zligini, dunyodа bоrligini, o„zigа хоsligini bеlgilоvchi оmillаrdаn аsоsiysi uning оnа tilidir. Ziyolilikning ibtidо bеlgisi to„g„ri so„zlаsh vа to„g„ri yozа оlish ekanligini inobatga olsak, maktab partasida o„tirgan o„quvchilarni, ayniqsa, 10-11-sinf bitiruvchilarini ona tili mashg„lotlarida “qopib gapirish”ga emas, “topib gapirish”ga o„rgatishimiz, buning uchun ularda istalgan matnni turli uslublarda ifodalay olish malaka va ko„nikmalarini shakllantirishimiz va rivojlantirishimiz zarur. 152 Yuldasheva D.N. Sukut nutqiy muloqotning (nolisoniy) komponenti sifatida// BuxDU ilmiy axboroti (ISSN 2181-6875).–Buxoro, 2020, № 6 (75). 365 Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling