O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Bilib so„zla so„z biligka sonur, Biligsiz so„z o„z boshini yeyur
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fanining tekshirish metodlari.
Bilib so„zla so„z biligka sonur, Biligsiz so„z o„z boshini yeyur.Mazmuni: Bilib so„zlasa, so„z donolik sanaladi, Nodonning so„zi o„z boshini yeydi kabi hikmatlar kishilarni nutqiy odobga undaydi. Shuningdek, Alisher Navoiy “Mahbub-ul qulub” asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik san‟atiga) bag„ishlaganligini ham bilamiz. “Muhokamat-ul lug„atayn”, “Majolis-ul nafois” asarlarida, hatto “Xamsa” tarkibidagi dostonlarda ham alloma mazkur masalaga alohida e‟tibor qaratadi. Demoqchimizki, nutqimizni madaniyat darajasida yuksaltirishimiz zarurligi masalasi qadimdan hozirgacha o„z ta‟sir kuchini yuqotgani yo„q va bundan keyin ham shunday bo„lib qolaveradi. “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi”ning yuksalishini nutq madaniyati bilan aloqasiz tasavvur etib bo„lmaydi. “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” ifodali o„qish, adabiyotshunoslik, didaktika, psixologiya, madaniyatshunoslik fanlari bilan ham uzviy bog„liq. 85 “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fanining tekshirish metodlari. Fanda ikki xil bilish farqlanadi: 1.Sezgilar orqali bilish. 2.Aqliy bilish va tafakkur.97 Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a‟zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday bilish, boshqa tirik jonzotlarda, jumladan, hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga xos bo„lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarni fahmlaydi, ularni miyada qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega bo„ladi. Muayyan o„rganish obyekti haqida ilmiy bilim hosil qilish usul (yo„l-yo„riq)lari tadqiq metodlari deyiladi. Ilmiy tadqiq metodlari bir necha tarkibiy qismni o„z ichiga oladi: bunda eng muhim qismlardan biri tadqiqotchining izlanishga qanday yondashishi, o„rganish obyektini qanday tushunishi, uni qaysi nuqtayi nazardan turib tekshirishidir. Mana shu omillar ilmiy tekshirish metodologiyasini tashkil etadi. Tilshunoslik asoslarini puxta o„zlashtirmagan o„qituvchi o„zbek (ona) tili o„qitishni to„gri tashkil eta olmaydi. Chunki tilshunos olim Peshkovskiy aytganidek: “Grammatikani bilgan kishi tilni boshqaradi, grammatikani bilmagan kishini esa til boshqaradi.” Hozirgi zamon tilshunosligi til (lison )mohiyatini ochishda dialektik falsafa, lisoniy birliklar haqida ilmiy-nazariy hukm chiqarish jarayoni dialektik gnoseologiya, jumladan, dialektik-logik kategoriyalardan onglilik va izchillik bilan foydalanishni taqozo etadi. Tilga falsafiy yondoshish deganda dealektikaning umumiylik~xususiylik, mohiyat~hodisa, imkoniyat~voqelik, sabab~oqibat kategoriyalarining til tizimi birliklariga bevosita amaliy tatbiqini tushunish zarur. Dialektikada xususiylik umumiylikning, voqelik imkoniyatning, hodisa mohiyatning, oqibat sababning, tasodifiylik zaruratning yuzaga chiqish, voqelanish shaklidir. Demak, zamon talablariga javob bera oladigan o„zbek (ona) tili o„qituvchisi bo„laman degan kishi, avvalo, dealektik kategoriyalar mohiyatini to„g„ri anglamog„i lozim. Quyida dealektik kategoriyalar xususida bir oz to„xtalamiz: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling