O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


“Qo„shma gaplarni o„qitish” mеtodikasi


Download 1.17 Mb.
bet166/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

“Qo„shma gaplarni o„qitish” mеtodikasi

5-sinfda o„quvchilar mazkur mavzu yuzasidan quyidagi mavzular billan tanishadilar: ―Qo‗shma gap‖, ―Sodda gaplarni bir-biriga bog‗lash vositalari (va, chunki, shuning uchun)ni aniqlash‖,


Matndagi sodda va qo‗shma gaplarni aniqlash‖, ―Qo‗shma gaplarda tinish belgilari va bog‗lovchi vositalarning qollanilishi.
Qo„shma gaplarni izchil o„rganish esa 9-sinfda davom ettiriladi. Bunda, asosan, “Qo„shma gap qismlari (tarkibida kesimlar miqdori birdan ortiq bo‗lgan gaplar) va ularni bog„lovchi vositalar”(teng bog‗lovchilar, ergashtiruvchi bog‗lovchilar, nisbiy so‗zlar, ohang); “Qo„shmа gаplаr tаsnifi” (tarkibi teng munosabatli (tarkibi teng bog„lovchilar va ohang yordamida bog„langan) va tobe munosabatli (tarkibi ergashtiruvchi bog„lovchilar, nisbiy so„zlar yordamida bog„langan).
“Bog„langan qo„shma gap haqida ma‟lumot” (tarkibi teng munosabatli sodda gaplardan tarkib topgan va ular o‗zaro teng bog‗lovchilar vositasida bog‗langan bo‗ladi. Bog‗lovchi vositalariga qarab ular: biriktiruv bog‗lovchili bog‗langan qo‗shma gap, zidlov bog‗lovchili bog‗langan qo‗shma gap, ayiruv bog‗lovchili bog‗langan qo‗shma gap, inkor bog‗lovchili bog‗langan qo‗shma gapga bo‗linadi.); “Birikturuv bog„lovchisi yordamida bog„langan qo„shma gaplar” (masalan, Tong otdi va atrof yorishdi.; Tong otdi hamda atrof
336
yorishdi.; Tong otdi-ku, atrof yorishdi.; Tong otdi-yu, atrof yorishdi.; Tong otdi-da, atrof yorishdi.); “Zidlov bog„lovchilari yordamida bog„langan qo„shma gaplar” (masalan, Eshik ochildi, ammo hech kim kirmadi.; Eshik ochildi, biroq hech kim kirmadi.; Eshik ochildi, lekin hech kim kirmadi.; Eshik ochildi-yu, hech kim kirmadi.; Eshik ochildi- da, hech kim kirmadi.) “Ayiruv bog„lovchilari yordamida bog„langan qo„shma gaplar” (masalan, Sen kel yoki men boray.; Sen kel yoxud men boray.; Yo sen kel, yo men boray.; Goh sen kel, goh men boray.; Ba‟zan sen kel, ba‟zan men boray.; Dam sen kel, dam men boray.); “Inkor bog„lovchili bog„langan qo„shma gaplar” (masalan, Na yozadi, na o‗qiydi); “Bo„lsa, esa so„zlari va yuklamalar yordamida bog„langan qo„shma gaplar” (masalan, Javohir masalani yechib bo‗ldi, Bilol bo„lsa hamon kitob varaqlab o‗tiribdi.; Karima keldi, Salimdan esa darak yo‗q.; Onasiga ko‗zi tushdimi, bola yig‗lab qoldi.) “Ergash gapli qo„shma gap haqida ma‟lumot” (tarkibi tobe munosabatli sodda gaplardan tarkib topgan va ular o‗zaro tobe bog‗lovchilar hamda nisbiy so‗zlar vositasida bog‗lanadi. Tobe munosabatli gaplar tarkibi bosh gap hamda ergash gapdan iborat bo‗ladi. Ergash gap bosh gap tarkibidagi qaysi bo‗lakni to‗ldirib, ma‘nosini ochib berishiga qarab kesim ergash gapli qo‗shma gap, ega ergash gapli qo‗shma gap, hol ergash gapli qo‗shma gap, to‗ldiruvchi ergash gapli qo‗shma gap, aniqlovchi ergash gapli qo‗shma gap kabi turlarga bo‗linadi.). “Ergаshtiruvchi bоg„lоvchili qo„shmа gаplаr” (masalan, Shuni unutmangki, halollik hamma narsadan afzal.; Qo‗ng‗iroq chalindi, shuning uchun tanaffusga chiqdik.; Maktabga bormadik, chunki bugun – yakshanba.; Yomg‗ir
yog‗sa, dalalar yashnaydi.va b.)
“Ohang yordamida bog„langan* qo„shma gap haqida ma‟lumot” (Bunda qo‗shma gap tarkibidagi teng munosabatli sodda gaplar faqat ohang yordamida bog‗lanadi. Masalan, Endi men topishmoq aytaman, sizdan javob kutaman.; Kuz keldi, daraxt yaproqlari sarg‗aya boshladi kabi); “Boglovchisiz qo„shma gaplarning boshqa qo„shma gaplar bilan ma‟nodoshligi” (masalan, Kutubxonachi yetib keldi, kutubxona ochildi.– Kutubxonachi yetib keldi va kutubxona ochildi.– Kutubxonachi yetib keldi, shuning uchun kutubxona ochildi.)

  • Ba‟zi o„quv adabiyotlarida “Ohang yordamida bog„langan qo„shma gaplar” boshqa nom bilan “Boglovchisiz qo„shma gaplar” tarzida berilishi noo„rin. Chunki ohang ham nolisoniy bog„lovchi vositadir.


337
“Bu gаplаrdа vеrgul, tirе, nuqtаli vеrgul vа ikki nuqtаning qo„llаnishi, ulаrdа оhаng” (U keldi, biz jo‗naymiz.; Yurt tinch – sen tinch.; Qor yog‗di – don yog‗di.; Karima qip-qizil ko‗ylakda; Yodgorni bezgak tutyapti.; Qor yog‗di: atrof jim-jit bo‗lib qoldi.; Qarorim shu: ertaga jo‗nayman.)


Berilgan mavzular yuzasidan amaliy-ijodiy ishlar olib borishning ko„plab yo„l va usullari bor. Masalan,



  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling