O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet210/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Ona tili bayrami. Sinf, maktab, ba‟zan tuman, shahar yoki viloyat miqyosida til bayramini tashkil etish ham ona tilidan o„tkaziladigan eng yaxshi darsdan tashqari tadbir hisoblanadi. Ayniqsa, har yilning
409
21-oktabr kuni “O„zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” sifatida nishonlanishi shu sana bilan bog„liq badiiy kechalar o„tkazilishida muntazamlikni ta‟minladi.
Quyida maktabda o„tkaziladigan “Ona tili bayrami” ssenariysini namuna sifatida keltiramiz:

TIL–MILLAT G„URURI

Sahna. Mayin ovozda “Men nechun sevaman O„zbekistonni” qo„shig„ining musiqasi yangraydi. Shu musiqa ostida davraga 2ta qiz va 4ta o„g„il bola kirib keladi. Rauf Parfining “Ona tilim” she‟rini yod o„qiydilar.




  1. o„g„il bola: Abut-Turk tarixdan balki bir hikmat Biroq sen borsan-ku Turon elinda. Shoir, So‗z aytmakka sen shoshma faqat, Ulug‗ Alisherning qutlug‗ tilinda.


Ul olis quyoshdir kuyinib yonar, Olis xotirotlar o‗chmas falakda.
Haqdan, haqiqatdan ko‗ring, kim tonar? Dunyoviy alamning tig‗i yurakda.


  1. o„g„il bola: Vatan deb atalgan beshik, onajon, Men uchun yopilgan eshik, onajon, Men sokin sollanib ilg‗ab borarman. Vatan deb atalgan borliq qo‗ynida, Chuvalgan bulutni qordek qorarman, Ruhimning panjasi chaqmoq bo‗ynida.


  2. qiz bola: Hech zot uza bilmas uzilgan jonni, Haqiqatni uza bilmas hech qachon. Elim, ona tilim, ruhimning qoni,


Bir imdod so‗rayman sendan, onajon. Chayonzor yo‗lidir borar yo‗llarim, Tanim yonmaktadir ishqsiz ochunda, Ko‗klarga to‗qinar so‗ngak qo‗llarim, Oyoqlarim mening tuproq ichinda.


  1. qiz bola: Barchaning boshida birdek beomon, Manxus zamonlarning o‗lik shamoli– Buzg‗un yigirmanchi asr a‘moli… Mening ona tilim, munis, mehribon, Sen Turkiy Dunyoning g‗olib xayoli – Seni yozajakman, tirilgan jahon.

410



  1. o„g„il bola: Ulug‗ Turkistonim, oltin dalalar, Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib, U sening tilingda aytar allalar, Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.


Navoiy baytiga o‗xshaydi yo‗llar,
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot! Nahotki umrbod o‗rtasa o‗ylar, Umrbod zanjirband etsa xotirot?!


  1. o„g„il bola: Zanjirbandman, ona tilim ONA SO‗Zingga, Kundayin so‗larman, oydek to‗larman,


Mil kabi tortarman Seni ko‗zimga.
Men g‗arib bandangman. BIR SO‗Z tilarman, Boshimni qo‗yarman Sening izingga,
Qudsiya anfosin aytib o‗larman.
She‟rxonlar chiqib ketayotganda “Men nechun sevaman O„zbekistonni” qo„shig„i musiqasi balandroq fonda yangraydi.
Davraga 2ta o„g„il bola boshlovchilar chiqishadi.


    1. boshlovchi: Chertolmayman torimni sizlarga bermay salom, Aytolmayman borimni, boshlamay shirin kalom.


    2. boshlovchi: Assalom-u alaykum, hurmatli mehmonlar, qadri qadrdan-da baland aziz va muhtaram ustozlar, umrining yoshlik faslini ilmga bag„ishlagan aziz o„quvchilar.


  1. boshlovchi:

–Do„stim! Bilasizmi, dunyoda nechta til bor?! Tilning mavqeyi, qudrati, insoniyat hayotida tutgan o„rni qay darajada?! Bularni qaysi tosh-u tarozu bilan o„lchash mumkin?!


Bizning onalarimizdek mo„tabar jonajon o„zbek tilimiz toki insoniyat tarixining bugungi kuniga yetib kelguniga qadar ne-ne sinovlarni, sinoatlarni boshdan kechirmadi, deysiz…


  1. boshlovchi: To„g„ri, bu savollar har birimizni o„ylantiradi. Mutaxassislar hozirda dunyoda 7 mingdan ortiq til borligini e‟tirof etishmoqda. Tillar miqdoran qancha ko„p bo„lmasin, garchi ularning bari “dunyo minbarlaridan yangramasa ham” barcha uchun o„z ona tili muqaddas va betakrordir.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling