O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet8/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Eslatma: -guncha qo‗shimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo‗lib kelishi mumkin.
Fe‘ldan boshqa so‗z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so‗z) bilan, shuningdek, fe‘lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi:
ravish bilan: Savobning eshigi ko„p.(Maqol);
modal so‗z bilan: So‗zdan so‗zning farqi bor, o‗ttiz ikki narxi bor. (Maqol);
sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalganio‗lgani; eman daraxtining egilgani – singani. (Maqol)
Darslikdan keltirilgan bu iqtibosda ilmiy (lingvistik) xatolar bor:


    1. boshlanguncha so„zshakli kesim deb baholangan; b) o‗lgani va singani sozshakllar sifatdosh deb tasnif etilgan; d) ko‗p sozshakli ravish deb aytilgan; e) bor sozshakli modal so„z sifatida talqin etilgan. Aslida, boshlanguncha so„zshaklni kesim sifatida baholash formal grammatik talqinda gap egasidan boshqa o„z ishlovchisi (foili) bo„lgan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kengaygan birikmalarining kesimi tuslangan shaklda bo„lmasa ham, gap deb


13Qosimova K., Fuzailov S., Ne‟matova A. Ona tili. 2-sinf uchun darslik.–T.: Cho„lpon.– 2017.; Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo„ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun darslik.–T.: O„qituvchi.–2017.; Ikromova R., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Shodmonqulova D. Ona tili. 4-sinf uchun darslik.–T.: O„qituvchi.–2017.
18
talqin etish an‟anasi bilan bog„liq. Mualliflar bu eski talqindan to„la uzila olmaganlar.
Yigit kishining uyalgani – o‗lgani; eman daraxtining egilgani – singani gapida o‗lgani va singani tuslangan fe‟l (fe‟lning aniq mayli, hozirgi-kelasi zamon, III shaxs, birlik son) shakllarini sifatdosh deb baholash ham formal tavsif uchun xos bo„lgan sifatdosh shakli bilan fe‟lning tuslangan (mayl/zamon) shaklini qorishtirish oqibatidir. Zeroki, substansial talqinda, masalan, Men ko‗rgan bolani akam ham ko‗rgan gapida ko‗rgan so„zshakli birinchi qo„llanilishda sifatdosh sanaladi, ikkinchi qo„llanilishda ko‗rgan so„zshakli tuslangan (sof) fe‟l bo„lib, kesimlik kategoriyasining aniqlik mayli, bo„lishli, o„tgan zamon hikoya fe‟lining uchinchi shaxs, birlik son shakli sifatida tasnif etiladi. Qo„shimchalari shaklan monand (omonimik qo„shimchalar) bo„lgan sifatdosh va mayl/zamon shakllarini farqlash uchun tilshunoslikda azaldan fe‟l shaklining tuslanishi (shaxs/son qo„shimchalari bilan o„zgarishi /tuslangan/ zamonli fe‟llarda) yoki o„zgarmasligi – tuslanmagan fe‟llarda qabul qilingan. Buni aniqlash uchun ustoz/o„quvchi foillarning (harakatni bajaruvchilarning) shaxsini o„zgartirib ko„rishi lozim. Chunonchi,


Men sen ham ko‗tgansan.
Sen ko‗rgan bolani men ham ko‗rganman. Ular siz ham ko‗rgansiz.
akam ham ko‗rgan.
….. …….
Shu asosda ko‗rgan so„zshaklini birinchi qo„llanilishda tuslanmagan fe‟l (sifatdosh tuslanmaydi, foil shaxsi o„zgarsa ham, u o„zgarmaydi), ikkinchi qo„llanilishda tuslangan fe‟l (o„tgan zamon hikoya fe‟l – foil shakli o„zgarishi bilan o„zgaradi, tuslanadi) ekanligi aniqlanadi. Lekin bunday nazariy sof lingvistik (tilshunoslik fani) tafsilotlari o„quvchi uchun shu o„rinda mutlaqo ortiqcha va hech qanday samara bermaydi.
Bo„lajak o„qituvchi shuni esdan chiqarmasligi kerakki, grammatik bilim-u tafsilotlarga ulkan e‟tibor – ona tili ta‟limida o„tmish sarqiti; ona tili ta‟limidan maqsad grammatik bilimlar emas, balki mustaqil fikrni to„g„ri va lo„nda-yu ravon ifodalashdir. O„qituvchi daqqat markazida ham mana shu parametr turishi kerak.
19
Biz bu yerda faqat bitta darslikdan olingan birgina sharh ustida to„xtaldik. Turli sinf darsliklarida berilgan talqinlarni o„zaro qiyoslasak, bunday ziddiyatlar soni-yu xillari oshib boradi. Ta‟limning boshlang„ich, tayanch o„rta umumta‟lim (5-11-sinf), o„rta maxsus va oliy bo„g„inlari darsliklarini qiyoslasak, ularning oralaridagi farq-u ziddiyatlardan hang-u mang bo„lib qolamiz. Turli oliygohlar tomonidan chiqarilgan qo„llanma-yu har xil nashrlarda, kasb-hunar kollejlari uchun chiqarilgan tavsiya-yu boshqa turdagi tavsiflarda, nashr ettirilib, tarqatilayotgan har xil ”repititor”-u ”yordam”larda eski va yangi talqinlar shunchalik qorishtirilganki, ularni sanab ado etib ham, turlarini tavsiflab ham bo„lmaydi. Bir so„z bilan aytganda, bugun ”Mulla bilganini o‗qir, bo‗zchi bilganini to‗qir” maqoli amalda.)

Bizni yana haqli savol qiynaydi: Darslik mualliflari bo„lgan tilshunos olimlarimiz (o„zlari bir to„xtamga kelmagan) nazariy talqinlar bilan yana qachongacha maktab partasida o„tirgan kelajak avlodni ”chalg„itishadi”?! Qachongacha “butun respublika bolalarini tilshunoslarga aylantirish” besamar amaliyotini bas qilishadi?!



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling