O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
A. Oripov, Sh.M.Mirziyoyev, A.N., A.Qod. kabi.
nashriyot ishlarida, lug„atlarda, ma‟lumotnomalarda shartli qisqartmalarning birinchi harfi yoki bo„g„inidan so„ng nuqta qo„yiladi: sh.k. (shu kabilar), h.k. (hokazo). b. (boshqalar) matnning manbayi, muallifi, qachon, qayerda nashr etilganligi ko„rsatilganda, muallifning (to„liq yoki) qisqartirilgan ismi, manba nomi, nashr yili, sahifa ko„rsatkichidan keyin nuqta qo„yiladi: Yo‗ldosheva D., Hamroyeva Sh. Ona tili ta‘limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar.– Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017.–138 bet. butunning qismlarini sanash uchun qo„llanilgan arab raqamlaridan so„ng ham nuqta ishlatilishi mumkin: O‗zbek she‘riyatini bu ikki shoirsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi: 1. A. Oripov. 2. E. Vohidov. oy, kun, yillarni ifodalovchi arab raqamlardan so„ng nuqta qo„yilishi kuzatiladi. Masalan, 21.03.2020. qavs ichidagi remarkadan so„ng nuqta ishlatiladi: Qilichbek: Xo‗jayin, hammasi tayyor bo‗ldi. (Ularni topolmay hayron bo‗ladi.) (E.Vohidov) Vergul. Vergul, odatda, bog„lovchilarsiz, sanash ohangi yordamida birikkan uyushiq bo„laklar orasida qo„llaniladi: Donolar ko‗zingni, qulog‗ingni, qalbingni yomonliklardan berkitish zarurligini uqtirishadi. qo„shma gap yoki uyushiq bo„laklar tarkibidagi zidlov bog„lovchilaridan oldin vergul qo„llaniladi: Sizning yuzingizdan chimmatni oldik, biroq hayo pardasini olganimiz yo‗q. (A.Oripov); Qor – oppoq, chiroyli, ammo sovuq narsa.; takror qo„llanilgan bog„lovchilar bilan bog„langan bo„laklar yoki gaplar orasida vergul qo„llaniladi: O‗zingni ham, uyingni ham o‗zing asra. (I.Karimov); O‗ldimi, uxladimi, endi baribir unga. (H.Olimjon) odatda, ajratilgan bo„laklarning har ikki tomonidan vergul qo„yiladi: Tuvada, Enasoy bo‗yida, Yalanglikka ulkan ustun qo‗yilgan. (A.Oripov) undalmalarli gaplarda: a) undalmalar gap boshida kelsa, undan so„ng: Ustozlarim, men sizning Bir parcha yuragingiz.( E. Vohidov); 342
undalmalar gap o„rtasida kelsa, har ikki tomondan: Sog‗ bo‗l, ona xalqim, ey tolmas bilak, Doim baland bo‗lsin tabarruk boshing. (E.Vohidov); d) undalmalar gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo„yiladi: Qoshingizga yana keldim, Quloq soling, Boy ota, Sidqi dildan xizmat qilay, Ishga oling, Boy ota. (E.Vohidov)
kirish so„zli gaplarda: a) kirish so„z gap boshida kelsa, undan so„ng: Mayli, umrim abadiy emas, Mayli, yashay faqat bir nafas. (E.Vohidov); b) kirish so„z gap o„rtasida kelsa, har ikki tomondan: Bu yerda, voajab, yuz yillar avval, Dunyoga kelibdi sulton Ulug‗bek. (E.Vohidov); d) kirish so„z gap oxirida kelganda vergul ulardan oldin qo„yiladi: Ona tilim, sen borsan, shaksiz... (A.O.) kirish birikmalar ham kirish so„zlar kabi boshqa bo„laklardan, asosan, vergul yordamida ajratiladi. Chunonchi, Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? ( E.Vohidov) ha, yo„q, rahmat, xo„sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi modal ma‟nolarni bildiruvchi so„z-gaplarni boshqa bo„laklardan ajratish uchun: Xayr, Sevan, zangori ko‗l, yaxshi qol, Izlarim bor qirg‗oqdagi qoyangda. (E.Vohidov) his-hayajonsiz aytiladigan undov so„zlardan so„ng: Oh, sening yoshliging menda bo‗lsaydi... (E.Vohidov) qo„shma gap takibidagi sodda gaplarni bir-biridan ajratishda: a)bog„langan qo„shma gaplar tarkibi -u, (-yu), -da vazifadosh biriktiruv bo„g„lovchilari bilan bog„langanda ulardan so„ng vergul qo„yiladi: Tog‗laring tegrangda go‗yo Bo‗g‗ma ajdar bo‗ldi-yu, Ikki daryo – ikki chashming, Chashmi giryon, o‗zbegim. (E.Vohidov) zidlov bog„lovchilari (ammo, lekin, biroq) yordamida bog„langan qo„shma gaplarda vergul zidlov bog„lovchilaridan oldin qo„llaniladi: Mening shoirligim yolg‗ondir, ammo Fuzuliy she‘riga oshiqligim rost. (E.Vohidov) takror bog„lovchilari (goh…goh, yo…yo, dam…dam, ba‟zan…ba‟zan) hamda inkor bog„lovchisi (na…na) yordamida bog„langan qo„shma gaplarda vergul takror qo„llanayotgan bog„lovchilardan oldin qo„yiladi. Masalan, Gohi hudman, gohi behud, Shavq-u dardim sharh qil. (E.Vohidov) ergashgan qo„shma gaplarda ergash gap bosh gapga chunki, negaki, toki, go„yo kabi bog„lovchilar bilan bog„langanda, ulardan oldin vergul qo„yiladi: Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. (A. Oripov) 343
shart ergash gaplarda vergul shart mayli shaklidan keyin qo„llaniladi: Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‗lsam, kechirma aslo! (A.Oripov)
ko„makchili (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi) qurilmalar yordamida ergashgan qo„shma gaplarda vergul bosh gap tarkibida kelgan ko„makchili qurilmalardan oldin qo„yiladi: Ozoda ko‗p kitob o‗qiydi, shuning uchun mushohadasi keng. sabab, maqsad ergash gaplarda vergul birinchi qismda kelgan ergash gap tarkibidagi deb so„zidan so„ng qo„yiladi. Masalan, Kamalakdek rango-rang bo‗lsin deb, san‘at, tillar Asrlarcha qildim jang. ( E.Vohidov) ohang yordamida bog„langan qo„shma gaplar tarkibi mazmunan bir-biriga yaqin bo„lsa, ular orasiga vergul qo„yiladi. Masalan, Qo‗n`iroq chalindi, dars boshlandi. takror gaplar va takrorlangan bo„laklar orasida vergul qo„yiladi: Taningda kamtarin a‘zo Bu qo‗llardir, bu qo‗llardir, Mudom mehnat uchun paydo Bu qo‗llardir, bu qo‗llardir. (E.Vohidov) Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling