O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet172/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Undov belgisi. Undov belgisi, odatda,
  1. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan darak gaplar oxirida qo„yiladi: Dehqon sog‗lom! Dehqon–chavandoz! (E.Vohdov)


  2. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan undov gaplar oxirida qo„yiladi: Oh, bunchalar go‗zal manzara!


  3. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan atov gaplar oxirida qo„yiladi: Qish! Oppoq qor!


  4. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan gap boshidagi undalmalardan keyin qo„yiladi: Bolalar! Kitob o‗qimagan xalqning kelajagi yo‗q.


  5. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan buyruq gaplar oxirida qo„yiladi: Kitobingni oqi!


346
6) gap o„rtasida ta‟kidlangan bo„lakdan so„ng undov belgisi qavs ichida qo„yiladi: Inson nondan ko‗ra ilmga (!) ko‗proq ehtiyojmand.


Ko„p nuqta. Ko„p nuqta, odatda,
  1. mazmunan tugallanmay qolgan gaplarning oxirida so„zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko„rsatish uchun: Bir-birovni avaylang, O‗lgan bilan yer to‗ymas. Endi siz o‗ltiringlar, Men havoda bir nafas... (E.Vohdov)


  2. ba‟zan so„zlovchining o„ylanishi, mulohaza qilishini ko„rsatish yoki fikri tugallanmay qolganligini ifodalash uchun ko„p nuqta ishlatiladi: O‗n kishilik mehnat qilib, Parcha nonga to‗yaman Bir aybim bor, faqat ba‘zan... Rost gapirib qo‗yaman. (E.Vohdov)


  3. fikr bo„lib-bo„lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilgan o„rinlarda ko„p nuqta ishlatiladi: Sen...juda...chiroylisan...


  4. ba‟zan gap oxirida kelgan va boshqalar, hokazolar birliklari o„rnida ham ko„p nuqta ishlatiladi.




So„roq belgisi. So„roq belgisi, odatda,
  1. so„roq ohangi bilan aytilgan gaplar oirida qo„llaniladi: Mehmon keldi?


  2. so„roq yuklamalari yordamida tuzilgan so„roq gaplar oxirida ishlatiladi: Bu gunohning so‗rog‗i bormi? Bormi jallod hukmiga qonun? (E.Vohdov)


  3. so„roq olmoshlari bilan hosil bo„ladigan so„roq gaplardan so„ng qo„yiladi: Kim nimani tushunmadi?; Yo rab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo? Odamlarda na shafqat bor, na mehr-u vafo. (E.Vohdov)


  4. jumla o„rtasida tushunarsiz o„rinlarga ham so„roq belgisi qo„yiladi.




Qavs. Mazkur belgi, odatda, quyidagi o„rinlarda ishlatiladi:
  1. ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo„lagiga qo„shimcha izoh beruvchi, izoh ma‟nosidagi so„z yoki birikmalar qavsga olinadi: Xonaga nuroniy mo„ysafid (dugonamning bobosi) kirib keldi.


  2. kiritma gaplar qavsga olinadi: A.Oripov 1941-yil 21-martda (Oradan to‗rt oy o‗tib ikkinchi jahon urushi boshlangan edi) Qashqadaryoda tug‗ildi.


  3. remarkalarda qavs ishlatiladi: –Hoy sen kimsan? (Sharpa jim.)


(E.Vohdov)


  1. olingan misollar yoki ko„chirma gaplarning manbayi qavs ichida beriladi: Men nechun sevaman O‗zbekistonni...(A.Oripov)


347

  1. shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. Masalan, “Yulduzli tunlar(Bobur) tarixiy asar sanaladi.

  2. gazeta va jurnallarda davomi bor, boshi 2-betda kabi so„zlar, familiyadan so„ng mansabni bildiruvchi so„zlar qavsda beriladi.





Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling