O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet133/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

“So„zlar dengizchasi”

e‟tiborli


tamiz

jizzaki

hozir

bidir-bidir

xatboshi


do„st-u dushman


sportfak


gaz-gaz

shukurona

oqrangli


qon-
qarindoshlik


isnboshchi


qalban

teleminora

qat-qat

shahargaz

rang- barang


sutrang

lash-lush

274

ota-ona

buzuqbosh


gap-so„z


gulpayvandchi


otaliq

qabih

yuzma-yuz


palla

xayr-xo„sh

bobomeros


filfak

shivirlamoq

e‟lon
qilmoq


O„zmevasabzavot


ochko„zlik


5-sinf o„quvchilari 3-4-choraklarda so„z turkumlari; mustaqil va yordamchi so„z turkumlari haqida umumiy ma‟lumot; fe‟l, ot, sifat, son, ravish, olmosh guruhiga mansub so„zlar haqida tushunchaga ega bo„lishadi.


Shuningdek, 5-sinf ona tili dasturida o„quvchilar morfologik ta‟lim asosida quyidagilarni ham bilishlari zarurligi nazarda tutiladi:
Yordamchi so„z turkumlari va ularning gapdagi vazifasi.
Berilgan gaplarni o„qib, so„roq olmaydigan so„zlarni:
–gap bo„laklari va gaplarni bog„lashga xizmat qiluvchi;
–tobe bo„lakni hokim bo„lakga bog„lashga xizmat qiluvchi;
–ma‟noni kuchaytirishga xizmat qiluvchi guruhlarga ajratish; yordamchi so„zlar bo„yicha xulosa chiqarish;
–berilgan yordamchi so„zlar ishtirokida gaplar tuzish va ularning vazifasini aniqlash.
Bog„lovchilarning vazifalari va yozilishi. Na inkor bog„lovchisi hamda juft bog„lovchilarning qo„llanilishi ustida ishlash. Bog„lovchilar haqida xulosa chiqarish, berilgan sodda gap juftlarini o„zaro bog„lash asosida qo„shma gaplar hosil qilish; sodda va qo„shma gap orasidagi ma‟no farqini aniqlash.
Ko„makchilarning ma‟no-vazifalari va yozilishi. Berilgan gaplarda -gа, -da, -dеk qo„shimchali so„zlarni uchun, tomon kabi ko„makchilardan mosi bilan almashtirib, ma‟nosini tushuntirish, ko„makchilarning qaysi qo„shimchalardan keyin kelishi va qanday vazifa bajarishi haqida xulosa chiqarish, berilgan xalq maqollarida bilan so„zini mumkin bo„lgan o„rinlarda va; yoki chiziqcha bilan yoziladigan -u,-yu bilan almashtirish, bilan bog„lovchisining ko„makchi vazifasida qo„llanishi, ko„makchilar ishtirokida gaplar tuzish.
Yuklamalarning ma‟no-xususiyatlari va imlosi. Yuklama- qo„shimchalar, yuklamali gaplarning ohangi.
So„z yuklamalari, ularning vazifasi, ma‟nosi, imlosi va ohangi ustida ishlash, yuklamalar haqida umumlashma hosil qilish.
275
Mustaqil va yordamchi so„zlar yuzasidan takrorlash. Undov va taqlid so„zlar. So„zning tuzilishiga ko„ra turlari.

Eslatib o„tganimizdek, ”Morfologiya” mavzularini izchil o„rganish 6-sinfda boshlanadi.


Nazariy jihatdan morfologiya grammatikaning bir qismi bo„lib, so„zning shakllari, bu shakllarning hosil bo„lish yo„llari va so„zlarning ma‟lum bеlgilar asosida guruhlarga, ya‟ni so„z turkumlariga bo„linishini o„rganadi. Shu bois, morfologiyani o„qitishda asosiy e‟tibor so„zning tuzilishi, yasalishi, so„z turkumlariga bo„linishiga qaratiladi.
O„quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma‟lumotlar bilan boshlang„ich sinflarda tanishganlarini, bu mavzularni 5-sinfda ham qisman o„rganganliklarini inobatga olsak, so„zlarni mustaqil va yordamchi so„zlar kabi guruhlarga ajralishi ular uchun yangilik emas. Zero, ona tilining izchil kursidan bеriladigan bilim, malaka, ko„nikmalar, avvalo, boshlang„ich sinflarda egallangan bilimlar, malaka va ko„nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi.
Maktabda morfologiya o„qitishning amaliy ahamiyati shundaki, lеksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur sathni o„rganishda o„z amaliy ifodasini topadi. O„quvchi mustaqil va yordamchi so„z turkumlarini o„rganishda so„zning o„z va ko„chma ma‟nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma‟noli so„zlarga yana murojaat qiladi va so„z boyligini oshirish, so„zdan to„g„ri ham o„rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo„ladi.
So„zlarni turkumlarga ajratish “to„plam” va “tasnif” tushunchalarining mohiyatini anglash bilan chambarchas bog„liq. O„quvchilar 6-sinf darsligida berilgan rasmdagi narsa-buyumlarni shu buyumlar orasidagi o„xshashliklar asosida guruhlash orqali “to„plam” va “tasnif” xususida umumlashma fikr (tushuncha) hosil qiladilar.
“To„plam” dеyilganda tahlil qilish, o„rganish uchun olingan har xil narsalar, bеlgilar, voqеa-hodisalar majmuasi tushunilsa, “tasnif” to„plamni avval kattaroq guruhlarga, so„ngra bunday guruhlarning o„zini ichki turlarga, ajratilgan turlarni ichki xillarga, xillarni navlarga, navlarni ko„rinishlarga bosqichma-bosqich saralashni nazarda tutadi. Shu o„rinda ko„zlangan asosiy maqsad: o„quvchilar tasnif borliqni bilish asosi ekanligini anglamoqlari zarur.
Orfografiyaning morfologiya bilan aloqadorligi ham maktabda mazkur bo„limni o„rganilish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu
276
morfologik prinsip orfografiyaning yеtakchi prinsipi sanalishi bilan ham bog„liq.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling