O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1;6;11;20;22;28;32;34;35]
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tuhunchalar
- “nafasning joni bor…” Mir Alisher Navoiy
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1;6;11;20;22;28;32;34;35]“LEKSIKOLOGIYA”, “FRAZEOLOGIYA”, “LEKSIKOGRAFIYA” BO„LIMLARINI O„QITISH METODIKASIReja:Leksikologiya o„qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.Leksikologiya mavzulari ustida ishlash usullari. 3.Frazeologiyani o„qitishning maqsad, vazifalari va metodlari. 4.Leksikografiya o„qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Lug„at tarkibidan to„g„ri foydalanish omillari.Mavzuga oid tayanch tuhunchalarSo‗z, so‗zshunoslik, so‗z ta‘limi, so‗z boyligi, nutq go‗zalligi, ibora, frazeologiya, lug‗atshunoslik, lug‗atshunoslik ta‘limi So„zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki;“nafasning joni bor…” Mir Alisher NavoiyMaktabda ”Leksikologiya” o„qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. O„rta umumta‟lim maktablari ona tili mashg„ulotlarida ”Leksikologiya” bo„limini maxsus o„qitish orqali o„quvchilarda mustаqil fikrlаy оlish, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularning so„z boyligini oshirish ishlari, asosan, 5-6-sinflarda amalga oshiriladi. (5-sinfda ”Ona tili” dasturi asosida so„zshunoslik, iborashunoslik, lug„atshunoslik ta‟limi uchun 33 soat va umumiy takrorlash soatlari uchun 4 soat vaqt ajratilgan. 6-sinfda esa o„quv yili boshida 5-sinfda o„tilganlarni takrorlash (lеksikоlоgiya vа frаzеоlоgiyaning аyrim mаsаlаlаri) yuzasidan 6 soat vaqt ajratilgan. Demak, 5-6-sinflarda so„zshunoslik, iborashunoslik, lug„atshunoslik ta‟limi uchun 33 soat va ularni mustahkamlash uchun 10 soat, jami 43 soat vaqt ajratilgan. Tabiiyki, bu soatlar ona tili ta‟limining bosh 225 maqsadi (o„quvchilarni ijodiy tafakkur sohiblari darajasiga yetkazish) po„yobi uchun xizmat etmog„i shart.) sinf o„quvchilаrining ”Leksikologiya” bo„limi ta‟limi (33 soat + 4 soat bo„lim yuzasidan takrorlash) jarayonida o„zlаshtirishi kеrаk bo„lgаn zаruriy bilim, malaka va ko„nikmalar quyidagilar: –so„z, uning tuzilishiga ko„ra turlari: tub, yasama, qo„shma, juft va takror so„zlar. Juft va takror so„zlarning imlosi va lug„aviy ma‟nolarini o„zlashtirish; –so„zning ma‟nolari: bosh ma‟no, uning borliqdagi narsa, belgi, xususiyat, harakatga munosabati ; ko„chma ma‟nolar, ularning hosil bo„lish yo„llarini o„rganish; –bir ma‟noli va ko„p ma‟noli so„zlarni farqlash; so„zlarning qo„llanish doirasiga ko„ra turlarini bilish; –so„zlararo shakliy va ma‟noviy munosabatlarda yuzaga chiquvchi shakldosh, ma‟nodosh, uyadosh, zid ma‟noli so„zlar, ulardan o„rinli foydalana olish ko„nikmasiga ega bo„lish; –ma‟no nozikligi jihatidan farqlanuvchi so„zlar, ular orasidagi uslubiy farqlarni sezish; –iboralarning ta‟sirchanlik va obraziilik xususiyatidan foydalanishga odatlanish; so„z va ibora ma‟nodoshligini anglash; –ishlatilish doirasi chegaralanmagan so„zlar va chegaralangan so„zlar (eskirgan so„zlar, shevaga xos so„zlar, atamalar), ularning qo„llanilish o„rinlari va badiiy uslubdagi ahamiyatini o„rganish; –o„zbek tiliga olinmalar va o„zbek tlidan olinmalar haqida bilish; o„zbek tilida fors-tojikcha, arabcha va b.olinmalarning ahamiyatini anglash; –so„zning lug„aviy ma‟nosi faqat matn tarkibida reallashishini bilish; –matnda ayni bir so„zni olmoshlar, ma‟nodoshlar, uyadoshlar, iboralar, tasviriy ifodalar, atamalar, eskirgan so„zlar, shevaga xos so„zlar, olinmalar bilan almashtirish yo„llarini o„zlashtirish; –til lug„at boyligi va uning o„zgaruvchanligidan xabardor bo„lish; –lug„atlar, ularning turlari, lug„atlarda so„zlarning joylashish tartibini bilish; –imlo lug„ati, izohli lug„atlar va,umuman, lingvistik lug„atlardan foydalanish tartibini o„zlashtirishga erishish. Boshlang„ich sinflarda o„quvchilarga so„z va uning ma‟nolari, ibora ifodalagan ma‟nolar, lug„atlarda so„zlarning joylashish tartibi; 226 ma‟nodoshlar, shakldoshlar, zid ma‟nolilarsingari tushunchalar bilan bog„liq amaliy ko„nikmalar singdiriladi. 5-sinf ”Leksikologiya” bo„limi ta‟limida esa o„quvchilarning boshlang„ich sinflarda o„rganganlari izchil tarzda chuqurlashtiriladi va ularning yosh xususiyatlariga mos tarzda kengaytiriladi. (Maktab ta‟limida frazeologiya, leksikografiya bo„limlari to„g„risidagi umumiy ma‟lumotlar so„zshunoslik tarkibida beriladi.) 5-sinfda ”Leksikologiya” bo„limi ta‟limi ―So‗zning atash ma‘nosi‖, ―So‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nosi‖,―Shakldosh so‗zlar‖, ―Paronimlar so‗zlar‖, ―Ma‘nodosh so‗zlar‖, ―So‗zlarning salbiy va ijobiy bo‗yoqlari‖,―Zid ma‘noli so‗zlar‖, ‖O‗zbek tili leksikasining boyish manbalari‖, ‖Eskirgan so‗zlar‖, ‖Yangi so‗zlar‖, ‖Iboralar‖, ‖Tasviriy ifoda‖, ‖So‗z boyligining oshib borishi‖, ‖ Atamalar‖, ‖Shevaga xos so‗zlar‖, ‖ Olinma so‗zlar‖, ‖ Olinma so‗zlar imlosi, talaffuzi‖, ‖Lug‗at va lug‗atshunoslik‖, ‖Lug‗at turlari va ulardan foydalanish‖ kabi mavzularni qamrab oladi. 5-6-sinflarda ”So„zshunoslik” bo„limini takrorlash soatlarida, asosan, yuqorida keltirilgan mavzularga e‟tibor qaratiladi. Maktabda ”So„zshunoslik” bo„limini izchil kurs sifatida o„qitish ulkan ta‟limiy ahamiyatga ega. Zero, o„quvchilar shu bo„limda nutqning asosiy birligi bo„lmish so„z haqidagi ta‟limot bilan tanishadilar va ularning til hamda uning nutqiy voqeligini bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o„zlashtirishlariga imkon tug„iladi. Aslida, lеksika tilning barcha bo„limlari bilan uzviy bog„liq, istalgan bo„lim ta‟limi so„z va uning ma‟no-mohiyati bilan bog„lanaveradi. Demakki, o„rta umumta‟lim bosqichida so„zshunoslik ta‟limi izchillik bilan amalga oshiriladi. Maktabda mazkur bo„lim ta‟limi o„quvchilarni o„zbеk adabiy tilining so„z xazinasiga olib kirishi, ularning so„z zahirasini boyitishi va so„zdan to„g„ri, o„rinli hamda nutq sharoitiga mos tarzda foydalanishga ko„niktirmog„i zarur. Shuningdek, maktabda ”Leksikologiya” bo„limini o„rganishda quyidagi vazifalar hal qilinishi muhimligini o„qituvchi nazardan qochirmasligi zarur: –o„quvchilarda o„z ona tillaridagi so„zlarning shakli va lug„aviy ma‟no qirralarini tushunish ehtiyojni paydo qilish; 227 –o„quvchilarda o„z nutqlarini tilda mavjud (biz iste‟moliga ehtiyojmand bo„lgan) so„zlar bilan muntazam boyitib borish ko„nikmasini hosil qilish; –o„quvchilar nutqidagi kamistе‟mol so„zlarni sеristе‟mol so„zlarga aylantirish; ularning lug„at zahirasini yangi so„zlar bilan boyitish; –o„quvchilarda amaliy-stilistik malakalarni doimiy takomillashib borishiga erishish; –o„quvchilarni nimani, qayerda, kimga, qanday aytish mumkinligini (ya‟ni nutq sharoitni inobatga olmoqni) aqlan his etishga, fahmlashga o„rgatish; –o„quvchilarni ayni bir narsa, voqеa-hodisa, tushuncha, xabar bayonini oddiy, badiiy, rasmiy, ilmiy, xalqbop uslublarda bayon qilishga o„rgatish; –o„quvchilarda nutq sharoitiga mos ravishda so„z tanlash malakalarini kеngaytirish (tom ma‟noda, ”qopib gapirish”ga emas, ”topib gapirish”ga, so„zdan zargarona foydalanishga o„rgatish); –o„quvchilar (tish shyotkasidan, yuz sochig„idan yoki telefondan zaruratan qanday foydalansalar, turli lug„atlardan ham xuddi shunday foydalanishga ehtiyoj sezsinlar) lug„atlar bilan ishlash malakalasiga ega bo„lshlari juda zarur. Xo„sh, mazkur vazifalarni amalga oshrish uchun maktabda ona tili o„quv predmeti o„qituvchisi qanday amaliy-ta‟limiy ishlar olib borishi kerak? Quyida keltiriladigan fikr-mulohazalarimiz shu savolning javobi bilan bog„lanadi. ―So‗zning atash ma‘nosi‖ mavzusi ta‟limida quyidagi kabi nostandart topshiriqlardan foydalanish o„rinli: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling