O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet151/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

2-namuna

7-sinfda “Taqlid va uning ma‟noviy guruhlari” mavzusini

o„tish

(“Bumerang” texnologiyasi asosida)


Dаrsning mаqsаdi: а) tа‟limiy mаqsаd: taqlid va uning ma‟noviy guruhlari ustidа ishlаsh оrqаli o„quvchilаr nutqini taqlid so„z turkumiga xos so„zlar bilan boyitish; b) tаrbiyaviy mаqsаd: o„quvchilаrni vаtаnpаrvаrlik, o„zi yashayotgan yurtgа hurmаt vа sаdоqаt ruhidа tаrbiyalаsh; d) rivоjlаntiruvchi mаqsаd: o„quvchilаrdа til sеzgirligi ko„nikmаlаrini oshirish.
309
Dаrsdа fоydаlаnilаdigаn usullаr: savol-javob, jamoa bo„lib ishlash, “Bumerang” texnologiyasi.
Dаrsning jihоzi: “Ona tili” darsligi, mavzu yuzаsidаn tаyyorlаngаn slаydlаr, tаrqаtmа mаtеriаllаr, testlar, vidеоprоеktоr, rаg„bаt kаrtоchkаlаri.

Dаrs rejasi:


  • Taqlid va uning ma‟noviy guruhlari haqida ma‟lumot berish va ularni mustahkamlash.

  • Taqlid so„z turkumiga xos so„zlar va ulardan o„rinli foydalana olish.

  • Taqlidlarda holat, tovush ma‟nolarining ifodalanishi va ularning uslubiy xususiyatlari.

  • Nutqda taqlidlardan foydalanishning ahamiyati.

Dаrsning bоrishi:


O„quvchilar hukmiga vidеоprоеktоr orqali mavzuga oid tayanch tushunchalar havola etiladi:
Mavzuga oid tayanch tushunchalar quyidagilar:

taqlid, holatga taqlid, tovushga taqlid, juft taqlidlar, takroriy taqlidlar, taqliddagi ma‟noviy g„ayrioddiylik


Sinf o„quvchilari 4 guruhga bo„linadi va ularga nom tanlanadi. 1- guruh: “Tafakkur”, 2-guruh: “Fikr”, 3-guruh: “Mushohada”, 4-guruh: “Mulohaza”.
Guruhlarga quyidagi matn xatboshilar asosida bo„lib beriladi:
Qurbaqalarning qur-qur-qur etishiga jo‗r bo‗layotgan chirildoqlarning chir-chir-chir degan tovushi borliq bag‗riga singib ketgandek go‗yo. Yomg‗ir tomchilaydi: chak-chak-chak… Allaqayerdan dimoqqa xazon hidi gup-gup uriladi. Biroz avval gumbur-gumbur tovushlar eshitilib, yalt-yult chaqmoq chaqib osmon yorishib ketgan edi. Osmon ko‗z yoshlarini zamin uzra duv-duv to‗kkan edi…
Tabiatning ishlari qiziq-da. Avval momaguldirakning gumbur- gumbur tovushlari butun tabiatni uyg‗otib yubordi. Birdan g‗ala- g‗ovurni boshlagan shamol zamindagi daraxtlarning qurigan shoxlarini qars-qurs sindirib tashladi. Shamolda barglarning shitir- shitiri eshitiladi. Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi…
310
Uyda xira yonib turgan chiroq ham lipir-lipir etib turdi-yu, lik etib o‗chdi. Tashqarida yomg‗ir aralash esayotgan shamol esa tom shiferlarini tak-tak-tak, tak-tak-tak chertib o‗tadi. Uzoqdan, buzog‗idan xovotir olyapti, shekilli, sigirning cho‗ziq ―mo‗o‗o‗o‗o‗- mo‗o‗o‗oo‗si eshitiladi. Bog‗liqlik it ipini uzgudek tortqilab bir nimani sezgandek, ―ang-ang-ang‖ qiladi…
Tundagi ana shu shovqinlarning barchasi tindi. Faqat yomg‗ir tomchilaydi: chak-chak-chak… Tabiat nim-nim tabassum bilan boshiga oq shohi ro‗molini o‗ramoqda go‗yo. Borliqda ajoyib simfoniya boshlangan: tepada ajoyibdir oq laylak, nog‗ora chalartak- tak. O‗rdaklarningg‗a-g‗a-g‗a‖si eshitiladi. Sigirvoy ham xotirjam men ham borman deydi go‗yo: muuuu. Atrofdagi ovozlarga gala- gala chug‗urchuqlarning vijir-vijiri qo‗shilib ketmoqda…
Ha, tabiatda maroqli tong simfoniyasi boshlanmoqda.
Demak, umumiy mavzu 4ta kichik matnlarga bo„linib har bir guruhga beriladi. 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga, har bir tinglovchi esa o„z guruhiga tushgan matnga ega bo„ladi. Berilgan matnni o„rganish uchun 3 daqiqa kifoya.
Shundan keyin har bir guruhdagi 4 o„quvchiga 1, 2, 3, 4 raqamlari yozilgan qog„ozchalardan birini tanlab olish aytiladi va shu raqamlar asosida yangi guruhlar shakllantiriladi. Guruh a‟zolari yangi guruhga o„tishlarida o„zlari bilan o„rgangan matnlarini oladilar. Endi har bir guruh a‟zosi guruhdoshlariga o„zi avval o„rgangan materialni gapirib beradi, tushuntiradi, o„zi mustaqil o„rgangan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb qiladi. Guruh a‟zolari navbatma-navbat so„zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarini eshitadilar, tahlil qiladilar, fikrlaydilar va yodda saqlab qolishga harakat qiladilar.
Bu uchun ularga 5 daqiqa vaqt beriladi.
Matn qanchalik o„zlashtirib olinganini tekshirib ko„rish uchun har bir guruh a‟zosi bir-birlariga o„z matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishadi. Masalan,

  1. “Qur-qur-qur” nimaning tovushi? “Chir-chir-chir”-chi?

  2. “Chak-chak-chak» biror narsaning tovushimi yoki holati?

  3. “Gup-gup”-chi? Biror narsaning tovushimi yoki holati?

  4. “Gumbur-gumbur” tovushi nimaga xos? “G„a-g„a”-chi?

  5. “Yalt-yult” biror narsaning tovushimi yoki holati?


311

  1. “Gumbur-gumbur” tovushi momaguldirakdan tashqari yana nimalarga xos?

  2. “G„ala-g„ovur” taqlidiy so„zmi?

  3. “Qars-qurs” nimaning tovushi? “Shov-shuv”-chi? “Shitir- shitir”-chi?

  4. “Lipir-lipir” taqlidning qaysi turi? “Lik”-chi? “Tak-tak-tak”-

chi?

  1. “Vijir-vijir” nimaning tovushi?

  2. Qaysi hayvonlarning tovushini farqlay olasiz?

Shu asnodagi savol-javob orqali guruh ichida ichki nazorat


o„tkaziladi.
Barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlari so„raladi. O„quvchilar yana mashg„ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.
Shundan keyin o„qituvchi har bir o„quvchi uchun maxsus tayyorlangan tezkor savollarni monitor hamda magnet tasmasi yordamida taqdim etadi. Bu quyidagicha bo„ladi:

    1. magnet lentasida yozilgan ot, it, mushuk, o‗rdak, g‗oz, tovuq, sigir, eshak kabi hayvonlarning, chumchuq, qarg‗a, bulbul, mayna kabi qushlarning; doira, qalam, mashina, g‗ijjak, poyabzal kabi buyumlarning, shamol, yomg‗ir, do‗l, shabada, sel kabi tabiat hodisalarining tovushlarini o„quvchi farqlab berishi zarur;

    2. monitorga chiqarilgan gaplarda nuqtalar o„rnini to„ldirish: 1.Shamol ….. esmoqda. (g„ir-g„ir)

  1. Boshidagi toj … yonarmish. (yal-yal)

  2. … qaltiragan bolalar yuk ko„tarishga yaramas edi. (dir-dir)

  3. Namoz g„azabi oshib ….. qaltiray boshladi. (dag„-dag„)

  4. Namiqqan shuvoqlar oldin to„xtab yaxshi yonmasa ham, keyinroq …uchqun sochdi-da, axiyri gurillab ketdi. (chars-churs)

  5. Ko„chadan mashinalar ….o„tadi. (viz-viz)

  6. Chaqmoq … etib ketdi. (yalt)

  7. Shoikrom onasining barmoqlari …. yorilib ketganini endi payqadi. (tars-tars)

  8. Albatta, yo„l yaxshi bo„lib, jadalroq yurishsa, sovuq uncha bilinmas, quloq-burunlarni …. chaqmas edi. (jaz-jaz)

  9. To„rtta savag„ich bilan …. urib, par singari qilib titibdi. (tap-

tap)

  1. Olmalar ….to„kildi. (duv-duv)

312


  1. Miyasida aql ….. (g„ij-g„ij).

  2. …..ning boisi nima ekan-a? (qiy-chuv)

  3. Etigining …..ini pasaytirish uchun oyoq uchida yurib keldi. (g„arch)

  4. ……suhbatga quloq solib o„tirdi. (gangur-gungur)

  5. …..ot keldi, Chiqib qarang, kim keldi? (dukur-dukur)

O„quvchilarning javoblari baholab boriladi. Ballar sinfda maxsus ajratilgan ikki “hisobchi” o„quvchi tomonidan hisoblab boriladi.
Keyingi bosqichda har bir guruhga bittadan yozma savol beriladi.
Bu savollar quyidagicha:
Tafakkur” guruhga savol: Taqlid so„zlar qanday paydo bo„ladi?
Fikr” guruhga savol: Taqlid so„zlar nega ismlar tarkibiga kiritiladi?
Mushohada” guruhga savol: Taqlid so„zlarning barchasidan, odatda, qaysi turkumga xos yangi so„zlar yasaladi?
Mulohaza” guruhga savol: Taqlid so„zlar nutqimiz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?
O„quvchilarning javoblari, odatda, quyidagicha bo„lishi mumkin: Tabiatda insondan tashqari juda ko„plab tirik jonzotlar yashaydi,
ularda ham o„ziga xos nutq apparati mavjud. Mana shu nutq apparati yordamida ular turli-tuman ovoz chiqaradilar. Itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, tovuqning qaqolashi hech birimizga yot emas. Bundan tashqari, tevarak-atrofimizda son-sanoqsiz voqea va hodisalar sodir bo„lib turadi: narsalar bir-biriga tegadi, uriladi. Natijada har xil ovozlar hosil bo„ladi. Inson o„z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid qilishga urinadi va shu tariqa taqlid so„zlar paydo bo„ladi.
Taqlid so„zlar egalik va kelishik qo„shimchalarini oladi, turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan, Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi. Shu sababli taqlid so„zlar ismlar tarkibiga kiritiladi.
Taqlid so„zlarning barchasidan fe‟l yasaladi: shovullamoq, gumburlamoq, dupirlamoq, qarsillamoq, yaltillamoq kabi.
Taqlidlar nutqimizga jon bag„ishlaydi, uni obrazli ifodalash imkonini beradi va h.
Guruhlarning batafsil javoblari, izohlari baholanadi.
313
Keyingi bosqichda guruhlar bir-birlariga bittadan savol beradilar. To„g„ri javoblar baholab va “hisobchi”lar tomonidan hisoblab boriladi.

Keyingi bosqichda har bir guruhga o„z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlash topshirig„i beriladi. Topshiriq ijrosiga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Savollar mohiyatan tahlil etiladi va shu asosda guruhlarga ball beriladi.
Dars oxirida har bir guruh taqlidlar va uning ma‟no turlari haqida xulosa aytadi, xulosalar ham baholanadi.
Guruhlarning, guruhdagi har bir a‟zoning ballari sarhisob etilgach, g„oliblar aniqlanadi va o„qituvchi mashg„ulotga yakun yasab, o„quvchilarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o„z fikrini bildiradi.
Uyga vazifa. Taqlid so„zlar ishtirok etgan o„zbek xalq maqollari va topishmoqlaridan 10tasini yozib kelish.
So„zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati – qat‟iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma‟noni ifodalab keladigan so„z modaldir. Unga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so„z misol bo„ladi.
Кishilarning his-tuyg„usini, haydash, to„xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so„z-gap ko„rinishi – undov so‗z-gap. His- tuyg„u undoviga eh, voy, oh, barakalla, rahmat, ofarin kabi so„z, buyruq-xitob undovlariga pisht, beh-beh, pisht-pisht, chuh kabi xitob so„z kiradi.
Shunday qilib, “Morfologiya” bo„limini o„rganishda mustaqil, yordamchi, oraliq so„z turkumlarining ichki ma‟no guruhlari ustida ishlash, mustaqil, yordamchi, oraliq so„zlar ishtirok etgan gaplar, ular asosida matnlar tuzish, mustaqil, yordamchi, oraliq so„z turkumlariga oid matеriallarni sеmantika va stilistika bilan uzviy aloqadorlikda o„rganish ustida maxsus ish olib borish, har xil ta‟limiy o„yin, topshiriqlardan foydalanish kabilar mazkur bo„lim ta‟limi orqali o„quvchilarning tafakkur ko„lamini kengaytiradi, so„z boyligini oshiradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling