O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet212/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Mayin musiqa ostida ularni oralab O‗zbek tili timsol kirib keladi.
O„ZBEK TILI (uzun libosda): Men–qadim turkiy til, O„zbek tiliman, O„zbekning shani, iftixoriman.
Ona allasi-la qonlarda kezib Yurakda o„rnashgan Ona tiliman.
Bobolardan qolgan buyuk xazina, Men qadim turkiy til turkona tilman. Yosaf, Abuturkdan buyuk bir meros, Alfozim hech o„lmas sharqona tilman.
Latofat, nazokat jarang menga xos, O„rxun Enasoyda toshlarga ko„chdim. O„g„lim To„nyuquqning nidosi bo„lib, Ne-ne to„fonlardan sog„-omon o„tdim.
Qoshg„ariy qalbining nidosi bo„lib, Sohibqiron o„g„il sadosi bo„lib, Hirot osmonining havosi bo„lib,
O„zbek degan nomni olib o„tdim men.
Har subhi sodiqda beshik tebratgan, Ona allasida mehrga to„ldim.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida, Olloh kalomiga payvasta bo„ldim.
Kubro bo„g„zidagi oh, alam bo„lib, Jaloliddin ichgan ont, qasam bo„lib, Qodiriylar chekkan dard, sitam bo„lib, Qaqnus misol qayta tug„ilgan tilman.
Erk degan qon oqar jon tomirimda, Erk degan so„z yotar chin zamirimda.
Azal – Erk. Abad – Erk. Tiriklik bu–Erk, Shukur! Erk topdim hur O„zbekistonimda!
414
Mayin mumtoz musiqa ostida sahnadagilar sekin-asta chiqib ketishadi.

“Ona-O„zbekistonim” lirik qo„shig„iga sakkiz nafar qiz ommaviy raqsga tushishadi.


Raqs tugagach sahna ortidan o„qiladi:
Esimda…Bobom vafotidan so‗ng edi. Shahar hovlida yashar edik. Bir kun uyimizda shunday voqea ro‗y berdi: oyim odatimizcha, ertalabki choyni buvimning uyiga hozirladilar-da, erta turib yozayotgan dadamni choyga chaqirgani kirib ketdilar. Biz dasturxon tevaragida dadamning chiqishlarini kutardik. Bir vaqt oyim negadir indamay chiqdilar-da, o‗tirib bizga choy quyib bera boshladilar.
Abdullani chaqirdingmi, Rahbar? – dadam chiqavermagach, oyimdan so‗radilar buvim.
Yo‗q.
Nega?
O‗g‗lingiz yig‗lab o‗tiribdilar,dedilar oyim.
Buvim bechora sakrab o‗rinlaridan turib dadamning xonalariga yo‗l oldilar. Kap-katta kishining yig‗lashidan hayratga kelib, men ham buvimning ortidan ergashdim. Kirsak, darhaqiqat, u kishi yum- yum yig‗lar, kursiga tirsaklanib olib to‗xtovsiz yozar edilar. Buvim dadamning bu holiga biroz qarab turdilar-da, bir narsani tushundilar, shekilli, indamay meni boshlab orqaga qaytdilar va o‗tirib choy icha boshladilar. Men buvimdan so‗radim:
- Dadam nega yig‗layaptilar? Buvim ….so‗z aytmadilar.
Keyinchalik anglasam, o‗shanda dadam o‗z sevikli qahramoni Kumushbibining o‗limi paytini tasvirlab iztirob chekayotgan ekanlar.
Ha, o‗shanda dadam «Kumushni o‗ldirib qo‗ydim», deb yig‗lagan ekanlar.
Qodiriyni yum-yum yig„latgan, ona tilim. Ona tilim…
Sahna: “Otabek nolasi”, “Kumush nolasi”, “ Zaynab faryodi” (Shoir M.Yusuf qalamiga mansub obrazlar monologlari rolga kirib o„qiladi.)
Mayin mumtoz musiqa ostida sahnaga besh nafar qiz chiqib keladi. Til haqida she‟rlar.
1-qiz: Ey zabonim! Onamdek pok tilimsan, Yuragimda ungan alvon gulimsan.
Abdullasan, Mirtemirsan, dilimsan,
415
O„tar o„g„li kuylab o„tgan yo„limsan, Shuurimsan, g„ururimsan, eliimsan!


  1. qiz: O„zga yurtda Furqatga g„urur bergan, Muqimiyning she‟riga shuur bergan. Gulxaniylar yuragiga nur bergan,

Chuchuk -chuchuk so„zlab topgan tilimsan, Bo„ynimdagi tumorimsan, gulimsan!




  1. qiz:Navoiy ham sendan qonib kuylagan, Shoh Bobur ham yonib yonib kuylagan. Ustoz Lutfiy gulga inib kuylagan, Bobolardan meros qolgan tilimsan, Qo„limdagi mushki anbar gulimsan.


  2. qiz: Daholar qadring bilib suyganlar, Qimmatingni dildan-dildan tuyganlar. Sening bilan o„zga haykal qo„yganlar, Ming zarbadan omon o„tgan tilimsan, Buyuk karvon o„tgan oydin yo„limsan.


  3. qiz: Qoshg„ariyninng kitobida tiriksan, Yugnakiyning har bobida tiriksan. Yassaviyning javobida tiriksan, Ona tilim, muqaddassan, buyuksan,


Ma‟volardan go„zalroqsan, suyuksan.
Har bir bandning oxirgi misrasi jo‗rlikda aytiladi.
Lirik qo„shiq va raqs tuhfa etiladi. Shundan keyin jarangdor fon ostida sahnaga boshlovchi yigitlar chiqib kelishadi.
1-boshlovchi: Ona tilim - yurak qatimdan
Mehr bo„lib sochilgan jarang. Qulog„imga go„dak paytimdan Alla bo„lib singigan ohang.
Ona tilim - necha asrlar Kurashida yenggan polvonim. Necha ajdod, necha nasllar Suyib o„tgan turkiy zabonim.
2-boshlovchi: Ona tilim - do„ppi kiygan So„z,
Doim yangi yo„lcha-atlasi. Bir satriga tashlasangiz ko„z, Tovlanadi ming-ming qirrasi. Ona tilim - asalchoy ta‟mli,
416
Bulbultalqin, muhabbatsheva. Lablarimga ko„chirgum doim Talaffuzin men seva-seva.
Ona tilim – yurak qatimdan, Mehr bo„lib sochilgan jarang. Qulog„imga go„dak paytimdan, Alla bo„lib singigan ohang.
Sahna ortidan barcha ishtirokchilar chiqib kelishadi. “Agar jannat ko„kda bo„lsa, ostidadir, Agar jannat yerda bo„lsa, ustidadir O„zbekiston…” qoshig„i ishtirokchilar jo„rligida yangraydi, bayrog„imiz hilpiraydi; sahnaga yuqoridan turfa sharlar tashlanadi…
Sahna yopiladi.
Bu kabi tadbirlarni o„tkazish, tadbir ssenariysini ular ishtirokida tuzish, tadbirga qizg„in tayyorgarlik ko„rish, ijrolarni yodlash – barcha-barchasi o„quvchilarni ruhan jipslashtiradi, ma‟nan yaqinlashtiradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling