O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
1-boshlovchi: Darhaqiqat, til xalqning o„tmishi va bugunini bog„lovchi mustahkam ko„prik, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazib beruvchi ulug„ karvondir. Mana, To„nyuquq-u Kultegin, Bilgahoqon nomlarini asrlardan asrlarga olib o„tgan; uzoq tarix qa‟ridan Mahmud
411 Qoshg„ariy siymosini nurlantirib turgan; mir Alisher Navoiy nomini yuksaltirgan; shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga ilhom bag„ishlagan; «”til vosituyi robitayi olamiyon” ekanligini ta‟kidlab turgan Avaz O„tar satrlariga joziba bag„ishlagan; Fitratning oromini o„g„irlagan; 2-boshlovchi: “so„z so„zlaganda uzoq andisha kerak”ligini har lahzada his eta olgan Abdulla Qodiriy dil qonini bergan; zabonini olsalar, ko„zlari bilan so„zlagan Oybek domlaga ruh ato etgan; xalqim uchun “she‟r yozishdan o„zga ishni qotirmadim” deguvchi Muhammad Yusufning tinchini yo„qotgan; ruhiyat bo„stonidan Mirtemir, Hamid Olimjon, G„afur G„ulom, Zulfiya, Asqad Muxtorlardan tortib Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Tog„ay Murod, Usmon Azim, Rauf Parfi, Iqbol Mirzo, Xurshid Davrongacha bo„lgan ming-minglab nomlarning o„rin olishiga bevosita sabab bo„lgan “o„zbek tafakkurining in‟ikosi”, ulug„ istiqlolning nurafshon yo„liga chiqqan xalqimizning g„ururi, iftixori bo„lmish ONA TILIMIZning davlat tili maqomini olganiga ham chorak asrdan oshib ketdi. 1-boshlovchi: Chorak asrdan oshib ketgan yillar... Shu yillar oralig„ida ezoz topgan, qadri yuksalayotgan ona tilimizning mavqeyi, nufuzi yana bir karra yuqoriladi, desak mubolag„a bo„lmas. E‟tibor bering-a… Inson taqdir taqozosi bilan o„zi uchun qadrli juda ko„p narsalardan voz kechishi mumkin. Hatto ota-onasidan, qarindosh- urug„idan, yaqinlaridan voz kechganlarni ko„rdik, bildik… Odamzod ona-yurtidan ham ayro yashashi mumkin ekan. Ammo inson zoti voz kecha olmaydigan uning doimiy hamrohi bo„lgan muhim bir jihat bor: bu uning ONA TILIdir. “ “Ona tilimdan kechdim” deganlarga inonmang: ular ona tillarida tafakkur qiladilar? Hatto tushlarini ham ona tillarida ko„radilar! (Mayin milliy kuy yangray boshlaydi.) 1-boshlovchi: Ming bir eldan bizga nasib bo„lgan tilim, Ming yillardan omon o„tib kelgan tilim. O„zbegimni asl o„zbek qilgan tilim– Tillar ichra o„zing buyuk zabonimsan, Ona tilim mening ikki jahonimsan. (Oxirgi misrani 2 boshlovchi jo‗rlikda aytadi.) 2-boshlovchi: Sen bizdagi orzularga qanot berding, Har mushkul-u xatolarga najot berding. 412 Yashash uchun hech tuganmas hayot berding– Tillar ichra o„zing buyuk zabonimsan, Ona tilim mening ikki jahonimsan. (Oxirgi misrani 2 boshlovchi jo‗rlikda aytadi.) Boshlovchilar mayin milliy kuy ostida chiqib ketadilar. Sahna: “Ajdodlar ruhi va O„zbek tili”. Mumtoz musiqa osida sahnaning chap tomonidan A.Navoiy, Z.M.Bobur va A.Qodiriy; sahnaning o‗ng tomonidan esa Nodirabegim, Uvaysiy va Zulfiyaxonimlar birin-ketin (qo‗llarida kitob, o‗z baytlari yoki gaplaridan aytib) kirib kelishadi. Sahnaga yarim oy shaklida joylashiladi. Mir Alisher Navoiy (qo„lida “Xamsa”): Turk nazmida chu tortib men alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam… Agar bir qavm, gar yuz, yo„qsa mingdur, Muayyan turk ulusi xud meningdur. Olibmen taxti farmonimg„a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. Z.M.Bobur (qo„lida “Devon”): Boburni burun mahrami asror etting, Vaslingga berib yo„l o„zingga yor etding. Oxir bording, dog„i oni zor etding, Hijron alami birla giriftor etding. A.Qodiriy (qo„lida “O„tkan kunlar”): So„z so„zlaganda va undan jumla tuzganda uzoq andisha kerak… Zero, o„zbek tili kambag„al til emas, uni kambag„al deguvchilarning o„zlari kambag„aldirlar. Ular nodonliklarini tilga to„nkamasinlar… Nodirabegim (qo„li bilan ro„molini qiya tutgancha): Vasl uyin obod etdim, buzdi hijron oqibat, Seli g„amdan bu imorat bo„ldi vayron oqibat. Qildi choki pirohan dog„i dilimni oshkor, Qolmadi ko„nglimda zaxmi ishqi pinhon oqibat. Uvaysiy (qo„li bilan ro„molini qiya tutgancha): Mehnat-u alamlarga, mubtalo Uvaysiyman, Qayda dard eli bo„lsa, oshno Uvaysiyman. Istadim bu olamni topmadim vafo ahli, 413 Barchadin yumib ko„zni, muddao Uvaysiyman. Zulfiyaxonim (boshini tik tutib mag„rur chiqadi): E‟zozlar, ardoqlar uchun tashakkur, Asli siz –oftobim, men– ziyosiman. Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur. Baxtim shul: O„ZBEKNING ZUFIYASIMAN. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling